Qoʻngʻirot
Qoʻngʻirot qoraqalpoqcha: Qońırat | |
---|---|
shahar | |
43°02′59″N 58°51′15″E / 43.04972°N 58.85417°E G OKoordinatalari: 43°02′59″N 58°51′15″E / 43.04972°N 58.85417°E G O | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Respublika | Qoraqalpogʻiston |
Qachondan beri shahar | 1963 |
Rasmiy til(lar)i | Qoraqalpoq tili, oʻzbek tili. |
Aholisi (2018) |
80,09 ming[1] |
Konfessiyaviy tarkib | Musulmonlar |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
|
Qoʻngʻirot (qoraqalpoqcha: Qońırat) (1969-yilgacha Jeleznodorojniy shaharchasi) — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qoʻngʻirot tumanidagi shahar. Amudaryo deltasida, uning chap sohilida, Xoʻjayli — Beynov avtotrassasi boʻyida joylashgan. Nukus — Beynov temir yoʻl yoʻnalishidagi temir yoʻl stanniyasi. Nukus shahridan 134 km shimoli-gʻarbda. Aholisi 69,2 ming kishi (2005).[2]
Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Qoʻngʻirot arxeologik maʼlumotlarga koʻra, 2500—2600 yillik tarixga ega. Qoraqalpogʻistondagi 5 ta tarixiy qalʼaning biridir. V.V.Bartold, Ya.Gʻulomov, venger olimi G.Vamberi va boshqa yozib qoldirganlar. Qoʻngʻirot Ustyurt hududidan oʻtadigan eski guzar yoʻl va Buyuk ipak yoʻli orqali qadimdan Qozogʻiston, Rossiya, Kavkaz xalqlari bilan madaniy, savdo aloqalarini oʻrnatgan. 1842-yilda unter-ofitser xaritashunos Zeleninning tushirgan shahar planida Qoʻngʻirot 2 tomondan Talliq va Xonjop kanallari, shimoldan uzunligi 2,5 km li, janubdan 745 m li, eni 5–10 m li qoʻrgʻon devori, devor tashqarisida xandaq bilan himoya qilinganligi koʻrsatilgan. Oʻsha davrda shahar aholisi, asosan, hunarmandchilik, savdo-sotiq, baliq ovlash va shahar tashqarisida ovchilik bilan shugʻullangan.[2]
Sanoati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Qoʻngʻirotda sanoat korxonalaridan paxta tozalash, un zavodlari, Ustyurt qidiruv parmalash boshqarmasi, "Ustyurt" unitar shoʻʼba korxonasi, "Iygilik-gaz" qoʻshma korxonasi filiali, temir-beton buyumlari zavodi, Buxoro — Ural va Oʻrta Osiyo — Markaz gaz quvuri magistralining kompressor stansiyalari, "Oʻzbekiston temir yoʻllari" lokomotiv va vagon taʼmirlash deposi va bir nechta tarmoq korxonalari, "Urganchtransgaz" shoʻʼba korxonasining gaz quvurlari tarmogʻi boshqarmasi, texnologik suv bilan taʼminlash boshqarmasi, gidroinshootlar, 3 avtokorxona, qurilish korxonasi, taxiatosh neft mahsulotlari bilan taʼminlash korxonasi tuman filiali, "Qoʻngʻirotgaz" filiali, "Qoraqalpoq-ikkilamchi qora metall" tuman boʻlimi, 3 qoʻshma korxona ("Tuz LTD", "Qazqoʻngʻirotkarbid", "NOIL’"). Qoʻngʻirot temir yoʻl vokzali bor.[2]
Ijtimoiy soha[tahrir | manbasini tahrirlash]
Qoʻngʻirotda 18 umumiy taʼlim maktabi, bolalar sport maktabi, sanoat — transport, qishloq xoʻjaligi kasb-hunar kollejlari, Qoraqalpogʻistoya davlat universiteti huzuridagi "Biznes maktabi" Qoʻngʻirot filiali, tillar oʻrganish markazi mavjud. 9 kutubxona, Qoʻngʻirot tumani tarixi, Qoʻngʻirot temir yoʻl tarixi muzeylari faoliyat koʻrsatadi. Temir-yoʻlchilar madaniyat va istirohat bogʻida ikkinchi jahon urushida qurbon boʻlganlar xotirasiga bagʻishlangan Xotira yodgorligi bor. Tuman markaziy kasalxonasi, Temir yoʻlchilar sanatoriy-profilaktoriysi, bolalar kasalxonasi va poliklinikasi, sil kasalliklari, teri-tanosil kasalliklari dispanserlari, tugʻruqxona majmuasi ishlab turibdi. Qoʻngʻirotdan Nukus, Xoʻjayli va boshqa shaharlarga avtobus va marshrutli taksilar qatnovi yoʻlga qoʻyilgan. Shaharda qoraqalpoq adiblari Berdaq, Ajiniyozshr tavallud topganlar.[2]
Taniqli insonlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Shaharda tugʻilganlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Shomurotova Oyimxon (1917—1993) — teatr aktrisasi, qoʻshiqchi, SSSR xalq artisti (1968)
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
|
|
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |