Urgut
Urgut | |
---|---|
shahar | |
39°24′0″N 67°15′0″E / 39.40000°N 67.25000°EKoordinatalari: 39°24′0″N 67°15′0″E / 39.40000°N 67.25000°E | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Viloyat | Samarqand viloyati |
Tuman | Urgut tumani |
Iqlim turi | subtropik-ichkikontinental |
Rasmiy til(lar)i | oʻzbekcha |
Aholisi (2018) |
202 ming |
Milliy tarkib | oʻzbeklar, tojiklar va boshqalar |
Konfessiyaviy tarkib | asosan musulmonlar |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Avtomobil kodi | 30 |
Urgut — Oʻzbekiston Respublikasi Samarkand viloyati Urgut tumanidagi shahar (1973 yildan), tuman markazi. Zarafshon tog tizmasining gʻarbiy davomi hisoblangan Chaqilikalon togʻining etagida, Samarkand shahridan 35 km narida, viloyatning janubi-sharqiy qismida joylashgan. Shahar oʻrtasidan Urgutsoy oqib oʻtadi. Aholisi 202 ming kishi (2018).
Urgut „Boburnoma“da Arkat, 18-asr boshlariga oid tarixiy hujjatlarda Arkut qishlogʻi sifatida tilga olingan. „Urgut“ — Oʻrkent soʻzining keyinroq oʻzgargan yasamasi, oʻr — balandlik; kent — shahar, yaʼni balandlikdagi shahar maʼnosini anglatadi deguvchilar ham bor. Tarixchi Muhammad Yaʼqub Buxoriy oʻzining „Gulshan ul-muluk“ asarida 1797-98 yillardagi kuchli zilzila oqibatida Urgut qoʻrgʻonining vayron boʻlganligini yozadi.
Shaharda xalq hunarmandchiligi (pichoqchilik, chopon, soʻzana va hokazo) qadimdan rivojlanib kelgan. 1931 yilda 55 ot kuchiga ega boʻlgan elektr dvigateli ishga tushirilgan. 1935 yilda MTS tashkil qilingan. Urgutda 5 sanoat korxonasi, bundan tashqari, 6 qoʻshma va 9 xususiy korxonalar mavjud. Ular, asosan, qurilish materiallari (gʻisht, marmar, beton gʻishtlar), yaxna ichimliklar, qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish, sut va goʻshtni qayta ishlash, non pishirish, tamaki fermentatsiyalash bilan shugʻullanuvchi korxonalardir. Ushbu korxonalarning asosiy qismi oʻrta va kichik korxonalar. Qoʻshma korxonalar ichida Belgiya bilan hamkorlikda qurilgan „UrgGazkarpet“ va boshqa korxonalar bor. Aholiga xizmat koʻrsatadigan 3500 dan ziyod xususiy ustaxona va xizmat koʻrsatish shoxobchalari, mashhur „Urgut“ bozori faoliyat koʻrsatadi. 14 umumiy taʼlim maktabi (13,5 mingga yaqin oʻquvchi), 2 kasbhunar kolleji (1250 oʻquvchi), 1 Akademik litsey (810 oʻquvchi), 9 kutubxona, madaniyat uyi, oʻlkashunoslik muzeyi, xalq teatri, markaziy madaniyat va istirohat bogʻi, stadion mavjud. 4 kasalxona, 5 poliklinika, 22 dorixona, shahar yakinida sogʻlomlashtirish oʻrmonlisanatoriy maktabi, bolalar yozgi oromgoxlari, Gʻavs-ul Aʼzam, Xoʻja Omon, Xoʻja Chorchinor qoʻriqxonalari bor. [1]
Manbalar[tahrir]
|
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |