Zarautsoy rasmlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Zarautsoy rasmlari - Oʻzbekiston hududidagi eng qadimgi qoyatosh rasmlari. Hisor tizmasining janubi-gʻarbida. Koʻhitang togʻining sharqiy yon bagʻridagi Zarautsoy darasidagi ungir va kamar toshlariga ishlangan ibtidoiy sanʼatnint nodir namunalari. Surxondaryo viloyatida, Termizdan 100– 110 km shimoli-gʻarbda. 1912 yilda I. Fyodorov tomonidan topilgan. Arxeolog G. Parfyonov (1940—45), keyinchalik A. Roginskaya (rassom), A. Formozov, A. Kabirovlar tomonidan oʻrganilgan. 200 dan ortiq rasmlar mezolit, neolit va keyingi davrlarga mansub. Rasmlar chizma tarzida kontur va soya uslubida qizil angob (oxra) bilan chizilgan. Z.r.da odamlarning itlar yordamida yovvoyi buqalarni ov qilish manzarasi tasvirlangan. Hayvonlar (yovvoyi buqa, it, tulki, yovvoyi choʻchqa, burama shoxli echki, jayran, togʻ echkisi, hasharot va b.), turli buyumlar (oʻqyoy, nayza, oʻroqsimon qurollar), niqoblangan odamlar va b. oʻziga xos tarzda hayotiy qilib ishlangan. Z.r. ibtidoiy sanʼatning noyob yodgorligi sifatida yodgorliklarni muhofaza qilish "qizil kitob"iga kiritilgan.

Adabiyot[tahrir]

  • Roginskaya A., Zarautsay M.—L., 1950; Pugachenkova G. A., Rem pel L. I., Vidayushiyesya pamyatniki izobrazitelnogo iskusstva Oʻzbekistana, T., 1960; Formozov A. A., Ocherki po pervobitnomu iskusstvu, M., 1969.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil