Ayoz qalʼa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ayoz qal’a – mil. 24-asrlarga oid uchta qal’a harobasidan iborat arxeologik yodgorliklar majmuasi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tuma-nida joylashgan. Ayoz qalʼa ni Xorazm ar-xeologiya-etnografiya ekspeditsiyasi to-pib (1937), unda arxeologik qazishmalar olib bordi. Bu majmuadagi uchinchi qal’a mufassalroq o‘rganildi. Uning sahni 260×180 m bo‘lib, hovli va 40 xo-nali binodan iborat. Xonalarining umu-miy maydoni 2400 m². Xona devorlari to‘rt burchakli xom g‘ishtdan terilgan. Ayoz qalʼa majmuasida, asosan Kushon podsholigi davriga doir sopol, mehnat qurollari, qurol-yarog‘lar, zeb-ziynatlar va tangalar, jumladan, Kanishka pullari topildi. Ayoz qalʼa o‘z davrida Xorazmning shimoli-sharqiy chegarasida mustahkam istehkom vazifasini o‘tagan.Ad..Tolstov S. P., Drevniy Xorezm, M., 1948; Tolstov S. P., Po sledam drev-nexorezmiyskoy sivilizatsii, M., 1948.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil