Urganch

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
bu maqola Oʻzbekistondagi shahar haqida, oʻrta asrlardagi Urganch haqida Koʻhna Urganchga qarang.
Shahar
Urganch
oʻzb. Urganch, Урганч
Mamlakat Oʻzbekiston
Viloyat Xorazm
Koordinatalari 41°33′0″N 60°38′0″E / 41.55000°N 60.63333°E / 41.55000; 60.63333Koordinatalari: 41°33′0″N 60°38′0″E / 41.55000°N 60.63333°E / 41.55000; 60.63333
Hokim Samatov Rinat
Ilk eslatilishi XVI asr
Avvalgi nomlari Yangi Urganch, 1929-yilgacha
Iqlim tipi keskin kontinental
Rasmiy tili oʻzbek tili
Aholisi 135,1 ming nafar (2010)
Milliy tarkibi oʻzbeklar, turkmanlar
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +998 622
Avtomobil kodi 22 (1998—2008 yillardagi eski obraz)
90 - 94 (01.10.2008 yildan boshlab yangi obraz)[1]
Rasmiy sayti http://xorezm.com/
Urganch (Oʻzbekiston)
Urganch

UrganchOʻzbekistondagi shahar, Xorazm viloyati maʼmuriy markazi.

Urganch (1929 yilgacha Yangi Urganch) — Xorazm viloyatidagi shahar, viloyatning maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi. Amudaryoning quyi oqimi chap sohilida. Shovot kanali shahar oʻrtasidan oʻtib, Urganchni shim. va janubiy qismlarga ajratgan. Shim. qismida, asosan, turar joy binolari, ilmiy va madaniy maorif muassasalari, maishiy xizmat koʻrsatish korxonalari, jan. qismida esa i.ch. korxonalari joylashgan. Har ikkala sohil birbiri bilan koʻpriklar orqali bogʻlangan. Aholisi 136,8 ming kishi (2004).

Shaharga 1646 yilda Xiva xoni Abulgʻoziy Bahodirxon tomonidan asos solingan. Amudaryo oʻz yoʻnalishini oʻzgartirib Orol dengizi tomon oqa boshlaganidan soʻng Gurganj sh. (Koʻhna Urganch) suvsiz qolgan. Abulgʻoziy Bahodirxon Gurganj, Vazir qalʼa (shahar)larida va ular atroflarida tarqoq holda yashagan aholini koʻchirib Amudaryoning jan. qismlarida joylashtirgan va aholi oʻrnashgan hudud atrofini qalʼa devori bilan mustahkamlab unga "Toza Urganch", yaʼni "Yangi Urganch" deb nom bergan. Shundan keyin qadimgi Gurganj shahrining nomi Koʻhna Urganch boʻlib qoldii. Yangi Urganch bilan Koʻhna Urganch oraligʻi 170 km.

Yangi Urganch (hozirgi Urganch) shahri Buyuk ipak yoʻlida joylashganligi tufayli tez surʼatlar bilan rivojlangan savdo va hunarmandchilik markaziga aylangan. Abulgʻoziy Bahodirxonning ogʻli Anushxon (Anushoh) davrida (1664— 89) Yangi Urganch yaqinida katta kanal qazilib, unga Shohobod (Shovot) nomi qoʻyilgan.

Mahalliy tarixchi olimlarning maʼlumotlari boʻyicha, Yangi Urganch 17—18 asrlarda balandligi 4–5 m li devor bilan oʻralgan qoʻrgʻon (shaharcha) boʻlgan. Shaharchada taxminan 5 ming kishi yashagan; koʻplab mayda doʻkonlar, ustaxonalar ishlab turgan. 1873 y. avgust oyida Turkiston viloyati gazetasida Yangi Urganch haqida: "Kattaligi Orol boʻyidagi Kazalinskiy shahricha keladi, atrofi qalʼa devorlari bilan oʻrab olingan, Amudaryodan 12 chaqirim narida joylashgan kichkina shahar. Orol dengizidan to Xivaga kelguncha Urganchdek goʻzal shahar yoʻq. U bogʻlar va ariqlar bilan oʻrab olingan", deb yozilgan. Oʻsha davrda Yangi Urganchda 6 mingga yaqin aholi yashagan. 1889 yilda shaharda Yaroslavl manufakturasi korxonasiga qarashli paxta tozalash z-di, 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida "Xayriya jamiyati", RusOsiyo banki, rustuzem maktabi, xotin-qizlar maktablari ochildi. 1931 yilda viloyat teatri Xiva shahridan Urganchga koʻchib oʻtdi. 1935 yilda shaharda oʻqituvchilar instituti faoliyat koʻrsata boshladi. 1952 yilda Chorjoʻy-Urganch—Qoʻngʻirot temir yoʻli qurib bitkazildi. 1959 yildan Urganch Taxiatosh elektr energiyasini ola boshladi, 1963 yilda Oʻrta Osiyo — Markaz magistral gaz quvuriga ulandi.

Shahar nomining kelib chiqishi miloddan avvalgi 7—6-asrlarga borib taʼqaladi. "Avesto" kitobida Vurukash (Orol) dengizi boʻyida Urga (Urva) shahri boʻlganligi qayd etilgan. Tabiiy ofatlar (suv toshqini, qurgʻoqchilik) tufayli Urga hozirgi Koʻhna Urganch hududiga koʻchirilgan. 8-asrgacha "Gurganj" nomi bilan yuritilgan. 712 yilda shahar arablar tomonidan bosib olinganidan keyin "Jurjoniya" deb ataldi. 1221 y. moʻgʻullar egallagandan soʻng shahar nomi Urganch shaklida yuritila boshladi. 14-asr Yevropa manbalarida shahar (Koʻhna Urganch) Urgant shaklida tilga olinadi.

Mustaqillik yillarida Urganchda qurilish ishlari avj oldi. Urganchning shimoliy gʻarbiy qismida "Navroʻz", "Taraqqiyot", "Universitet" shaharchalari paydo boʻldi. Urganch—Xiva oraligʻida 30 km li trolleybus qatnovi (1997) yoʻlga qoʻyildi.

Urganchda paxta tozalash, ekskavator, oʻt oʻrish mashinalari zavodi, "Urganchyogʻ" zavodlari, pillakashlik, tikuvchilik, poyabzal fabrikalari, Oʻzbekistan—Turkiya "Nurtop" qoʻshma korxonasi va boshqalar faoliyat koʻrsatadi.

Urganchda, Toshkent birinchi tibbiyot institutining filiali, 36 umumiy taʼlim, 3 musiqa, 2 kasbhunar maktablari, 8 kasbhunar kolleji mavjud. Viloyat musiqali drama va komediya teatri, kartinalar galereyasi, 27 kutubxona, madaniyat va istirohat bogʻi, "Olimpiya" sport majmuasi, stadionlar, sport zallari va maydonchalari, tennis kortlari bor. 21 kasalxona, poliklinika, dorixonalar va boshqa tibbiy muassasalar aholiga xizmat koʻrsatadi. 4 sanatoriy, dam olish maskanlari ishlab turibdi. 1992—2003 yillarda "Buyuk allomalar xiyoboni", "Al Xorazmiy", "Al Beruniy", "Amir Temur", "Mirzo Ulugʻbek", "Abulgʻoziy Bahodirxon", "Ogahiy", "Komiljon Otaniyozov", "Avaz Oʻtar oʻgʻli", "Xumo qushi", "Jaloliddin Manguberdi", "Avesto" yodgorlik majmualari bunyod etildi.

1999 yilda shaharda Jaloliddin Manguberdining 800 yilligi, 2001 yilda "Avesto" kitobi yaratilganligining 2700 yillik yubileylari xalqaro miqyosda nishonlandi. 2003 yilda shaharda tantanali ravishda Xorazmda "Umid nihollari" respublika sport musobaqalarining oʻtkazilishi munosabati bilan bir qancha yirik sport inshootlari bunyod etildi. Qadimgi Xiva bilan bogʻliq holda turizm rivojlangan. Mahalliy va xorijiy mehmonlar va sayyohlarga "Oʻzbekturizm" kompaniyasining boʻlimi, "Jayhun", "Xorazm Palas", "Avesto" mehmonxonalari xizmat koʻrsatadi.

Shaharda 27 nomda gazeta va jurnallar (jumladan, "Xorazm haqiqati", "Urganch oqshomi", "Yoshlar ovozi", "Tujjor" va boshqalar) nashr etiladi. Meʼmoriy yodgorliklardan Doshqinbobo meʼmoriy majmuasi (1827), Salimjonovlar uyi (1902), pochta binosi (1915), Boboxun Salimov uyi (20-asr boshi) va boshqalar saqlangan.

Adabiyotlar. Abulgʻozi y , Shajarai turk, T., 1991; Nurjanov K., Matnazarova G., Xorazm tarixi, 1—2 j., Urganch, 1995; Mamedov M.A., Muradov R.G., Srednevekovie pismennie istochniki o Drevnem Urgenche, Ashxabad, 2000.

Aholisi — 135,1 ming kishi (2010).

Tarixi[tahrir]

Urganch shahri bundan 360 yil oldin hozirgi oʻrniga kelib joylashgan. Shahar oldin Turkmaniston hududida joylashgan boʻlib u qariyb 3000 yillik tarixga ega. Xiva xoni Abulgʻozi Bahodirxon 360 yil oldin Amudaryo oʻzanini Kaspiy dengiziga oʻzgartirib shahar aholisi suvsizlikdan qiynalgani uchun Urganchni Amudaryoning oʻng qirgʻoqiga koʻchirihga amr etgan.

Geografiyasi[tahrir]

Shahar Toshkentdan 1100 km gʻarbda, Amudaryo sohilidan 12 km gʻarbda (Cholish pristani), Shovot kanalida joylashgan. «Urganch» aeroporti, TurkmanobodBeyneu yoʻlidagi temiryoʻl stansiyasi mavjud.

Aholisi[tahrir]

Yil 1926 1939 1959 1970 1976 1991 2010
Aholi,
ming kishi
5[2] 22[2] 44[2] 76[2] 91[2] 130[3] 135,1[4]

Aholining 90% i – oʻzbeklar, 5% i – ruslar, 3% i – qozoqlar, turkmanlar, koreyslar, 2% i – olmonlar va yevreylar.

Iqtisodi[tahrir]

Zavodlari: yem-xashak yigʻuvchi mashina, paxta tozalovchi, yogʻ-ekstraksiya, ekskavator taʼmirlovchi, shina taʼmirlovchi; pillakashlik, tikuv fabrikalari; qurilish materiallari ishlab chiqarish.[3]

Mashhur kishilar[tahrir]

Manbalar[tahrir]

  1. O‘zbekistonning yangi avtomobil raqamlari. Справочник Узбекистана — Золотые Страницы. Asl nusxadan arxivlandi (2012-11-26).
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 BSE boʻyicha
  3. 3,0 3,1 «Zamonaviy izohli lugʻat» nashr. «Katta sovet ensiklopediyasi», 1997 y.
  4. World Gazetteer: Usbekistan — die wichtigsten Städte

Adabiyot[tahrir]

Havolalar[tahrir]