Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash muzeyi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash muzeyitibbiyot tarixi muzeyi. 1973 yil Toshkentda tashkil etilgan. 1984 yildan Q.S.Zoirov nomidagi Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash muzeyis.m. deb yuritiladi. Tibbiyot va gigiyena bilimlari hamda sogʻliqni saqlash sohasida erishilgan muvaffaqiyatlarni targʻib etadi. Oʻzbekiston tibbiyot tarixi bilan tanishtiradi. Muzey ekspozitsiyasi bir necha boʻlim: odam anatomiyasi, fiziologiyasi, gigiyenasi, Oʻzbekiston tibbiyot tarixi boʻlimidan iborat.

Muzeyda Abu Ali ibn Sino yashab oʻtgan 1011-asrlardagi tibbiyot tarixiga oid manbalar koʻp. Buyuk hakimga bagʻishlangan memorial zalda tabibning koshinkor siymosi, 5 jildli "Tib qonunlari" asari, unda tasvirlangan jarrohlik asboblari, uning xotirasiga Hamadonda tiklangan maqbara maketi saqlanadi.

Muzey fondidagi "shisha odam" meʼdaichak yoʻli, oʻpka, yurak, kichik va katta qon aylanish doirasining elektrlashtirilgan maketi, mulyajlar, rasmlar, fotosuratlar inson organizmi faoliyatidagi eng muhim jarayonlarni tushunib olishga yordam beradi. Shuningdek, taniqli tibbiyot olimlarining ilmiy asarlari, ichki aʼzolarning rentgen suratlari, tibbiyotga oid plakatlar hamda mustaqillik davrida tibbiyet sohasida erishilgan muvaffaqiyatlar bilan tanishtiradi.

Muzeyda kinolektoriy mavjud. Tibbiyot tarixi, ilmiy tibbiyot, kasalliklarning kelib chiqish sabablari, davolash usullari, ichish, chekish, giyohvandlikning oqibatlari va oddini olish, sogʻlom turmush garzi toʻgʻrisida vaqtvaqti bilan suhbatlar oʻtkaziladi. Alkogolizm, chekish, narkomaniya va SPID toʻgʻrisida filmslayd bor.