Kontent qismiga oʻtish

Maishiy xizmat

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Maishiy xizmat, aholiga maishiy xizmat koʻrsatish — aholiga noishlab chiqarish va ishlab chiqarish xizmati koʻrsatish sohasining bir qismi. Maishiy xizmat kishilarning kasbiy va ijtimoiy-siyosiy faoliyatiga bogʻliq boʻlmagan xolda moddiy hamda maʼnaviy ehtiyojlarni bevosita qondirish boʻyicha amalga oshiriladigan ijtimoiy-tashkiliy usullar va shakllar bilan tavsiflanadi. Hozirgi sharoitlarda Maishiy xizmat xalq xoʻjaligining maxsus industrial moddiy-texnika bazasi — sanoat korxonalari va kombinatlariga ega boʻlgan alohida tarmogʻi hisoblanadi. Maishiy xizmat korxonalari tomonidan yakka tartibda shaxsiy isteʼmol buyumlarini tayyorlash, isteʼmol qiymatini yoʻqotgan, roʻzgʻorda ishlatiladitan va shaxsiy foydalamishdagi buyurtmalarni tiklash, shaxsiy xizmatlar koʻrsatish va boshqa ishlar bajariladi. Maishiy xizmatga uy-joyni taʼmirlash, yakka buyurtmalar boʻyicha mebellar tayyorlash va ularni taʼmirlash, kir yuvish, buyumlar va kiyim-kechaklarni kimyoviy tozalash va boʻyash. yakka tartibda poyabzal, kiyimkechak, moʻynali va trikotaj buyumlari tikish va taʼmirlash, avtomobillarga texnika xizmati koʻrsatish va ularni taʼmirlash, roʻzgor texnikasi mashinalari va asboblari, radio va teleapparaturalarni, shuningdek, musiqa asboblarini taʼmirlash, qimmatbaho narsalarni lombardlarda saqlab berish boʻyicha xizmatlar, fotoxizmatlar, sartaroshlik, madaniymaishiy va sport buyumlarini ijaraga berish xizmatlari. xonadonlarni yigishtirish bilan bogliq xizmatlar, turli topshiriqdarni bajarish va boshqa bilan shugʻullanaligan korxonalar va tashkilotlar faoliyati kiradi. Ijtimoiy taraqqiyot, texnika vositalarining rivoji, shuningdek, xalq moddiy farovonligining ortishi bilan aholining moddiy va maʼnaviy ehtiyojlari ham oʻsib-koʻpayib boradi. Bu holat Maishiy xizmatning ijtimoiytashkiliy usullari va shakllarining kengayishini taqozo etadi. Maishiy xizmat korxonalari xizmat koʻrsatish sohalarining boshqa tarmoqlari (mas, savdo, umumiy ovqatlanish, bolalar muassasalari, turar joy, kommunal xoʻjaliklari va hokazo) bilan birgalikda xonadon xoʻjaligida bajariladigan ayrim ishlar va xizmatlarni asta-sekin ijtimoiy ishlab chiqarish va umumiy xizmat koʻrsatish shakllari bilan almashtirib boradi.

20-asr boshlariga qadar Oʻzbekistonda aholiga maishiy xizmat koʻrsatishning uz anʼanalari va tarixiga ega boʻlgan tizimi shakllangan edi. Qishloushrda va shahar mahallalarida sartaroshlar. chegachilar, chevarlar. shuningdek, kosib va hunarmandlar Maishiy xizmat koʻrsatish vazifasini bajarganlar. Ustaxonalar va sartaroshxonalar shahar va qishloq bozorlari x.ududida, mahalla guzarlarida joylashgan eli. 20-asrning 20-yildan boshlab davlat tomonidan Maishiy xizmat soxasini rivojlaitirishga qaratilgan qarorlar qabul qilindi. Maishiy xizmat artellari tuzildi, yangi atelye, ustaxona, maishiy xizmat uylari, korxonalar ochildi, Maishiy xizmat industriyasi yaratildi. 1965-yilda respublikada Maishiy xizmat koʻrsatish vazirligi tashkil etildi. 1965—1980-yillarda Maishiy xizmat koʻrsatish korxonalari soni 8382 tadan 18031 ga yetdi (shu jumladan, qishloqjoylarida 4403 tadan 11293 taga yetdi). Maishiy xizmat uylari va ixtisoslashtirilgan korxonalar ishga tushirildi, faqat 1971—1975-yillarda 20 ming yangi texnologik asbob-uskunalar oʻrnatildi. 1990-yilga kelib respublikada atelye va ustaxonalarni ham qoʻshib hisoblaganda 26,9 ming Maishiy xizmat koʻrsatish korxonalari ishladi, aholi jon boshiga Maishiy xizmat koʻrsatish xajmi 1965-yilga nisbatan deyarli 10-marta koʻpaydi. 90-yillar boshidan tizimni bozor munosabatlariga oʻtkazish uchun Maishiy xizmat korxonalarini davlat tasarrufidan chiqarish boshlanli. 1992-yil aprelda respublika Maishiy xizmat koʻrsatish vazirligi tugatildi va uning negizida ahrliga Maishiy xizmat koʻrsatish korxonalari va tashkilotlari uyushmasi — "Oʻzmaishiyxizmatuyushma" tuzildi. 1992—1995-yillarda Maishiy xizmat tarmoqdariga qarashli 12587 korxona xususiylashtirildi va aksiyadorlik jamiyatlari, jamoa korxonalari, xususiy korxonalarga aylantirildi. 1994—1995-yillarda shahar va qishloklarning guzarlarida 474 savdomaishiy majmualar tashkil etildi. Barcha viloyat markazlarida, tumanlar va shaqarlarda Maishiy xizmat sohasidagi kichik, xususiy va oʻrta biznesni muvofiklashtirish va qoʻllab-quvvatlash uyushmalari tuzildi. Respublika Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 17-sentyabrdagi qarori bilan Maishiy xizmat koʻrsatish soxasini boshkarishni davlat tasarrufidan chikarishni davom ettirish, Maishiy xizmat korxonalari va mahalliy boshqaruv organlarning xoʻjalik mustaqilligini oshirish maqsadida "Oʻzmaishiyxizmatu-yushma" tugatildi. Aholiga Maishiy xizmat koʻrsatish ishlarini hududiy (viloyat) uyushmalari, Maishiy xizmat koʻrsatuvchi tadbirkorlarning tuman (shahar) uyushmalari boshqaradi. Ular aqoliga 800 dan ortiq xizmat turini koʻrsatadi.

OʻzRda aholiga Maishiy xizmat koʻrsatish soxasiga chet el investitsiyasi ham jalb etilgan. Mamlakatda Turkiya, Koreya Respublikasi, Germaniya, Italiya, Fransiya va boshqa davlatlardan kelgan in-vestorlar qamkorligida tashkil etilgan qushma korxonalar faoliyat koʻrsatmoqda. 2000-yilda Oʻzbekistonda aholiga koʻrsatilgan Maishiy xizmat hajmi 47,5 mlrd. soʻmni tashkil etdi, aholi jon boshiga 12340,2 soʻmlik pulli xizmatlar koʻrsatildi[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil