Qorakoʻl (shahar)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Qorakoʻl
shahar
40°16′16″N 63°01′16″E / 40.27111°N 63.02111°E / 40.27111; 63.02111Koordinatalari: 40°16′16″N 63°01′16″E / 40.27111°N 63.02111°E / 40.27111; 63.02111
Mamlakat Oʻzbekiston
Viloyat Buxoro viloyati
Tuman Qorakoʻl tumani
Aholisi
 (2005)
20 900
Vaqt mintaqasi UTC+5
Xaritani koʻrsatish/yashirish
Qorakoʻl на карте
Red pog.png

QorakoʻlBuxoro viloyati Qorakoʻl tumanidagi shahar (1980 yildan), tuman markazi. Transport yoʻli stansiyasi. Qorakoʻldan viloyat markazi (Buxoro shahri)gacha 61 km. Aholisi 20,9 ming kishi (2005). Q.da paxta tozalash, gʻisht zavodlari, MTP, don mahsulotlari aksiyadorlik jamiyati, qurilish tashkilotlari, avtokorxona, neft bazasi bor. Kichik, oʻrta biznes va yirik korxonalar, shuningdek, "Qorakoʻlteks" qoʻshma korxonasi ishlab turibdi.[1]

Umumiy taʼlim, bolalar musiqa maktablari, gimnaziya, litsey, 2 kasbhunar kollejlari, tuman markaziy kutubxonasi, klub muassasalari, madaniyat uylari, madaniyat va isti-rohat bogʻi, Xotira yodgorligi bor. Tuman markaziy kasalxonasi, poliklinika, tugʻruqxona, ambulatoriya, dorixonalar, aholiga xizmat koʻrsatadi. Shahar yonidan xalqaro yoʻnalishlarda temir yoʻl oʻtgan. Tuman markazi bilan qishloqlar oʻrtasida va Qorakoʻl — Buxoro ora-ligʻida avtobuslar va marshrutli taksilar qatnaydi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. 1,0 1,1 "Qorakoʻl (shahar)" OʻzME. Q-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil