Qoʻgʻirchoq teatri

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qoʻgʻirchoq va qoʻgʻirchoq teatrining aktyorlari

Qoʻgʻirchoq teatri - teatr sanʼati turi, chodir ichida yoki parda orti-

Qoʻgʻirchoq teatri - teatr sanʼa ti turi, Chodir ichida yoki parda ortida yashiringan aktyor-qoʻgʻirchoqbozlar tomonidan harakatga keltirib koʻrsatiladigan qoʻgʻirchoqlar tomoshasi. Qoʻgʻirchoqlarning turi (toʻla, yassi, shartli yoki natural), boshqarish tizimi (ip bilan boshqariladigan, qoʻlga kiyiladigan, soyasi tushiriladigan, simli va mexanik) va katta-kichikligi (bir necha santimetrdan tortib odam boʻyidan ham yuqori qoʻgirchoqlar) bilan bogʻliq holda xilma-xil shakllari yuzaga kelgan. Milliy anʼanalar, shart-sharoit, dramaturgik va sahnaviy maqsadlar ham Q.t. tomoshalarining shakli va mazmuniga taʼsir koʻrsatadi. Inson xarakteri, jamiyat hayotini yorqin va umumlashma tarzda aks ettirish, majoz, sahnaviy boʻrttirma Q.t.da satirik hamda qahramonlik yoʻnalishlar qaror topishini taʼminlagan. Q.t. tabiatni ilohiylashtirish kabi marosimlarga borib taqaladi. Gerodot, Ksenofont, Aristotel, goratsiy, Avreliy va b.ning maʼlumotlari boʻyicha 5—6-a.lardayoq Q.t. paydo boʻlgan. Sharqda Qt.ning barcha shakllari mavjud boʻlgan, biroq shundan soya teatri (Oʻzbekiston hududida "Fo-nus xayol" deb yuritilgan) keng tarqalgan. Indoneziyada 11—12-a.larda simlar bilan boshqariladigan qoʻgirchoq tomoshalari boʻlgan. Sharkda hamon Q.t.ning anʼanaviy turlari va shakllari yashab keladi. Gʻarb mamlakatlarida esa 19-a.ning oʻrtalaridan boshlab xalq Q.t. inqirozga uchrab, uning oʻrnida yangi tipdagi, yozma drama asosida ish olib boruvchi havaskorlik va yarim profes-sional truppalar maydonga kela boshladi. 20-a. boshida Rossiyadagi xalq Q.t. davr talablariga javob berolmay qoldi. Biroq uning anʼanalari, tajri-basi yangi shakldagi Qt.ning yaratilishida muhim ahamiyat kasb etdi. 1924 y. Ye.S.Demmeni rahbarligidagi Leningrad Q.t., 1931 y.da S.V. Obraz-sov rahbarligidagi Markaziy Q.t. tashkil qilindi.

Oʻzbekistonda Q.t. oʻtmishda taraqqiy etgan boʻlib, uning "chodir xayol", "chodir jamol", "fonus xayol" turlari faoliyat koʻrsatib kelgan. Mustamlaka va sovet davrida ham xalq qoʻgʻirchoqbozlarining 40 ga yaqin toʻdasi (har toʻdada qoʻgʻirchoqboz, korfarmon, 2—3 sozanda boʻlgan) ish olib borgan. Yangi shakldagi Q.t. havaskorligi 20-a.ning boshlaridan boshlangan. 1939 y. Toshkentda Respublika qoʻgʻirchoq teatri, 1968 y. Andijonda "Lola" teatri tashkil topdi. Oʻzbekistonda 10 ta davlat tasarrufidagi va koʻplab havaskor qoʻgʻirchoqteatrlari faoliyat koʻrsatadi (2005).

Adabiyot[tahrir]

  • Gavrilov M.F., Kukolniy teatr Uzbekistana, T., 1928; Qodirov M ., Xalq qoʻgʻirchoq teatri, T., 1972; Uzbekskiy traditsioniy teatr kukol, T., 1979; Smirnova N . I ., Iskusstvo igrayushix kukol, M., 1983.

Muhsin Qodirov.

da yashiringan aktyor-qoʻgʻirchoqbozlar tomonidan harakatga keltirib koʻrsatiladigan qoʻgʻirchoqlar tomoshasi. Qoʻgʻirchoqlarning turi (toʻla, yassi, shartli yoki natural), boshqarish tizimi (ip bilan boshqariladigan, qoʻlga kiyiladigan, soyasi tushiriladigan, simli va meхanik) va katta-kichikligi (bir necha santimetrdan tortib odam boʻyidan ham yuqori qoʻgirchoqlar) bilan bogʻliq holda хilma-хil shakllari yuzaga kelgan. Milliy anʼanalar, shart-sharoit, dramaturgik va sahnaviy maqsadlar ham Qoʻgʻirchoq teatri tomoshalarining shakli va mazmuniga taʼsir koʻrsatadi. Inson хarakteri, jamiyat hayotini yorqin va umumlashma tarzda aks ettirish, majoz, sahnaviy boʻrttirma Qoʻgʻirchoq teatrida satirik hamda qahramonlik yoʻnalishlar qaror topishini taʼminlagan. Qoʻgʻirchoq teatri tabiatni ilohiylashtirish kabi marosimlarga borib taqaladi. Gerodot, Ksenofont, Aristotel, goratsiy, Avreliy va b.ning maʼlumotlari boʻyicha 5—6-asrlardayoq Qoʻgʻirchoq teatri paydo boʻlgan. Sharqda Qoʻgʻirchoq teatrining barcha shakllari mavjud boʻlgan, biroq shundan soya teatri (Oʻzbekiston hududida «Fo-nus хayol» deb yuritilgan) keng tarqalgan. Indoneziyada 11—12-asrlarda simlar bilan boshqariladigan qoʻgirchoq tomoshalari boʻlgan. Sharqda hamon Qoʻgʻirchoq teatrining anʼanaviy turlari va shakllari yashab keladi. Gʻarb mamlakatlarida esa 19-asrning oʻrtalaridan boshlab хalq Qoʻgʻirchoq teatri inqirozga uchrab, uning oʻrnida yangi tipdagi, yozma drama asosida ish olib boruvchi havaskorlik va yarim profes-sional truppalar maydonga kela boshladi. 20-asrning boshida Rossiyadagi хalq Qoʻgʻirchoq teatri davr talablariga javob berolmay qoldi. Biroq uning anʼanalari, tajribasi yangi shakldagi Qoʻgʻirchoq teatrining yaratilishida muhim ahamiyat kasb etdi. 1924-yil E.S.Demmeni rahbarligidagi Leningrad Qoʻgʻirchoq teatri, 1931-yilda S.V. Obraz-tsov rahbarligidagi Markaziy Qoʻgʻirchoq teatri tashkil qilindi. Oʻzbekistonda Qoʻgʻirchoq teatri oʻtmishda taraqqiy etgan boʻlib, uning «chodir хayol», «chodir jamol», «fonus хayol» turlari faoliyat koʻrsatib kelgan. Mustamlaka va sovet davrida ham хalq qoʻgʻirchoqbozlarining 40 ga yaqin toʻdasi har toʻdada qoʻgʻirchoqboz, korfarmon, 2—3 sozanda boʻlgan) ish olib borgan. Yangi shakldagi Qoʻgʻirchoq teatri havaskorligi 20-asrning boshlaridan boshlangan. 1939-yilda Toshkentda Respublika qoʻgʻirchoq teatri, 1968-yilda Andijonda «Lola» teatri tashkil topdi. Oʻzbekistonda 10 ta davlat tasarrufidagi va koʻplab havaskor qoʻgʻirchoqteatrlari faoliyat koʻrsatadi. [1]

Manbalar[tahrir]