Kontent qismiga oʻtish

Xiva tumani

Koordinatalari: 41°23′0″N 60°22′0″E / 41.38333°N 60.36667°E / 41.38333; 60.36667
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Xiva tumani
tuman
Tarkibida Xorazm viloyati
Maʼmuriy markazi Shomoxulum qishlog'i
Rasmiy tillar Oʻzbek
Maydoni 0,44 ming km² km²
Vaqt mintaqasi UTC+5
Xaritada
Xiva tumani xaritada
41°23′0″N 60°22′0″E / 41.38333°N 60.36667°E / 41.38333; 60.36667

Xiva tumani — Oʻzbekiston Respublikasining Xorazm viloyatidagi tuman. 1926-yil 29-sentabrda tashkil etilgan. Tuman shimol va shimoli-gʻarbdan Qoʻshkoʻpir tumani, shimoli-sharqdan Urganch va Xonqa tumanlari, sharqdan Yangiariq tumani, janub va janubi-gʻarbdan Turkmaniston bilan chegaradosh. Maydoni 0,44 ming km². Aholisi 155 ming kishi (2025). Tumanda 9 qishloq fuqarolari yigʻini (Gandimiyon, Dashyoq, Juryon, Irdimzon, Oqyop, Sayot, Chinobod, Shomoxulum, Eski Qiyot) bor. Markazi — Shomoxulum qishlog'i.

Tabiati. Tuman hududi Amudaryo quyi oqimining chap sohilidagi tekislikda joylashgan, oʻrtacha bal. 97 m. Iqlimi keskin kontinental, yozi issiq va quruq. Yillik oʻrtacha tempratura 12, G. Oʻrtacha tempratura yanvarda —4,5°, iyulda 27,4°, eng past tempraturara —31°, eng yuqori tempratura 45°, 46°. Xiva tumani respublikaning yogʻin kam yogʻadigan tumanlaridan biri. Yillik yogʻin miqdori 100 mm. Vegetatsiya davri 200 kun. Tuproklari allyuvial, oʻtloqi, shoʻrxok, taqir va qumli choʻl tuproqlaridan tashkil topgan.

Yovvoyi oʻsimliklardan qizilmiya, shoʻra, olaboʻta, otquloq, qirqboʻgʻim, chirmovuq, isiriq, qamish, yulgʻun, semizoʻt, boʻritaroq, tol, jiyda, turangʻil, terak, yantoq, koʻkpechak, takasoqol, ajriq, zarpechak va boshqa oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan quyon, tulki, chiyaboʻri; kushlardan sassiqpopishak, qoʻton, birqozon, moʻylovli chittak, zargʻaldoq, inuya, musicha, dehqonchumchuklar uchraydi. Sudraluvchilardan toshbaqa, kaltakesaklar (kulrang va taroq barmokli gekkon, yumaloq boshli kaltakesaklar) yashaydi; koʻllarda karp, olabugʻa, laqkabaliq, choʻrtanbaliq va boshqa bor. Yer osti suvlari yuza (0,8-1 m) joylashgan. Tuman hududida Shoʻrkoʻl, Qorakoʻl, Ravotkoʻl, Gʻovukkoʻl va boshqa koʻllar bor.

Qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorishda Polvonyop, Gʻozovot, Angariq, Sirchali, Pishkanik va boshqa kanal va ariqlar suvlaridan foydalaniladi. Qurilish materiallaridan kum, gil (loy) bor.

Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, tatar, rus, qozoq, turkman va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km² ga 371 kishi. Shahar aholisi 22 ming kishi, qishloq aholisi 133 ming kishi (2025).

Xoʻjaligi. Tumandapaxtatozalash, sopol buyumlari, sut, gʻisht, gaz kompressor styasi, toʻqish, tikuvchilik, parrandachilik fabrikalari, qurilish tashkilotlari va boshqa mavjud. Xiva tumanida 6 shirkat uyushmasi, 3 fermer xoʻjaligi uyushmasi, MTP va boshqa mavjud. Tuman qishloq xoʻjaligi, asosan, paxtachilikka ixtisoslashgan. Gʻallachilik, mevachilik, polizchilik, tokchilik, pillachilik ham rivojlangan. Jami yer maydoni 39 ming ga, shundan ekin maydonlari 17,1 ming ga. 7,7 ming ga maydonga paxta, 5,6 ming ga yerga don, 421 ga yerga kartoshka, 1,7 ming ga yerga sabzavot, 400 ga yerga poliz ekinlari ekiladi. Shuningdek, ozuqa ekinlari ham yetishtiriladi. Bogʻlar 755 ga, tokzorlar 26 ga, tutzorlar 275 ga, oʻrmonlar 7682 ga yerni egallaydi (2004).

Tuman jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 49,2 ming qoramol (shu jumladan, 21,2 mingga yaqin sigir), 22,1 mingdan ziyod qoʻy va echki, 240 mingdan ziyod parranda bokiladi (2004).

Tuman hududi orqali Xiva—Toshkent, Xiva—Urganch, Xiva—Qoʻshkoʻpir, Xiva—Yangiariq, Xiva—Bogʻot, Xiva— Hazorasp va boshqa yoʻnalishlarda avtobus va marshrut taksilari qatnaydi. Xiva— Urganch yoʻnalishida trolleybus qatnovi yoʻlga qoʻyilgan.

1931-yil 7-noyabrdan „Xiva tongi“ tuman gazetasida nashr etiladi (adadi — 1500).