Xalqlar doʻstligi saroyi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Xalqlar doʻstligi saroyi
Xaqllar dostligi saroyi.jpg
Xalqlar doʻstligi saroyi old fasadi (2022-yil fevral)
Eski nomlari „Istiqlol“ sanʼat saroyi (2008-yil 7-apreldan 2018-yil 3-maygacha)
Umumiy maʼlumot
Maqomi Tugallangan
Joylashuvi Toshkent
Manzili Furqat koʻchasi, 3
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Koordinatalar 41°18′31″N 69°14′29″E / 41.308706°N 69.241336°E / 41.308706; 69.241336 G OKoordinatalari: 41°18′31″N 69°14′29″E / 41.308706°N 69.241336°E / 41.308706; 69.241336 G O
Qurilishi tugagan 1980-yil[1]
Dizayn va konstruksiya
Meʼmor Yevgeniy Rozanov

„Xalqlar doʻstligi“ saroyiToshkent shahridagi madaniyat markazlaridan biri. 1980-yil qurilgan, 1981-yilda foydalanishga topshirilgan (meʼmorlar: Ye.Bukina, S.Odilov, Ye. Rozanov, Ye.Suxanova, F. Tursunov, V.Shestopalov, Ye.Shumov va boshqalar). Turli tadbirlar (sʼyezd, qurultoy, festival va boshqalar) oʻtkazish, konsertlar berishga moʻljallangan. Konsert zalida xorijiy davlat rasmiylari uchun turli tantanalar ham tashkil etiladi[2][3]. Bino qiyofasi va bezaklarida milliy meʼmorlikka xos boʻlgan muqarnasga oʻxshash shakllardan foydalanilgan; binoni bezashda mahalliy xom ashyolar, Nurota va Gʻozgʻon marmarlari ishlatilgan. Bino tarhi toʻrtburchak shaklda, tarzlariga ishlangan quyosh nurini toʻsadigan jimjimador shakllar binoga salobat, kiraverishdagi peshtoqlar koʻrk berib turadi. Bino tepasiga yuzasi marmar bilan qoplangan muqarnasni eslatuvchi yirik yigʻma temirbeton qurilmalar oʻrnatilgan. Bino mujassamoti markazida balkonli, amfiteatr shaklidagi 4 ming oʻrinli zal turadi (bir oz qiyaroq yon devorlari tomoshalarni yaxshi koʻrish hamda eshitish imkonini beradi). Sahna maxsus qurilmalar (koʻtarilib tushiriladigan supalar, prezidium, sahna va xor supalarini tomosha vaqtida siljitishga imkon beradigan transportyor, dekoratsiyalarni koʻtarib tushiradigan shtanketlar, keng formatli ekran) bilan jihozlangan. Zalda kinotovush texnikasi hamda matnni bir yoʻla 8 tilga tarjima qilish apparatlari, maxsus texnologik aloqa tizimi bor. Vestibyul tabiiy toshlardan ishlangan „Xalqlar doʻstligi“, „Bayram“, „Gullagan oʻlka“ mozaikalari (rassom A. Buxorboyev) bilan bezatilgan. Prezidium zali gobelen (rassom B. Jalolov), tomosha zali „Sanʼat“ mozaikasi (rassom V. Burmakin, R. Nemirovskiy), yogʻoch oʻymakorligi (usta Q. Haydarov, O. Fayzullayev), banket zali bezaklari (rassom J. Hakimov, A. Ilhomov), yon devorlari sopol laganlar (rassom A. Kedrin) bilan bezalgan. Saroy interyerida feruza rangli ulkan koshinkori devor (Toshkent chinni zavodida tayyorlangan) mavjud.

Binoning oʻziga xos tarhi Varaxsha va Kampirtepa arxeologik yodgorliklariga monand loyihalangan. Bino asosi kvadrat shakldadir[4].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bino 1980-yil „Xalqlar doʻstligi“ maydonida qurib bitkazilgan. Bu maydonda 1977-yilda Toshkent metropoliteni Chilonzor yoʻlining Xalqlar doʻstligi metro bekati qurilgan. Binoning old kirish qismi toʻgʻrisida Shomahmudovlar oilasi monumenti oʻrnatilgan (haykaltaroshlar: Leon Adamov, Sobir Odilov).

Respublika toponimik obyektlar nomlarini tartibga solish komissiyasining 2008-yil 7-apreldagi 07-5-16-sonli protokoli asosida bino nomi „Istiqlol sanʼat saroyi“ deb oʻzgartirilgan[1].

2018-yil 26-aprelda tashkil etilgan videoselektor majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev binoga avvalgi nomini qaytarishni taklif etgan[5].

2018-yil 3-mayda Toshkent shahar Xalq deputatlari Kengashining 36-sessiyasida „Xalqlar doʻstligi“ nomini qaytarish taklifini rasman tasdiqlagan[6].

Muhim sanalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Banknota va davlat mukofotlarida tasvirlanishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]