Mir Arab madrasasi
Madrasa | |
Mir Arab madrasasi
| |
![]() | |
Mir Arab madrasasining bosh fasadi | |
Mamlakat | ![]() |
Hudud | Buxoro viloyati |
Shahar | Buxoro |
Manzil | I. Buxoriy MFY, Nurobod koʻchasi |
Maktab yoʻnalishi | sunniy |
Mulkdor | Davlat mulki. Buxoro viloyati madaniy me'ros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida |
Madrasa turi | Katta |
Meʼmoriy uslub | Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi |
Binokorlik tashabbuschisi | Mir Arab |
Homiylar | Mir Arab Ubaydullaxon |
Binokorlik | 1526-yil—1537-yil |
Maqomi | Davlat himoyasida |
Holati | Oʻrta maxsus islom bilim yurti |
Qurilish materiali | Pishiq g'isht |
Sayt | [[1] Rasmiy sayt] |
![]() |
Mir Arab madrasasi — Buxoro madrasasi.
Madrasaning qurilishi oʻzbek hukmdori Ubaydullaxon va uning piri Mir Arab nomlari bilan bogʻliq.
Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Mir Arabning asl ismi Sayyid Abdulloh boʻlib, amir 22 yoshida Samarqandga kelib Xoja Ahrorga shogird tushgan. Turkistonning Sabronida (Savronida) 2 koriz (yer osti arigʻi) qazdirgan, suv chiqargan, qalʼa bino etib, Shofirkon, Vobkent, Gʻijduvonda koʻp joylarni obod qilgan (hozirda Shofirkonda Mir Arab qalʼasi saqlanib qolgan).
U naqshbandiya tariqatining rivojlanishiga katta hissa qoʻshgan. Madrasa qurilishini nihoyasiga yetkaza olmagan, 1536-yil boshida Mir Arab vafot etgan va uning vasiyatiga koʻra kuyovi Shayx Zakariyo qurilishni oxiriga yetkazgan.
Xattot Mirali Fathobodiy-Buxoriy ushbu forsiy qitʼani Madrasa darvozasiga yozgan: "Mir Arab faxri Ajam onki kard — Madrasai olii bas bul ajab. Bul ajab on ast ki tarixi u: Madrasai olii Mir Arab".
Madrasa Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tasarrufida boʻlib, shoʻrolar davrida diniy oʻquv yurti faoliyati vaqtincha toʻxtatilgan, 1945-yilda yana tiklangan. Oʻquv muddati 4 yil Oʻquv yurti kunduzgi boʻlimiga 15 yoshdan 35 yoshgacha boʻlgan oʻrta va toʻliqsiz oʻrta maʼlumotli kishilar qabul qilinadi. Diniy fanlar hamda umumtaʼlim fanlari oʻqitiladi. Talabalarga arab, ingliz, rus va fors tillari ham oʻrgatiladi. Darslar oʻzbek va arab tillarida olib boriladi.
Meʻmorchiligi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bosh tarzi ulkan peshtokli, darvozasi orqasida 5 gumbazli miyonsaroy, ikki yonida baland gumbazli keng darsxona va masjid, goʻrxona joylashgan. Koshinkori naqshlar yozuvlar bilan uygʻunlashgan (saqlanmagan). Goʻrxona ichi gumbaz osti bagʻali qalqonsimon muqarnasli, shipi va devorlari ganch oʻymakorligida bezatilgan, izorasi rangbarang koshinli. Goʻrxonada Ubaydullaxon (1537-yil v. e.)ning yogʻochdan xotamkori usulida ishlangan sagʻanasi va Mir Arab, uning qarindoshlari qabrlari bor.
Tarixiy manbalarda madrasa 111 hujradan iboratligi koʻrsatilgan[2]. Biroq hozirgi mualliflar hujralar sonini Qurʼon suralariga muvofiq 114 ta hujra deya axborot berishmoqda.
Madrasaning umumiy tarhi 68,5x51,8 m, hovli 35,4x31,3 m, darsxona 8x8 m. Hovlisi toʻrtburchak shaklida boʻlib, atrofini oldi ravokli, ikki oshyonli 114 hujra oʻrab turadi. Tomonlar oʻrtasidagi 4 baland peshtokli darsxona — ayvon hovli mahobatini oshiradi. Tuzilishi jihatidan naqshinkor jan. peshtoqning dastlabki qiyofasi saqlanib qolgan, bu naqshlarning tarkibiy qismida yulduzsimon bezaklar uchraydi. Undagi bezaklarning saqlanib qolgan ayrim parchalaridan naqshlar gʻoyat nafis va nozik boʻlganligini bilish mumkin.
Rivoyatlarga kura, Madrasa asosi chuqur qilinib, togʻ toshlari bilan mustahkamlangan, qor, yomgʻir suvini qochirish uchun tazarlar ishlangan, ular orqali suvlar shahar qoʻrgʻonidan tashqariga chiqarilgan.
Buxoroning 2500-yilligi munosabati bilan Madrasa peshtogʻi va gumbazlaridagi toʻkilib ketgan koshinkori naqshlar va yozuvlar qayta tiklandi.[3]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „Mir Arab oʻrta maxsus islom bilim yurti rasmiy sayti“. Mirarabmadrasa.uz. 18-noyabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 27-sentabr 2020-yil.
- ↑ Jumanazar 2017, s. 338—343.
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ilmiy adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Jumanazar A. K.. Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Toshkent: Akademnashr, 2017 — 592 bet. ISBN 978-9943-4728-2-2.
Ilmiy maqolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Yusupov R. M. (2020). Baroqxon va Mir Arab madrasalarining diniy muassasalariga kadrlar tayyorlash tarixidan lavhalar (1940—1960-yillar) (Life Science and Agriculture nashri).
- Агзамходжаев С. (2010). Современное состояние исламского образования в Узбекистане (Россия и мусульманский мир nashri).
- Гафуров У. Т. (2018). История формирования и перспективы развития системы исламского образования Управления мусульман Узбекистана (Россия и мусульманский мир nashri).
- Дмитриева Е. Л. (2018). Исламское образование в России: история и современность (Россия и мусульманский мир nashri).
- Халилова З. (2017). Слушатели медресе советского Узбекистана (1945—1991 гг.): социальная жизнь и повседневные практики (Россия и мусульманский мир nashri).
- Халилова З. (2017). Советская идеология в медресе: политические контексты и учебная практика (Islamology nashri).
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
|
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |