Ota darvoza

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Ota darvozaIchan qalʼaning gʻarbiy darvozasi. Olloqulixon hukmronligi davrida qurilgan (182829). Shermuhammad ota nomi bilan ham atalgan. Darvozaxona toʻgʻri toʻrtburchak tarhli (17,50×15,40 m), ichkarisi uzun dalon boʻlib, usti ikki katta gumbaz (diametri — 15,07 m) bilan krplangan. Da-lonning 2 tomonida bir-biriga oʻtiladigan oldi ochiq, gumbazli xonalar darvozabonlar xonasi vazifasini oʻtagan. Xonalarning biridan hujraga oʻtiladi. Hujradagi aylanma zinadan tomga chiqiladi. Darvoza peshtogʻi baland boʻlib, ikki yon tomonini guldastalar egallagan. Peshtoqining ravokli darchalari guldastalar qafasasi bilan bir balandlikda boʻlib, kunguralar bilan yakunlangan. Ota darvoza ning dastlabki koʻrinishi saklanmagan, arxiv materiallari asosida qayta tiklangan (1974). 1978-yildan doʻkon uchun moslashtirilgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil