Beruniy (shahar)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shahar
Beruniy
qoraqalp. Biruniy, Бируний
Mamlakat Oʻzbekiston
Mintaqa Qoraqalpogʻiston Respublikasi
Tuman Beruniy tumani
Koordinatalari 41°41′0″N 60°45′0″E / 41.68333°N 60.75000°E / 41.68333; 60.75000Koordinatalari: 41°41′0″N 60°45′0″E / 41.68333°N 60.75000°E / 41.68333; 60.75000
Avvalgi nomlari Kat, Shabboz
Aholisi 50,7 ming.[1] nafar (2004)
Vaqt mintaqasi UTC+5
Beruniy (shahar) (Oʻzbekiston)
Beruniy

Beruniy (qoraqalp. Biruniy, Бируний) — 1957 yil gacha Shabboz (Shayx Abbos Vali) — Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi shahar (1962 y.dan), Beruniy tumani markazi. Amudaryoning oʻng sohilidagi Urganch temir yoʻl stansiyasidan 20 km shim.sharqda. Iqlimi keskin kontinental. Yanv.ning oʻrtacha temperaturasi —15*, —20°, iyulniki 38°. Aholisi 51 ming kishi (2000). B. qadimiy Xorazmning poytaxti boʻlgan va oʻsha davrlarda Kat deb atalgan. 1957 yil shaharga shu yerda tugʻilib oʻsgan olim va mutafakkir Abu Rayhon Beruniy nomi berildi. Beruniy 990 yillarda shaharda astronomik kuzatishlar olib borgan. B. Respublikaning muhim sanoat markazlaridan. Shaharda yogʻekspeller, gʻisht, asfalt, paxta tozalash zavodlari, bosmaxona, maishiy xizmat koʻrsatish korxonalari bor. 1969 yil 13 martda Amudaryo suvining toshishi natijasida shahardagi bir qancha binolar jiddiy zarar koʻrdi. Lekin tez fursatda shahar qayta tiklandi. Keyingi yillarda shahar chegarasi kengaydi, yangi mavze, koʻchalar bunyod etildi. B. boshqa tumanlar bilan Qoraqalpogʻiston avtomagistrali va Amudaryodagi Chalish pristani orqali bogʻlangan. B.dan Nukus, Toʻrtkoʻl va boshqa shaharlarga samolyot va avtobuslar qatnaydi. B.da 14 umumiy taʼlim maktabi, musiqa va sport maktablari, 8 ommaviy kutubxona, madaniyat uyi, muzey, 7 kasalxona bor (2000)[2].

Tarixi[tahrir]

X asrning oxirlaridagi «Hudud al-Alam» (olam chegaralari, hududlari) joʻgʻrofiy asarining nomaʼlum forsiy muallifi shunday yozadi: "Kat - Xorazmning bosh shahri, Turkistonga darvozalari guzlik, Turkiston, Movarounnahr va xazar viloyatlari turklarining mollari saqlanadigan, savdogarlar oqib keladigan joy... Shahar katta boylikka ega. Yostiq choyshablari, qavilgan kiyimlar, ip gazlamalar, kigiz, ruxbinlar (pishloq turi) oʻsha yerdan olib kelinadi"[3].

Manbalar[tahrir]