Afrosiyob

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Afrosiyob
Qadimiy vayrona
Skyline of Afrosiyob
39°40′16.77″N 66°59′15.75″E / 39.6713250°N 66.9877083°E / 39.6713250; 66.9877083 G OKoordinatalari: 39°40′16.77″N 66°59′15.75″E / 39.6713250°N 66.9877083°E / 39.6713250; 66.9877083 G O
Mamlakat Oʻzbekiston
Viloyat Samarqand
Shahar Samarqand
Rasmiy til(lar)i oʻzbek
Afrosiyob xaritada
Afrosiyob
Afrosiyob

Afrosiyob qal’asi — Oʻzbekistondagi madaniy meros obyekti, tarixiy-arxeologiya yodgorligi. Obyekt miloddan avvalgi VII—XIII asrlarga tegishli. Samarqand viloyatining Samarqand shahrida joylashgan. Mazkur manzilgoh Samarqand shahar atrofida „Imom Vose“ MFY „Kircha“ MFY, Shohi-Zinda koʻchasilari hamda Siyob va obi-Mashxad ariqlari oralarida (Toshkent koʻchasi) oʻrnashgan. Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqqa koʻra ushbu majmua davlat mulki hisoblanadi. Bu „Samarqand“ davlat muzey-qoʻriqxonasi operativ boshqaruv huquqi asosida tasdiqlangan. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2019-yil 4-oktabrda Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan hamda davlat muhofazasiga olingan[1][2]. Afrosiyob hozirgi Samarqandning shimoliy chegarasiga tutashgan keng boʻsh tepaliklar boʻlib, uning maydoni 219 ga. Tepalikning shim. Siyob arigʻi bilan chegaralangan. Jan. tomondan „eski shahar“ deb atalgan Samarqandga qoʻshilib ketgan.

Shaharning dastlabki tarixi haqida yozma manbalarda maʼlumotlar juda kam uchraydi. Koʻhna shaharda oʻtkazilgan arxeologik qazishlar esa bunday maʼlumotlarni koʻproq bermoqda.

Arxeologik qazishmalar bir necha metr qalinlikdagi madaniy qatlamlar qanday boʻlganligini koʻrishga, boylar va kambagʻallarning uylarini, hunarmandlarning ustaxonalarini, savdogarlarning doʻkonlarini, ko'cha va maydonlarni, shohona saroylar va ibodatxona, masjid va madrasalarni, mudofaa inshootlarini, shaharning suv bilan taʼminlash tizimi va h.k.ni aniqlashga yordam beradi.

Afrosiyob va uning topilmalariga qiziqish 1868 yilda Chor Rossiyasi tomonidan Samarqand bosib olingandan keyin boshlandi. Afrosiyobda dastlabki qazish ishlari bilan mayor Borzenkov (1874), podpolkovnik V. V. Krestovskiy (1883), sharqshunos olimlar N. I. Veselovskiy (1884-85, 1895), V. V. Bartold (1904) va V. L. Vyatkin (1905; 1912— 13)lar shugʻullanishdi. 1919 yilda M. YE. Masson, V. L. Vyatkin tadqiqot boshlagan joylarda qazish ishlarini davom ettirib, somoniylar saroyi (9-asr) xarobalarini ochdi. 1925, 1929—30 ylarda V. L. Vyatkin Afrosiyobda qazish ishlarini davom ettiradi va uning turli davrdagi tarixiga oid koʻplab materiallar toʻplaydi. Ammo 1930 yillarga qadar Afrosiyobda olib borilgan arxeologik qazishmalar qadimgi Samarqand tarixiga doir juda kam materiallar bergan. Urushdan keyin Oʻzbekiston FAning Tarix va arxeologiya instituti olimlaridan Afrosiyob I. Terenojkin tomonidan Afrosiyobda jiddiy dala tadqiqotlari oʻtkazildi. Natijada uning eng pastki qatlamidan miloddan avvalgi 6—5-asrlarga taalluqli buyumlar, uy-joy xarobalari topildi. V. Afrosiyob Shishkin (1958-66) va Ya. F. Gʻulomov (1967—70)lar rahbarligida olib borilgan keng koʻlamli arxeologik qazishlar natijasida qadimgi madaniy qatlam materiallari Afrosiyobning boshqa joylaridan ham topildi. 1966 yil 13 iyulda Afrosiyobni arxeologik jihatdan kompleks oʻrganishni tashkil etish maqsadida Respublika hukumatining maxsus qarori qabul qilindi. Unga koʻra, Afrosiyob „arxeologik qoʻriqxona“ deb eʼlon qilinib, uni oʻrganish ishiga Toshkent va Samarqand davlat universitetlari hamda Madaniyat vazirligining Sanʼatshunoslik instituti ham safarbar etildi. Aniq ilmiy rejalar asosida boshlangan arxeologik tadqiqotlar tufayli nafaqat shaharning koʻp asrlik yoshi, balki uning har xil davrlardagi tarixiy topografiyasi, shahar tarkibi, shahar hayotining rivojlanish bosqichlari, bosqinlar tufayli yuz bergan bo'hronlar davri aniqlandi. Samarqand yushshdlarining shohona saroyi ochildi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nomining kelib chiqishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Etnograf olim V. L. Vyatkin asarlarida qayd etilishicha, Afrosiyob nomi 17asrdan boshlab yozma manbalarda tilga olina boshlangan. Bu davrgacha esa uni „Hisori koʻhna“, „Qal’ai koʻhna“ („Eski qal’a“) nomlari bilan atashgan. Bugungi kunda xalq orasida ham, ilmiy qoʻlyozmalarda ham Afrosiyob nomi bilan ataladigan boʻlgan.

Yana bir etnograf tadqiqotchi V. A. Livshis yodgorlik nomini Parshab (sugʻdcha Parshvab) yaʼni „Siyob usti“ soʻzidan kelib chiqqanligi haqidagi fikrlarini bayon etadi. Biroq, respublika hududida Afrosiyob nomi bilan bogʻliq boshqa koʻplab geografik nomlar ham mavjud. Jumladan, Toshkent shahridagi Mingoʻrik tarixiy yodgorligining boshqa nomi „Afrosiyob oshxonasi“ boʻlsa, „Shohnishintepa“ hududi „Afrosiyob taxti“ deb nomlanadi. Shu bilan birgalikda, Qashqadaryo viloyati Kitob shahridagi yodgorlik nomi ham Afrosiyob nomi bilan aloqador.

Joylashuvi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Afrosiyob 12-asrda amalga oshirilgan moʻgʻullar hujumidan soʻng ana shunday haroba holatga kelib qolgan. U oʻsha davrlarda Samarqand shahrining markazi boʻlgan. Ammo hududning afsonalarda tilga olingan Turon shohi nomi bilan atalgan tepalik yaqinidan oqib oʻtubchi Siyob arigʻi bilan hech qanday bogʻliqlik joyi mavjud emas.

Darvozalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Samarqandning moʻgʻullar hujumi davrigacha asosiy markazi boʻlmish Afrosiyob oʻsha vaqtda mustahkam qal’a devorlari bilan oʻrab olingan edi. Ibn al-Faqih oʻz asarlarida qal’a haqida yozar ekan, uning Kesh, Xitoy, Usrushon va Ohanin singari nomlar bilan ataluvchi darvozalari haqida alohida toʻxtalib oʻtadi. Har qanday geografik hududlarda boʻlgani singari, mazkur maskanda ham darvozalar nomlari keyinchalik oʻzgarib ketadi. Afrosiyob darvozalari xususida maʼlumot qoldirgan al-Istaxriy (10-asr) Kesh nomli darvozani Katta, Ohanin darvozasini Navbahor, Usturshona darvozasini esa Buxoro nomlari bilan tilga olgan.

Mazkur darvozalarning biri hozirgi Xizr masjidi oʻrnida joylashgan boʻlib, bu darvoza oʻz davrida Kesh keyinchalik esa Katta darvoza nomi bilan mashxur boʻlgan. Arab tarixchisi Istarxiyning yozishicha, bu darvoza toza temirdan yasalgan boʻlib, unda xalqqa nomaʼlum tilda yozilgan yozuvlar mavjud boʻlgan. Yerlik aholi mazkur yozuvlarni imyariy (arab qabilalaridan biri) yozuvi deb hisoblashgan. Tarixchi Bloshe esa bu yozuvlarni oʻrxun bitiklari boʻlishi mumkinligi haqida aytib oʻtadi. Istarxiy Samarqandga kelgan vaqtida bu yerda qoʻzgʻalon koʻtariladi. Qoʻzgʻalonchilar tomonidan mazkur temir darvoza buzib tashlanadi. Keyinchalik esa uni shahar hokimi Abul Muzaffar qayta tiklaydi, ammo avvalgi darvozada mavjud boʻlgan bitiklar yangi darvozaga yozilmaydi[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]