Otamurod matriza qushbegi masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Otamurod matriza qushbegi masjidi — Xivadagi meʼmoriy yodgorlik (1800). Xon qushbegisi Otamurod Matriza qurdirgan. Masjid xonaqoh, oʻng va ters ayvon hamda 2 qoʻshimcha xonadan iborat. Binoga sharqiy tarzdagi peshtoqorqali kiriladi. Kiraverishda 3 gumbazli xona va kichik minora bor. Xonaning shim.-sharqiy burchagini mi-yonsaroy va 2 qoʻshimcha xona egallagan. Jan.dagi ters ayvondan hovliga chiqiladi. Uning qarshisidagi oʻng ayvon 6 ustunli, markazidagi mehrob muqarnas naqshlar bilan bezatilgan. Orqasidagi xonaqoh tomi tekis toʻsinlar bilan yopilgan. Toʻsinlar 4 ustunga tayangan. Masjid Xorazm turar joylariga xos uslubda qurilgan. Ustunlari oddiy, poyustunlari mar-mardan, xonaqoh va ayvon devorlariga namoyonlar ishlangan. OTAMURODOVA Orzigul( 1923.5.1, Nukus tumani) — xonanda. Oʻzbekiston xalq artisti (1969). Koraqalpoq davlat musiqali drama va komediya teatri qoshida ochilgan balet kursini tugatgan (1944). 1953 yilgacha shu teatrda aktrisa sifatida ishlab, Oysanam (S. Xoʻjaniyozov; O. Halimov, J. Shomurodov, "Suyma-ganga suykanma"), Hurliyman (J. Oymirzayev; O. Halimov, "Berdaq"), Shohista (Uygʻun; M. Leviyev, "Oltin koʻl") kabi obrazlarni yaratdi. Berdaq no-midagi Koraqalpoq davlat filarmo-niyasi (1959—63), Qoraqalpoq davlat televideniyesi va radio qoʻmitasi (1953—59 va 1967 yildan) yakkaxon xonandasi. "Eshvoy", "Hoshim polvon", "Yora yondim" kabi xalq, "Vatanim — jonim onam", "Bogʻbon qiz", "Boʻylaringdan" singari zamonaviy qoʻshiqlar O. repertuaridan urin olgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil