Arab tili

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Arab tili
Milliy nomi: العَرَبِية / عربي ,عربى

ʻarabī / al-ʻarabiyyah

Mamlakatlar:
Mintaqalar:
Rasmiylik holati:
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni: 290.000.000 (2010)
Tartiblovchi tashkilot:
Oʻrni:
Holati:
Turkumlanishi
Turkum:
Som-hom tillari
Som tillari
Alifbosi: arab alifbosi
Til kodlari
ISO 639-1 ar
ISO 639-2 ara
ISO 639-3 ara
Shuningdek qarang: Loyiha:Tilshunoslik

Arab tiliSomiy tillar guruhining jan. tarmog‘iga mansub til. Yaqin va O‘rta Sharq hamda Afrika shim.586dagi yigirmadan ortiq mamlakatning rasmiy davlat tili hisoblanadi. Arab tili da 200 mln. dan ortiq aholi gaplashadi (1997). Qadimiy Arab tili mil. av. 5 — 4-a.larga taalluqli obidalar orqali maʼlumdir. U mumtoz arab tilining paydo bo‘lishiga zamin bo‘lgan. Mumtoz Arab tili ning leksik va grammatik shakllanishi johiliya davri (5 — 7-a.lar) shoirlarining og‘zaki ijodlarida namoyon bo‘la boshlagan. Qur’oni Karimning nozil bo‘lishi natijasida mumtoz Arab tili badiiyati yanada go‘zallashdi va grammatik meʼyorlari mukammallashdi. 8 — 9-a.larda mumtoz Arab tili grammatikasi ishlab chiqildi, islom yoyilgan o‘lkalarda rasmiy va ilmiy til bo‘lib qoldi. Ibn Sino, Beruniy, Xorazmiy va boshqa ilmiy asarlarini ana shu tilda yozganlar. Mumtoz Arab tili leksik jihatdan bir oz o‘zgargan holda, hozirga qadar arablarning adabiy tili bo‘lib kelmoqda. Buning asosiy sababi arab dunyosini birlashtirib turuvchi Qur’oni Karim, Hadisi Sharif va boshqa mo‘’tabar manbalardir. Arab dunyosidagi vaqtli matbuot, nashrlar, radio va televideniye hozirgi shu tilda. Arab so‘zlashuv tili adabiy tildan keskin farqlanadi, fonetik va leksik jihatdan birbiriga o‘xshamaydi. Misr, Sudan, Suriya, Iroq, Mag‘rib, Xasaniya (Mavritaniya), Shoa (Nigeriya, Kamerun, Niger) lahjalariga bo‘linadi. Ushbu lahjalar asosan 3 sababga ko‘ra yuzaga kelgan: 1) arab adabiy tiliga quraysh qabilasi (Makka) shevasida nozil bo‘lgan Qur’oni Karim tili asos bo‘lgan, zero o‘sha vaqtlardayoq Arabiston ya.o.da yashovchi qabilalarning tillarida turli tafovutlar bor edi; 2) hozirgi arab dunyosining aksar qismi kelib chiqishi arab bo‘lmagan xalqlardir. Ular islom taʼsirida arablashgan. Ularning hozirgi so‘zlashuv tilida islomgacha mavjud bo‘lgan ona tillari unsurlarining bo‘lishi, tabiiy; 3) arab dunyosining aksar qismi g‘arb istilochilari hukmronligi ostida bo‘lganligi hududiy lahjalarning jiddiy farqlanishiga olib kelgan. Turkiston, xususan hozirgi O‘zbekiston hududi Arab xalifaligi tomonidan bo‘ysundirilgach va islom mahalliy aholi tomonidan qabul qilingach, Arab tili hamda arab yozuvi mazkur hududda ilmfan tili va yozuviga aylandi. Shu bilan bog‘liq holda arabshunoslik vujudga keldi.Ad.: Sharbatov G. Sh., Sovremenniy arabskiy yazik, M., 1961; Talabov E., Arab tili, T., 1993.Sarvar Abdullayev.[1]

Havolalar[tahrir]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil