Hazorasp

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Shahar
Hazorasp
Mamlakat Oʻzbekiston
Viloyat Xorazm viloyati
Tuman Hazorasp tumani
Koordinatalari 41°19′0″N 61°04′0″E / 41.31667°N 61.06667°E / 41.31667; 61.06667Koordinatalari: 41°19′0″N 61°04′0″E / 41.31667°N 61.06667°E / 41.31667; 61.06667
Aholisi 16 700 nafar
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +998
Avtomobil kodi 90
Rasmiy sayti [telegram @Xorazm_Boom telegram @Xorazm_Boom]
Hazorasp (Oʻzbekiston)
Hazorasp

Hazorasp — Hazorasp tumanidagi shaharcha, tuman markazi. Xorazm viloyatining sharqida, Toshkent — Urganch avtomagistrali va temir yoʻl yoqasida joylashgan. transport yoʻli stansiyasi. Viloyat markazi (Urganch shahri) dan 56 km janubi-sharqda. Aholisi 16,7 ming kishi (2005). H. hududidan oʻtgan Hazorasp, Hassayop, Otaliq, Sipoi kanal va ariqlaridan suv oladi.

H. Xiva bilan birga Xorazm vohasining eng qad. qalʼa va aholi manzillaridan biridir. H. nomining kelib chiqishi toʻgʻrisida turlicha qarashlar mavjud. Tarixchi, tilshunos va toponimist olimlar (Ya. Gʻulomov, S.P.Tolstov, F.Abdullayev, O. Madrahimov va boshqalar)ning taʼkidlashicha, "Hazorasp" qad. xorazmiy tilida ming ot (hazor — ming , asp — ot) yoki ming otliq diyori maʼnosini bildiradi. Oʻtmishda muarrixlar uni "Qalʼai Sulaymon" deb ham ataganlar. Tarixchi olim M. Isxoqov taxminiga koʻra, "Hazorasp" atamasi "Aturaspend" — "Muqaddas olov manzili", "Otashgoh" maʼnosini bildiradi. Shahar toponimiyasi haqida mahalliy rivoyat va afsonalar ham mavjud. Baʼzi tarixiy maʼlumotlardan maʼlum boʻlishicha, H. Xorazmning chekkasidagi himoya isteh-komi boʻlib, bu yerda mingga yaqin otliq qoʻshin Xorazmni sharqdan kelishi ehtimol tutilgan dushmandan muhofaza etgan. Shaharda Rashiduddin Vatvot, Minglisuluvxonim, Javxariy, Sakkokiy, Husayn Xorazmiy, Jaʼfar Hazoraspiy, Xayoliy, Umi-diy, Iskandar Mahmud kabi buyuk siy-molar, shoir, olim va tabiblar yetishib chiqqan.

Arxeologik qazishmalar natijasida H.ning vu-judga kelishi ilk antik davrlarga oidligi aniqlandi.

Keyingi davrda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining Samarqand, Nukus va Xorazm regional arxeologiya boʻlimlarining 1996— 2005 yillarda oʻtqazgan qazish ishlari natijasida shaharning 2700 yil avval bunyod boʻlganligi toʻgʻrisida materiallartopildi. Shahar toʻgʻrisida ilk yozma maʼlumotlar 9—10-asr Eron tarixchisi va filologi Tabariy, 10-asr tarixchi va geograflari Istaxriy va Muqadda-siylarning asarlarida uchraydi. Sayyoh geograf, adib va tarixchi Yoqut Hamaviyning yozishicha, H. mustahkam qalʼ-ali katta shahar boʻlgan. Shahar yer yuzasiga chiqib qolgan tabiiy grunt suvi halqasi bilan oʻralgan. Qalʼaga faqat birgina gʻarb tomondagi maxsus yoʻl olib borgan. Xondamir va Mirxond, Abulgʻoziy Bahodirxon, Munis, Oga-hiylar asarlarida H.ning tarixiga oid koʻp maʼlumotlar berilgan. H. toʻgʻrisida sayyoh, sharqshunos A.Vamberi ham qiziqarli maʼlumotlar yozib qoldirgan. 19-asr oxirida shaharda 8 masjid, madrasa, maktabxonalar faoliyat koʻrsatgan.

H.da 50 dan ziyod korxona va tashkilot, shu jumladan, paxta tozalash, gʻisht zavodlari, MTP, qurilish tashkilotlari, avtokorxona, taʼmirlash ustaxonalari, mahalliy sanoat korxonalari, toʻqimachilik, palos fabrikalari bor. Oʻzbekiston — Germaniya "Unixo" qoʻshma korxonasi faoliyat koʻrsatadi. Butun Quyi Amudaryo regionida mashhur boʻlgan "Qo-zoqbozor" deb ataluvchi bozor mavjud. Kichik va oʻrta biznes korxonalari, mikrofirmalar ishlab turibdi. Shuningdek, savdo, madaniy va mai-shiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, dehqon bozori bor. 4 umumiy taʼlim maktabi, iqtidorli bolalar litseyi,ixtisoslashtirilgan ijtimoiy fanlar gimnaziyasi, qishloq xoʻjalik, iqtisodiyot, ped. kasb-hunar kollejlari,akademik litsey va boshqa oʻquv muassa-salari faoliyat koʻrsatadi. Tuman markaziy kutubxonasi vauning tarmoqlari, madaniyat uyi, klub muassasalari, xiyobonlar, madaniyat va istirohat bogʻi, "Istiqlol" stadioni, sport zallari, futbol maydonlari va boshqa sport inshootlari mavjud. Karate va taekvondo sport klublari faoliyat koʻrsatadi.

Tuman markaziy kasalxonasi, kattalar va bolalar poliklinikalari, shoshilinch tibbiy yordam boʻlimi, tugʻruqxona, xususiy poliklinika, kasalxona, dorixonalar va boshqa tibbiy muassasalar aholiga xizmat koʻrsatadi.

H.dan Toshkent, Samarqand, Buxoro, Qarshi, Denov va boshqa shaharlarga, Xorazmning boshqa tumanlariga, qoraqalpogʻistonning Toʻrtkoʻl, Beruniy shaharlariga avtobus va marshrutli taksilar qatnovi yoʻlga qoʻyilgan. shaharda tarixiy va meʼmoriy yodgorliklardan qalʼa qoldiqlari (miloddan avvalgi 7—6-asrlar), Juma masjidi (18-asr) va boshqa saqlanib qolgan.

J.Mankovskaya L., Bulatova V. Pamyatniki zodchestva Xorezma, T., 1978 Qurbonniyozov R., Xorazm geografiyasi Urganch, 1996; Nurja nov K . va boshqalar, Hazorasp tarixi, Urganch, 1998; "Drevnosti Yujnogo Xorezma" (XAEE-XU1), M., 1992.