Abdullaxon bandi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abdullaxon bandi
Joylashuvi Beklarsoy darasi, Eski Oqchob qishlog'i, Nurota, Navoiy viloyati, Oʻzbekiston
Koordinatalar 40°31′29″N 66°24′53″E / 40.52483198334913°N 66.41467262527671°E / 40.52483198334913; 66.41467262527671 G OKoordinatalari: 40°31′29″N 66°24′53″E / 40.52483198334913°N 66.41467262527671°E / 40.52483198334913; 66.41467262527671 G O
Turi suv ombori
Loyiha muallifi Abdullaxon II
Meʼmor Ahmadali otaliq
Qurilish boshlanishi 1582-yil
Balandligi 14,5 metr
Qurilish materiali slanets, maxsus qir qotishmasi
Map
Abdullaxon bandi xaritada

Abdullaxon Bandi — XVI-asrning 80-yillarida Buxoro hukmdori Abdullaxon II (1557—1598) qurdirgan qadimgi suv ombori. Bu inshoot qoldiqlari Navoiy viloyati Nurota tumanidan 65 km sharqda, Eski Oqchob qishlogʻi yaqinidagi Beklarsoy darasida hozirgacha saqlangan.

1582-yilning kuzida Abdullaxon Dashti Qipchoqdagi Bobo Sultonga qarshi jangdan qaytayotganda Oqchob darasida band qurdirishga buyruq beradi. Chunki bahorgi yogʻingarchilikdan soʻng bu yerda koʻp miqdorda suv toʻplanar, bu suvlardan hech foydalanilmasdi.  Oqchob darasi Nurota tizmasining Joʻsh qishlogʻiga yaqin yerda joylashgan. Oqchobda dehqonlar suv tanqisligidan aziyat chekkan va Abdullaxonga shikoyat qilgan edilar. Band qurishga nayman urugʻidan boʻlgan Ahmadali otaliq boshchilik qiladi[1] va bandda toʻplangan suv dehqonlar oʻrtasida boʻlib olinib, ekonlar sugʻoriladi.

Abdullaxon bandi Nurota togʻlaridagi joylashgan Eski Oqchob qishlogʻining Beklarsoy degan joyida qurilgan. Abdullaxon bandi inshooti toʻgʻrisida Hofiz Tanish Mirmuhammad al Buxoriyning „Abdullanoma“ va Mirzo Salimbekning „Tarixi Salimiy“ asarlarida soʻz boradi. Tarixchi Mirza Salimbek toʻgʻonni xarsang toshlardan qurilgani, uzunligi 500 qadamligi, baʼzi joylarida suv chiqib ketishi uchun quvurlar qoʻyilgani haqida yozgan. Ushbu quvurlardan oʻtganbsuvlar soy hosil qilib Nurota tomonga qarab oqqan.

Abdullaxon bandi birinchi marta 1957- va 1967-yillarda arxeolog Yahyo Gʻulomov tomonidan oʻrganilgan[2]. Obyektni tekshirish va oʻrganish ishlarida A.Muhammadjonov ham qatnashgan.

1957—1962-yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Tarix va Arxeologiya insituti Maxondaryo arxeolog otryadi tomonidan tekshirilgan. Abdullaxon bandining toʻgʻoni slanes toshlardan qurilib, tosh palaxsalari, suvga chidamli maxsus ganch qorishmasi — qir bilan biriktirilgan. Toʻgʻonning uzunligi asosida 73m, yuqorida 85m, balandligi 14, 5m, Abdullaxon bandi zinapoya shaklida qurilgan. Bunda suv bosimi hamda uning kuchli hisobga olingan holda toʻgʻon asosini qalinligi 15,3 m, ustki qismi 4,5 m, qilinib zinapoya shaklida qurilgan. Toʻgʻon oldida hosil boʻlgan suv taxminan 1,2 mln kubometr suv toʻplangan. Inshootdan quyida joylashgan Kamar, Oqchob, Oʻrganjiy, Ravot, Jilontamgali va Soykechar qishloqlari atrofi sugʻorilib obod etilgan[3]. Abdullaxon bandi suvning oqib chiqishi uchun kerakli inshootlar konplekti bilan taʼminlangan.

Dara toʻsilgan paytda, toʻgʻon oldida toʻplangan suvning sathi 15 metrga koʻtarilganda suv omborining uzunligi 1250—1500 metrga, kengligi esa 75—125 metrga yetgan. Shu vaqtda unga oʻrta hisobda 1,0—1,2 mln. m3 suv toʻplangan. Nurota hududida qurilgan bu toʻgʻon shayboniylar davridagi ulkan va ancha murakkab suv inshootlaridan biri boʻlgan. Bugungi kunda toʻgʻonning uchdan ikki qismi saqlanib qolgan, qachonlardir Beklarsoyining kuchli oqimi  uning uchdan bir qismini yuvib ketgan.

Toʻgʻon Markaziy Osiyo gidrotexnikasi uchun muhim bosqich boʻlib, 2008-yil 18-yanvarda Madaniy yoʻnalish boʻyicha YUNESKOning Butunjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan[4].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Hofiz Tanish Buxoriy. Abdullanoma. Toshkent Sharq 2000 — 109 bet. 
  2. A.Zamonov. Buxoro xonligi tarixi. Toshkent 2021 — 138 bet. ISBN 978-9943-6372-0-7. 
  3. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  4. „Abdulkhan Bandi Dam“. Qaraldi: 2023-yil 29-iyul.