Ansambl

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ansambl (frans. ensemble – birlik, uyg‘unlik, ohangdoshlik) – 1) me’morlikda – bir kenglik mujas-samotiga ega bir-biriga mos binolar, inshootlar majmui; 2) musiqada – a) ma’lum musiqa asarlarining bir necha ijrochilar tomonidan birgalikda ijro etilishi; b) sozanda va ashulachilarning kichikroq to‘dasiga mo‘ljallangan musiqa asari. Opera, oratoriya va kantatalarda ham A. bo‘ladi. Ijrochilar soniga qarab A.lar duet (2 kishi), trio yoki ter-set (3 kishi), kvartet (4 kishi), kvintet (5 kishi), sekstet (6 kishi), septet (7 kishi), oktet (8 kishi), nonet (9 kishi), va hokazolarga bo‘linadi; 3) teatr san’atida – dramaturg, rejissyor, rassom, kompozitor va aktyorlar ijodining uyg‘unligi. A sahna asari g‘oyasining mukammalroq ochilishiga xizmat qiladi va spektaklda uslub birligini yuzaga keltiradi. A. yaratish uchun har bir ijrochi boshqa ijrochilarning ham vazifalarini hisobga olishi, saxnada umumiy sur’at va ruhiyat muta-nosibligini o‘rnatishga harakat qilishi kerak. A ijoddosh aktyorlarning bir uyushmada uzoq vaqt ishlashi va bir ijo-diy maqsad bilan yashashi tufayli tarkib topadi; 4) amaliy san’atda – tusi bir xil, bichimi bir-biriga monand bo‘lgan kiyim-kechaklar majmui.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil