Hazrati Xizr masjidi
Masjid | |
![]() | |
Mamlakat | ![]() |
Shahar | Samarqand |
Maktab yoʻnalishi | sunniy |
Mulkdor | Oʻzbekiston musulmonlari idorasi |
Masjid turi | Jomeʼ-Masjid |
Meʼmoriy uslub | Islom meʼmorchiligi |
Holati | amaldagi |
Tarovih | ![]() |
Saharlik va iftorlik | ![]() |
![]() |
Hazrati Xizr masjidi — Samarqanddagi meʼmoriy yodgorlik (19-asr oʻrtalari); afsonaviy oʻlmas shaxs Hazrati Xizr nomi bilan bogʻliq. Bino Shohizinda J majmuasi qarshisidagi tepalikda joylashgan qad. masjid poydevori ustiga qurilgan (mehrobdagi yozuvga koʻra 1855 y.). Masjid xonaqoh, uning 2 yonida hujralar, qoʻshimcha xonalar, omborxona, minoradan iborat; keyinchalik binoga qoʻshimcha ayvon (1899), darvozaxona (1919) qurilgan. Bosh tarzidagi’ tik zinapoyadan darvozaxonaga chiqiladi, undan uncha katta boʻlmagan xonaga kiriladi. Darvoza peshtoqgumbazli, peshtoqning 2 burchagiga qubbasi qovurgʻali guldasta-minoralar ishlangan; peshtoqning chap tomonida ravoqli, oʻymakori bezatilgan 5 ta yogʻoch ustunli peshayvon jozibador naqshlar bilan serhasham bezatilgan, qirma usulidagi ganch bezaklar mahorat bilan ishlangan. Peshayvondan baland gumbaz bilan yopilgan xonaqohga utiladi. Tashqarisi piltavor gumbaz 8 qirrali poygumbazga oʻrnatilgan, oraligʻi muqarnaslar bilan ziynatlangan. Peshtoq hamda qafasali minora koshinkori bezatilgan, peshtoq poy-gumbaziga ravoqli darchalar ishlangan. Bino 20-asr 90-yillarida qayta taʼmirlandi.[1][2]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
|
![]() |