Firqa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Firqa (arab. — guruh, toʻda) — islomiy eʼtiqodga doir bir yoki bir necha masala yuzasidan maxsus fikrga ega boʻlgan kishilar guruhi; maktab, jamoa. Muhammad (sav) tomonidan musulmonlar jamoasi 73 (yoki 72) F.ga boʻlinib ketadi, deb bashorat kilingan. Musulmon tarixchilari diniysiyosiy guruxlar, ilohiyot maktablari, jamoa va boshqa oʻrtasida qatʼiy chegara qoʻymay, F.ni musulmonlar jamoasi boʻlinadigan birliklardan birini anglatuvchi tushuncha maʼnosida qoʻllaganlar. Eski oʻzbek tilida "partiya" soʻzi oʻrnida ham ishlatilgan.