Oq ota jome masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Oq ota jome masjidi
Oq ota
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Toshkent
Tuman Boʻstonliq
Manzil Qoramanas qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Bobur mahalla fuqarolar yigʻini
Yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Binokorlik 2021-yil 24-fevral2023-yil 3-fevral
Soʻngi imom Faxriddin domla Mirzayev
Gumbazlar soni 1
Balandligi 18-20
Minoralar soni 1
Qurilish materiali gʻisht, beton, marmar
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Kutubxona

Oq ota jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumanida joylashgan boʻlib, tumanning masjid va madrasalar tarkibiga kiradi[1].

Joylashuvi va faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oq ota jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Boʻstonliq tumani, Qoramanas qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Bobur mahalla fuqarolar yigʻinida joylashgan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oq ota jome masjidi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatdan 1998-yil 9-avgust kuni oʻtkazlib, uning ustavi Toshkent viloyat adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan. Jome masjid Toshkent viloyatining bosh imom-xatibi Jasurbek domla Raupov ishtirokida 2021-yil 24-fevral kuni Boʻstonliq tumanida joylashgan Qoramanas qishloq fuqarolar yigʻini hududida yangi binosining qurilish ishlari boshlandi. 2023-yil 3-fevral qutlugʻ juma kuni ushbu jome masjidni yangi binosining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbirda Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Jasurbek domla Raupov, mahalla faollari, tuman imomlari, nuroniy otaxonlar, mahalliy aholi vakillari, homiylar va saxovatpesha insonlar qatnashdilar. – Yangi masjidimizga ikki yil oldin ilk gʻisht qoʻyilgan edi, – deydi „Oq ota“ jome masjidi imom-xatibi boʻlgan Faxriddin domla Mirzayev. – Bugun bu jome moʻmin-musulmonlar ixtiyoriga topshirildi. Masjid xonaqohi 600 oʻrinli, gumbazi balandligi 18–20 metr. Oʻn oʻrinli zamonaviy tahoratxonada barcha namozxonlar uchun sharoitlar yaratilgan. Imom-xatib xonasi, majlislar zali ham juda goʻzal tarzda barpo etildi[2]. Yangi jome masjid zamon talablari asosida qurilgan boʻlib, yaratilgan imkoniyatdan namozxonlar toʻlaqonli foydalanishlari mumkin.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „ОҚ ОТА ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. Qaraldi: 3-dekabr 2023-yil.
  2. „“Оқ ота” масжиди очилди“. www.vaqf.uz. Qaraldi: 3-dekabr 2023-yil.