Fayzulloxon boy jome masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Fayzulloxon boy jome masjidi
Fayzulloxon boy
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Toshkent
Tuman Parkent
Manzil Chinor qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Obod koʻchasi
Yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Soʻngi imom Imomboy domla Xusniddinov
Gumbazlar soni 1
Minoralar soni 1
Qurilish materiali gʻisht, beton, marmar
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Kutubxona

Fayzulloxon boy jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Parkent tumanida joylashgan boʻlib, tumanning masjid va madrasalar tarkibiga kiradi[1].

Joylashuvi va faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fayzulloxon boy jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Parkent tumani, Chinor qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Obod koʻchasida joylashgan[2]. Tuman hokimligi tomonidan jome masjid uchun 0.64 gektar joyda 650 kishiga yaqin boʻlgan namozxonlarga moʻljallangan bino, xonaqoh, tahoratxona, avtoturargoh, ziyoratchilar uchun maxsus alohida xonalar barpo etilgan. Mazkur masjidga Chinor qishloq fuqarolar yigʻini, Obod mahalla fuqarolar yigʻini, Usmon Nosir mahalla fuqarolar yigʻini, Chinor mahalla fuqarolar yigʻini, Mehnat mahalla fuqarolar yigʻini, Temur Malik mahalla fuqarolar yigʻini, Dehqonobod mahalla fuqarolar yigʻini, Fayzullox mahalla fuqarolar yigʻini, Maʼrifat mahalla fuqarolar yigʻini, Koʻrkamlik mahalla fuqarolar yigʻini, Gavhar mahalla fuqarolar yigʻini, Baraka mahalla fuqarolar yigʻini, Tinchlikparvar mahalla fuqarolar yigʻini, Fayzulla ota mahalla fuqarolar yigʻini, Qumqoʻrgʻon mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchilar tashrif buyurishadi. Ushbu jome masjidning bosh imom-xatibi Imomboy domla Xusniddinov hisoblanadi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fayzulloxon boy jome masjidi qachon va kim tomonidan asos solinganligi haqida deyarli maʼlumotlar yetarli emas. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatdan 1999-yil 14-avgust kuni oʻtkazlib, uning ustavi Toshkent viloyat adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan. Bugungi kunga kelib jome masjid binosi bir necha marotoba qayta remont qilingan, hamda, bu taʼmirlash ishlarida mahalla faollari va homiylar koʻmagida amalga oshirildi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „ФАЙЗУЛЛОХОН БОЙ ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. Qaraldi: 30-noyabr 2023-yil.
  2. „Fayzulloxon boy jome’ masjidi“. mapcarta.com. Qaraldi: 4-dekabr 2023-yil.