Andalus masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Andalus masjidi
Andalus
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Toshkent
Tuman Zangiota
Yoʻnalishi sunniy
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Binokorlik 8.09.2021—2022
Soʻngi imom Mirzohid domla Mirjalilov[1]
Minoralar soni 1
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Kutubxona

Andalus masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyatida joylashgan[1][2]. Maskur masjid Vazirlar mahkamasi tasarrufida hisoblanib, Musulmonlar idorasi va Toshkent viloyati Musulmonlar boshqarmasi tomonidan faoliyat yuritadi.

Joylashuvi va faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Andalus jome masjidi Toshkent viloyati, Zangiota tumani tarkibidagi Tarnov shaharchasi Oxunboboyev mahalla fuqarolar yigʻini, Abdurahmon Jomiy koʻchasida joylashgan[2][3]. Maskur masjiga har kunlik 5 mahal namoz ibodatlarini ado qilish uchun Zangiota tumanining turli joylaridan musulmon insonlar tashrif buyurishadi. Shu jumladan, Oxunboboyev mahalla fuqarolar yigʻini, Abdurahmon Jomiy koʻchasi, Toshkent koʻchasi, Gulobod koʻchasi, Maktab koʻchasi, Toxinur koʻchasi, Gul saroy koʻchasi, Turkiston shox koʻchasi, Turkiston koʻchalari, Tarnov koʻchasi, Shodlik koʻchalari, Tokzor koʻchasi, Ramazon koʻchasi, Shifokorlar koʻchasi, Koʻrkam koʻchasidan istiqomat qiluvchi mahalliy aholi vakillari tashrif buyurishadi. Shuningdek, Zangiota tumanining shaharga tutashgan aholi punktlari va yoʻlovchilar, mehmonlar va sayohatchilar Ramazon va Qurbon hayit namozlarida va Juma namozlari vaqtlarida tashrif buyurishadi. Ushbu jomeʼ-masjidda kunlik besh vaqt namoz oʻqilishi uchun zarur barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Andalus jome masjidining aniq qachon tashkil etilganligi haqida toʻliq va ishonchli manbalar mavjud emas. Jome masjid 30-noyabr 1998-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan diniy tashkilot sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgan[3]. Masjidning yangi binosi yaqin yillarda qurilgan boʻib, oʻz zamonasining koʻrkam inshotlaridan qolishmaydi, hamda, namozxonlar uchun sharoitlar yetarli.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „АНДАЛУС ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. masjid.uz. Qaraldi: 26-noyabr 2023-yil.
  2. 2,0 2,1 „"АHДАЛУС" ЖОМЕЪ МАСЖИДИ“. statsnet.co. statsnet.co. Qaraldi: 26-noyabr 2023-yil.
  3. 3,0 3,1 „Tashkilot haqida“. uzorg.info. uzorg.info. Qaraldi: 25-noyabr 2023-yil.