Chilqori jome masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Chilqori jome masjidi
Chilqori
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Toshkent
Tuman Ohangaron
Yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Binokorlik 20202022
Soʻngi imom Orifjon domla Xusenov
Gumbazlar soni 1
Qurilish materiali gʻisht, beton, marmar
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Kutubxona

Chilqori jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Ohangaron tumanida joylashgan boʻlib, tumanning masjid va madrasalar tarkibiga kiradi[1].

Joylashuvi va faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chilqori jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Ohangaron tumani, Telov nomli qishlogʻiga qarashli koʻchasida joylashgan[2]. Mazkur masjidning bosh imom-xatibi Orifjon domla Xusenov koʻp yillar davomida ushbu masjidga bosh imom-xatiblik qilib kelgan. Ushbu masjid Ohangaron tumanining chetki hududida joylashgan. Mazkur masjidga Telov nomli qishloq fuqarolar yigʻinida yashovchi namozxonlar namoz ibodatini ado etish uchun tashrif buyurishadi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chilqori jome masjidi qachon va kim tomonidan barpo etilganligi haqida hozircha yetarli manbalar mavjud emas. Jome masjid Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatdan oʻtkazlib, uning ustavi Toshkent viloyat adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan. 2022-yil 15-aprel kuni Ohangaron tumanida joylashgan „Chilqori“ jome masjidining yangi binosini ochilishi marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbir, Qur’oni karimning goʻzal tilovati bilan boshlandi. Ochilish marosimida Toshkent viloyati hokimligining mutasaddilari, Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Jasurbek domla Raupov, hamda, imom-domlalar, mahalla faollari, homiylar va saxovatpesha insonlar, jome qavmi qatnashishdi. 2020-yil qurilishi boshlangan masjidning yangi binosi bir vaqtning oʻzida bagʻriga 700 kishidan ortiq namozxonlarni sigʻdira oladi. Zamonaviy masjidgda barcha sharoitga ega boʻlgan tahoratxona ham qurilgan. Bu yerda ayni bir vaqtda 20 kishi foydalanishi mumkin. Umumiy yer maydoni 73 gektar boʻlgan masjid kutubxona, mevazor, bogʻi, imom-xatib xonasi, qarovulxonadan tuzilgan. Namozxonlarga qulaylik yaratish maqsadida masjidga turli tomonlariga uchta darvozi oʻrnatilgan[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „ЧИЛҚОРИ ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. masjid.uz. Qaraldi: 28-noyabr 2023-yil.
  2. „Chilqori jome’ masjidi“. mapcarta.com. Qaraldi: 28-noyabr 2023-yil.
  3. „Хушхабар: «ЧИЛҚОРИ» МАСЖИДИ ОЧИЛДИ“. fitrat.uz. Qaraldi: 28-noyabr 2023-yil.