Novdak masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Novdak jome masjidi
Novdak
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Toshkent
Tuman Parkent
Manzil Beshqizilsoy qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Novdak mahalla fuqarolar yigʻini Beshqizilsoy koʻchasi
Yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Soʻngi imom Abduhamidxoʻja domla Dadayev
Qurilish materiali gʻisht, beton, marmar
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Kutubxona

Novdak jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Parkent tumanida joylashgan boʻlib, tumanning masjid va madrasalar tarkibiga kiradi[1].

Joylashuvi va faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Novdak jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Parkent tumani, Beshqizilsoy qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Novdak mahalla fuqarolar yigʻini Beshqizilsoy koʻchasida joylashgan[2][3]. Ushbu jome masjid 1 gektar hududda joylashgan boʻlib 1500 kishiga yaqin boʻlgan namozxonlarga moʻljallangan xonaqoh, tahoratxona, avtoturargoh, ziyoratchilar uchun maxsus alohida xonalar barpo etilgan. Mazkur masjidga Beshqizilsoy qishloq fuqarolar yigʻini, Novdak mahalla fuqarolar yigʻini, Nomdanak mahalla fuqarolar yigʻini, Ustalar mahalla fuqarolar yigʻini, Nurafshon mahalla fuqarolar yigʻini, Beshterak mahalla fuqarolar yigʻini, Ramazon mahalla fuqarolar yigʻini, Saxoba mahalla fuqarolar yigʻini, Birlik mahalla fuqarolar yigʻini, Alisher Navoiy mahalla fuqarolar yigʻini, Gulobod mahalla fuqarolar yigʻini, Polvonov mahalla fuqarolar yigʻini, Karim buva mahalla fuqarolar yigʻini, Anorzor mahalla fuqarolar yigʻini, Arslon ota mahalla fuqarolar yigʻini, Boʻston mahalla fuqarolar yigʻini, Sh. Rashidov mahalla fuqarolar yigʻini, Bobur mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchilar tashrif buyurishadi. Ushbu jome masjidning bosh imom-xatibi Abduhamidxoʻja domla Dadayev hisoblanadi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatdan 1998-yil 11-dekabr kuni oʻtkazlib, uning ustavi Toshkent viloyat adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan. Mazkur masjid 2019-yilda mahalliy aholi vakillari, hamda, homiylar tomonidan qayta taʼrlandi. Yangi masjid binosi islom meʼmorchiligi asosida bezatilgan boʻlib, devorlariga turli arab tilida oyat va suralar bitilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „НОВДАК ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. Qaraldi: 30-noyabr 2023-yil.
  2. „"НОВДАК" ЖОМЕЪ МАСЖИДИ“. statsnet.co. Qaraldi: 30-noyabr 2023-yil.
  3. „"Новдак" Жомеъ масжиди“. uzorg.info. Qaraldi: 30-noyabr 2023-yil.