Eshon xoʻja ota masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Eshon xoʻja ota masjidi
Eshon xoʻja ota
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Toshkent
Tuman Zangiota
Yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Qurilish materiali gʻisht, beton, marmar
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Kutubxona

Eshon xoʻja ota masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Zangiota tumanida joylashgan boʻlib, tuman masjid va madrasalar tarkibiga kiradi[1].

Joylashuvi va faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Eshon xoʻja ota masjidi Toshkent viloyati hududidagi Zangiota tumani, Xasanboy nomli qishloq fuqarolar yigʻini, Ismatullayev koʻchasida joylashgan[2]. Mazkur masjidning bosh imom-xatibi Bexzod domla Usmonov boʻlib, ushbu masjidga Xasanboy nomli qishloq fuqarolar yigʻini, Ismatullayev koʻchasida istiqomat qiluvchi mahalliy aholilar, hamda, unga yaqin boʻlgan hududlardan, jumladan, Yuqori Hasanboy koʻchasi, Bogʻi zilol koʻchasi, Maktab koʻchasi, Kensay mahalla fuqarolar yigʻini, Davr koʻchasi, Bogʻdorchilik koʻchasi, Qoʻrgʻoncha koʻchasi, Binafsha koʻchasi, Qoʻshterak koʻchasi, Izzat obod mahalla fuqarolar yigʻini, Shifoxona koʻchasi va boshqa koʻchalardan tashrif buyurishib, namoz ibotanini ado etishadi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Eshon xoʻja ota jome masjidi qachon barpo etilganligi haqida aniq va yetarli maʼlumotlar mavjud emas. Mazkur masjid turli yillar davomida, bir necha marotoba qayta bunyod etilgan. Masjidga mahalliy aholi vakillari va Toshkent viloyati musulmonlar idorasi tomonidan nomi berilgan. Ushbu masjid joylashgan hudud oldingi yillarda Toshkent tumaniga qarashli boʻlgan. Masjid binosi bir necha yillar oldin mahalliy aholining hashar yoʻli bilan, shuningdek, homiylar, ulamolar, mahalla faollari, tadbirkorlar tomonidan qaytadan barpo etilgan va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatdan oʻtib, uning ustavi Toshkent viloyat adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „ЭШОН ХЎЖА ОТА ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. masjid.uz. Qaraldi: 28-noyabr 2023-yil.
  2. „"ЭШОНХУЖА ОТА" МАСЖИДИ“. statsnet.co. statsnet.co. Qaraldi: 28-noyabr 2023-yil.