Rahbar ota Akbar oʻgʻli masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Rahbar ota Akbar oʻgʻli masjidi
Rahbar ota Akbar oʻgʻli
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Toshkent
Tuman Zangiota
Yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Soʻngi imom Muhammad domla Rahmanov
Qurilish materiali gʻisht, beton, marmar
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Kutubxona

Rahbar ota Akbar oʻgʻli masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Zangiota tumanida joylashgan boʻlib, tuman masjid va madrasalar tarkibiga kiradi[1].

Joylashuvi va faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rahbar ota Akbar oʻgʻli masjidi Toshkent viloyati hududidagi Zangiota tumani, Yunusobod nomli qishloq fuqarolar yigʻini, M. Abdullayev koʻchasida joylashgan[2]. Mazkur masjidning bosh imom-xatibi Muhammad domla Rahmanov boʻlib, ushbu masjidga Yunusobod nomli qishloq fuqarolar yigʻini, Yunusobod mahallasi, M. Abdullayev koʻchasida istiqomat qiluvchi mahalliy aholilar, hamda, unga yaqin boʻlgan mahalla fuqarolari yigʻinidan, jumladan, Darxon koʻchasi, Beshqoʻrgʻon koʻchasi, Guliston koʻchasi, Gulzor koʻchasi, Mevazor koʻchasi, M. Mirzahmedova koʻchasi, Sabzavot koʻchasi, Xasanboy koʻchasi, Avliyo ota mahalla fuqarolar yigʻini, Karvon koʻchasi, Osiyo koʻchasi, Noksor koʻchasi, Chorvador koʻchasi, Sihatgoh koʻchasi, Xavaskor koʻchasi, Tantana koʻchasi, Ilgʻor koʻchasi, Naqqoshkoʻchasi, Abdulloh koʻchasi, Jobir uyi koʻchasidan tashrif buyurishib, namoz ibotanini ado etishadi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rahbar ota Akbar oʻgʻli jome masjidi qachon barpo etilganligi haqida aniq va yetarli maʼlumotlar mavjud emas. Ushbu masjid joylashgan hudud oldin Toshkent tumaniga qarashli boʻlgan. Masjid binosi bir necha yillar oldin mahalliy aholining hashar yoʻli bilan, shuningdek, homiylar, ulamolar, mahalla faollari, tadbirkorlar tomonidan qaytadan barpo etilgan va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 1998-yil 16-dekabr kuni roʻyxatdan oʻtib, uning ustavi Toshkent viloyat adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „РАХБАР ОТА АКБАР ЎҒЛИ ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. masjid.uz. Qaraldi: 28-noyabr 2023-yil.
  2. „"РАХБАР ОТА АКБАР УГЛИ" масжиди“. statsnet.co. Qaraldi: 28-noyabr 2023-yil.
  3. „"РАХБАР ОТА АКБАР УГЛИ" масжиди“. orginfo.uz. Qaraldi: 28-noyabr 2023-yil.