Abduqohhor Mahsum jome masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Abduqohhor Mahsum jome masjidi
Abduqohhor Mahsum
Abduqohhor Mahsum jome masjidining tashqi ko'rinishi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Toshkent
Tuman Ohangaron
Yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Soʻngi imom Bayotjon domla Ortiqbayev
Umumiy maydoni 0.5 gektar
Gumbazlar soni 1
Qurilish materiali gʻisht, beton, marmar
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Kutubxona

Abduqohhor Mahsum jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Ohangaron tumanida joylashgan boʻlib, tuman masjid va madrasalar tarkibiga kiradi[1].

Joylashuvi va faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Masjidning ichki tasviri

Abduqohhor Mahsum jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Ohangaron tumani, Quyun nomli qishloq fuqarolar yigʻini, Qora xitoy koʻchasida joylashgan. Mazkur masjidning bosh imom-xatibi Bayotjon domla Ortiqbayev boʻlib, masjidga kelgan mahalliy aholi vakillari, yoʻlovchilar, ziyoratchilar bilan diniy suxbatlashib turadi. Jome masjid 2500 kishidan ziyod boʻlgan namozxonlarga moʻljallangan boʻlib, xonaqoh, tahoratxona, maʼmuriy xonalar, avtoturargoh, ayollar uchun tahoratxona va namozxona hamda yosh goʻdaklik onalar uchun maxsus alohida xonalar barpo etildi. Jome masjidga Yuqori quyun koʻchasi, Oʻrta quyun koʻchasi, Pastki quyun koʻchasi, Yuksalish mahalla fuqarolar yigʻini, Yangi bay mahalla fuqarolar yigʻini, Obiz mahalla fuqarolar yigʻini, Kamar koʻchasi, Qoʻrgʻon-Shamat mahalla fuqarolar yigʻini, Chambil qishlogʻi, Toshqishloq mahallasi, Jaloir mahallasi, Yordam mahallasi, Yangiobod koʻchasi, Sadoqat koʻchasi, Shodiyona koʻchasi, Alpomish koʻchasi, Choʻlqon koʻchasi, Piskent koʻchasi, Zulfiya Qoʻshboy qizi, Buyuk ipak yoʻli mahallasi, Turkiston koʻchasi, Ahmad Yassaviy koʻchasi, Sharof Rashidov shox koʻchasida yashovchi aholi vakillari namoz ibodatini ado qilish maqsadida tashrif buyurishadi[2].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abduqohhor Mahsum jome masjidi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatdan oʻtib, uning ustavi Toshkent viloyat adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „АБДУҚОХХОР МАҲСУМ ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. masjid.uz. Qaraldi: 28-noyabr 2023-yil.
  2. „Abduqoxxor Mahsum jome’ masjidi“. mapcarta.com. Qaraldi: 28-noyabr 2023-yil.