Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Samarqand viloyati — Oʻzbekiston Respublikasi viloyat laridan biri hisoblanadi. U 1938-yil 15-yanvar da tashkil topgan. Ushbu viloyat respublika hudud ining markaz iy qismida, Zarafshon daryo sining oʻrta oqimi havza sida joylashgan. Uning chegaralari gʻarb va shimol i-gʻarb da Navoiy viloyati , shimol va shimol i-sharq da Jizzax va janub da Qashqadaryo viloyat lari, janub i-sharq da Tojikiston bilan tutash.
Viloyatning markaziy qismi goʻzal voha dan iborat boʻlib, bu voha uncha keng boʻlmay sharq dan-gʻarb ga tomon Zarafshon va Turkiston togʻ tizmalar i orasini egallagan. Viloyatning asosiy sugʻoriladigan yerlari xuddi ana shu maydonlarni egallagan.
Aholi soni 2022-yil holatiga koʻra, 4 mln 077 ming 400 kishi. Bu jihatidan Samarqand viloyati respublika da birinchi oʻrinda va respublika aholisining 11.4 foizini tashkil etadi. Viloyat hudud i 16,88 ming km². Samarqand viloyati qishloq tuman lari soni boʻyicha Qoraqolpogʻiston Respublikasi va viloyat lar orasida birinchi oʻrinni egalaydi. Bu viloyat da bunday tuman lar soni 16 ta. Ular quyidagilar: Bulungʻur , Jomboy , Ishtixon , Kattaqoʻrgʻon , Narpay , Nurobod , Oqdaryo , Payariq , Past Dargʻom , Paxtachi , Samarqand , Toyloq , Urgut va Qoʻshrabot tuman lari. Shahar lar soni 2 ta, bular Samarqand va Kattaqoʻrgʻon .
Koʻhna, noyob tarixiy obidalar ga boy boʻlgan Samarqand shahri viloyat ning markaziy shahri boʻlib, u 1924—1930-yillarda Oʻzbekiston poytaxt i vazifasini bajargan.
Viloyat huquqiga ega shahar Respublika Viloyatlar Fargʻona viloyatiga qarashli eksklavlar