Goʻzal masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Goʻzal masjidi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Toshkent
Mahalla Goʻzal
Tuman Yashnobod
Manzil Sokin koʻchasi[1] 50-uy[2]
Yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Oʻzbekiston Musulmonlar idorasi
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Binokorlik tashabbuschilari mahalliy aholi
Binokorlik 1997-yil—1998-yil
2022-yil—2023-yil
Maqomi Ishlaydi
Gumbazlar soni 4
Qurilish materiali Gʻisht, marmar, yogʻoch, temir
Holati Faoliyat yuritmoqda
Tarovih
Saharlik va iftorlik

Koordinatalari: 41°N 69°E / 41°N 69°E / 41; 69 G O

Goʻzal masjidi — Toshkent shahri Yashnobod tumani Goʻzal mahallasi joylashgan jomeʼ masjidi. Masjidning yangi qurilayotgan binosi ushbu hududdagi yirik masjid bo'lishi kutilmoqda[3]. 2013-yil 27-may sanasida Toshkent shahar adliya boʻlimi tomonidan diniy tashkilot sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgan[2].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sobiq ittifoq davrida ushbu mahalla hududida masjid boʻlmagan. Yoshi ulugʻ keksalar mahalla choyxonasining bitta xonasida namoz oʻqib kelishgan. Hayit namozlarini ham boshqa uzoqroq mahallalardagi masjidlarga borib oʻqishgan. 1997-yili mahalla faollari Qulmuhammad Mirzajonov va mahalla oqsoqoli Qozoqboy ota tashabbusi bilan hashar uyushtirilib, mahallaning yangi masjidi qurilgan. 1998-yil 12-noyabrda esa Toshkent viloyati Adliya boshqarmasidan roʻyxatdan oʻtkazilgan. Mahalla hududi 2011-yilda Toshkent viloyati Zangiota tumanidan Toshkent shahar Hamza tumaniga (hozirgi Yashnobod tumani) oʻtganligi sababli 2013-yil 27-mayda № 07/13/152-son bilan Toshkent shahar Adliya boshqarmasidan qaytadan roʻyxatdan oʻtkaziladi. Masjid tahoratxonasining binosi taʼmirga muhtoj holga kelganligi bois 2007-yili yangi tahoratxona binosi qurilgan. 2008-yili masjid xonaqohining chap tomonidan yozgi ochiq ayvon qurildi[4].

Joylashuvi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Masjid Toshkent avtomobil halqa yoʻli „Iltifot“ bekatidan Sokin koʻchasiga 200 metr masofada mahallaning janubiy qismida joylashgan[4][1].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 [https://geodzen.com/uz/tashkent/sokin „улица Сокин Ташкент“]. Qaraldi: 2023-yil 25-yanvar.
  2. 2,0 2,1 „Информация о компании“ (ru). Qaraldi: 28-mart.
  3. „Гўзал жоме масжиди“ (uz). masjid.uz. Qaraldi: 2023-yil 25-yanvar.
  4. 4,0 4,1 „«Гўзал» жоме масжиди“ (uz). 2023-yil 25-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.