Chimildiq ota jome masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Chimildiq ota jome masjidi
Chimildiq ota
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Toshkent
Tuman Boʻka
Manzil Turon qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Xoʻja qoʻrgʻon mahalla fuqarolar yigʻini Chimboy koʻchasi
Yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Soʻngi imom Ismoiljon domla Mardonov
Qurilish materiali gʻisht, beton, marmar
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Kutubxona

Chimildiq ota jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid. Toshkent viloyati, Boʻka tumanida joylashgan boʻlib, tumanning masjid va madrasalar tarkibiga kirad[1].

Joylashuvi va faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chimildiq ota jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Boʻka tumani, Turon qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Xoʻja qoʻrgʻon mahalla fuqarolar yigʻini Chimboy koʻchasida joylashgan[2]. Tuman hokimligi tomonidan jome masjid uchun 0.40 gektar joyda 5500 kishiga yaqin boʻlgan namozxonlarga moʻljallangan bino, xonaqoh, tahoratxona, avtoturargoh, ziyoratchilar uchun maxsus alohida xonalar barpo etilgan. Mazkur masjidga Turon qishloq fuqarolar yigʻini, Xoʻja qoʻrgʻon mahalla fuqarolar yigʻini, Amir Temur mahalla fuqarolar yigʻini, Olmaliq mahalla fuqarolar yigʻini, Sirli diyor mahalla fuqarolar yigʻini, Gulobod mahalla fuqarolar yigʻini, Anorzor mahalla fuqarolar yigʻini, U. Yoqubov mahalla fuqarolar yigʻini, Azim Diyor mahalla fuqarolar yigʻini, Soxibkorlar mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchilar tashrif buyurishadi. Ushbu jome masjidning bosh imom-xatibi Ismoiljon domla Mardonov hisoblanadi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chimildiq ota jome masjidi qachon va kim tomonidan asos solinganligi haqida deyarli maʼlumotlar yetarli emas. Mustaqillik yillarining dastlabki paytlarida mahalliy aholining faollari, nuroniylar, homiylar tashabbusi bilan jome masjid binosi qayta remont qilindi va namozxonlarga havola qilindi. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatdan 1998-yil 23-oktabr kuni oʻtkazlib, uning ustavi Toshkent viloyat adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Бўка тумани масжидлари“. masjid.uz. Qaraldi: 30-noyabr 2023-yil.
  2. „Chimildiq ota jome masjidi“. uzorg.info. Qaraldi: 30-noyabr 2023-yil.