Meʼmorlik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Meʼmorlik, arxitektura — foydalanishdagi maqsad va vazifalar, zamonaviy texnik imkoniyatlar va jamiyatning estetik karashlaridan kelib chiqib bino va inshootlarni loyihalash va qurish sanʼati. Meʼmor inson hayoti va faoliyati uchun zarur fazoviy muhitni tafakkur kuchi bilan avval ijodiy loyihada rejalab, uni amalda yuksak did va mahorat bilan bunyod etadi. M. asarlari qatoriga turli-tuman binolar, uyjoylar, meʼmoriy majmualar, maydonlar, shaharlar, ulardagi monu-mentlar, usti ochiq va yopiq inshootlar kiradi. Aholi yashaydigan manzillar — qishloq, shahar va shaharchalarni rejalab tashkil etish bilan M.ning jamlovchi, eng murakkab sohasi — shaharsozlik shugʻullanadi. Tabiat manzaralari bilan bogʻliq muhitni bunyod etish, bogʻlar yaratish sohasi bogʻsozlik (bogʻ-park) sanʼatidir.

M. asari amaliy xizmati, vazifasidan tashqari maʼlum gʻoyaviybadiiy mazmunni, oʻz davrini ifodalovchi meʼmoriy qiyofa — obrazni mujassam etadi, moddiy madaniyatning eng ma-hobatli va eng koʻp harajatli, tarkibiy qismini tashkil qiladi; ayni vaqtda mahobatli sanʼat sifatida namoyon boʻladi. M. boshqa turli xil sanʼat namunalarini (haykaltaroshlik, oʻymakorlik, ganchkorlik kabi) oʻzida’ mujassam etishi bilan sanʼatlar onasiga, fazoviy shakllar oʻzaro mutanosib, hamohang boʻlishini nazarda tutib meʼmoriy kadimiyat yodgorliklari toshda qotib qolgan musiqaga oʻxshatiladi. Binoning mustahkam, inson uchun kerak va goʻzal boʻlishi M.ning ilk taraqqiyoti davridan hozirgacha asosiy omili hisoblanadi. Qad. dunyo tarixida mashhur boʻlgan yetti moʻʼjizatpk hammasi inson dahosi bilan yaratilgan meʼmoriy sanʼat asarlari boʻlgani bejiz emas.

Oʻtmish davru davronlar toʻfonida juda koʻp mahobatli binolar nomnishonsiz toʻzib ketgan. Lekin asrlar osha yetib kelgan buyuk meʼmoriy meros yodgorliklari zamirida M.ning yuksalish samara va marralarini kuzatish mumkin. Ayniqsa, moddiytexnika imkoniyatlari kengayishi, badiiy tarixiy tajriba ortishi natijasida M.ning uslubiy oʻzgarishlari paydo boʻldi. Qad. Sharq va Misrda M.ning hali tarix bilmagan, odamlarni hayratda qoldiradigan mahobatli ehrom (piramida), zikkurat kabi ilohiy mafkura bilan bogʻliqulkan inshootlari qad. koʻtardi. Hozir ham Misr exromlarini hayrat bilan ziyorat etadilar. Yunonistonda bunyod etilgan antik, klassik davrlar uslubida (mil. av. 7-a.), oʻrta asrlar Yevropa meʼmorligidagi roman (10—12-a.lar), gotika (12—15-a.lar) uslublarida ulkan binolar, xususan, ibodatxonalar bunyod etildi. Afina Akropoli tepasidagi mahobatli Parfenon, doriy kolonnalari qatori, ajoyib re-lyefli haykallari bilan hozirgacha klassik M.ning mashhur ramziga aylangan maktab, teatr, stadion, ibodatxona kabi yangi taqliddagi binolar qurildi. Gotika uslubiga xos choʻziq ravoklar, nayzasimon shakllardagi bezaklar Gʻarbiy Yevropa shaharlarining muqaddas ziyoratgohlariga aylangan. Reymsdagi Notr-Dam sobori (Fransiya, 13—14-a.lar) Uygʻonish davri — Renessans (15-a. oxiri — 16-a. boshlari) uslubi asosini qad. davr klassik meʼmorligi shaklu-shamoyilini yangi davr talab va im-koniyatlari zamini bilan bogʻlab qayta tiklash va rivojlantirish mahsulidir.

Klassik orderlar — ustunlar tizimi asosida keng koʻlamda murakkab meʼmoriy ansambllar, majmualar, katta shaharlar bunyod etildi. Klassik M. qonunqoidalari yangi zamon sharoitida noyob va nafis kompozitsiyalar yaratish im-koniyatiga keng yoʻl ochib berdi.

Oʻrta asrlar meʼmorligida 16-a. urtalaridan boshlab barokko uslubi keng tarqaldi. Binolar har jihatdan bezakdor boʻlishiga alohida eʼtibor berildi. Keyinroq (17—19-a.lar) hashamatli bezaklardan qaytib, yangi davr uslubini topish izlanishlari yaxshi natija berdi. Klassik va Renessans meʼmorligi tamoyillari erishgan yutuklaridan ijodiy foydalanish natijasida klassitsizm uslubi paydo boʻldi. Ayniqsa, Gʻarbiy Yevropa shaharlarida klassitsizm ruhidagi ajoyib meʼmoriy ansambllar yaratildi. 19-a.ning 1-yarmi va 20~a.ning boshlarida sanoatning rivojlanishi yangi tipdagi meʼmoriy inshootlar qurilishiga olib keldi. Fka, zavod, elektrostansiya, vokzal, elevator kabi sanoat binolari paydo boʻldi. Ayniqsa, metall, temir-beton konstruksiyalari va b. yangi qurilish materiallari (maxsus oyna, plastmassa va b.) M. imkoniyati ufqlarini baland koʻtardi, uslubiy izlanishlar ajoyib natijalar berdi. Qurilish maydoniga nihoyatda qudratli texnika va industriya kirib keldi. Bu esa osmonoʻpar baland, koʻp qavatli binolar tiklash imkonini yaratdi. Binolar standart va takrorlanuvchi (tipovoy) qismlar asosida yigʻilib, ni-hoyatda tez fursatda kurila boshladi. Yangi material, texnika, yangi talab va imkoniyatlar M.da yangi oqimlarni tez yuzaga chiqardi. Funksionistlar (AK.Sh da F. Rayt va b.) binoning goʻzalligi, uning shakli va funksiyasining uzviyligi, konstruksiyaning nafis, materiallarini tabiiy boʻlishiga bogʻliq deb taʼkidlasalar, boshqa bir guruh meʼmorlar (Germaniyada V. Gropius va b., "Bauxauz" ijodiy markazi) umuman yangi zamon meʼmorligida bezakdorlikka oʻrin yoʻq, deb eʼlon qilishdi. Qurilish texnikasi yutuq va imkoniyatlariga koʻproq eʼtibor berib, M.ning gʻoyaviybadiiy, hatto goʻzallik sifatlarini inkor etish holatlari natijasida konstruktivizm oqimi paydo boʻldi. Ijodiy okimning koʻpligi M. obʼyektlari koʻrinishida oʻz ifodasini topdi. Keyingi yarim asr davomida dunyoning har tomonida ham shaharsozlik sanʼati misli koʻrilmagan miqyosda oʻsib ketdi, ajoyib, goʻzal, zamonaviy shaharlar tarixan qisqa muddatda bunyod topmoqda. Hoz. zamon M.gida ilgari tarix bilmagan badiiy xususiyatlar sezilmoqda, yaʼni meʼmoriy sanʼatda chegara bilmas baynalmilal ruh va shaklushamoyil aniq sezilib qoldi. Shuning uchun ham M.da milliylik muammosi yana diqqat eʼtiborni tortmoqda. Binobarin M., shaharsozlik, bogʻsozlik sanʼatlari sohasida i. t. ishlari ham butun dunyo meʼmoriy merosini oʻrganishga qaratilgan, ilgʻor meʼmorlik tajribalar ijodkor meʼmor, rassom, talabalar saviyasini oshirish uchun xizmat qilmoqda. M. olamidagi odatga koʻra, tarixiy kitoblar, asosan, qad. dunyo — Misr, Yunoniston, Rim va oʻrta asrlardagi Yevropa davlatlari M.gini kengroq taxlil etadi. Osiyo davlatlari, Xitoy, Hindiston, Arabiston kabi qad. madaniyat markazlari M.gi nisbatan kam oʻrganilgani uchun, ularning xalqaro taʼsiri bir oz cheklanganday koʻrinadi. Jumladan, Markaziy Osiyo M.gi, xususan, Oʻzbekiston M.gi ham mutaxassislar tadqiqotida endigina yuz ochmoqda.

Oʻzbekiston M.gi juda qadimiyligi, turli-tuman meʼmoriy yodgorliklari, yuksak nafosat mujassami boʻlgan mahobatli osori-atiqalari bilan diqqateʼtiborni tortadi. Amudaryo va Sirdaryo oraligʻidagi eng qad. madaniyat markazlari hozirgacha arxeologik yod-gorliklar qaʼridan ajoyib meʼmoriy xazinani namoyish etmoqda (Sopollitepa, Qoʻyqirilgan qalʼa, Tuproqqalʼa, Afrosiyob, Varaxsha, Poykend, Qanqa kabi). Buxoro, Samarqand, Tosh-kent, Xiva, Shahrisabz, Termiz, Qoʻqon kabi koʻhna shaharlar oʻzining noyob meʼmoriy obidalari (Somoniylar maqbarasi, Magʻoki Attori, Chashmai Ayyub, Poyi kalon majmui, Labi hovuz majmui, Samarqand Registoni, undagi Ulugʻbek madrasasi, Sherdor madrasasi, Tillakori masjidmadrasa va b.) bilan dunyoga tanilgan. Oʻzbekiston M.gi taraqqiyoti davrlari ichida tarixan eng ajoyibi Amir Temur va temuriylar davri bilan uzviy bogʻliq boʻlib, uni Uygʻonish — Sharq Renessansi sifatida taʼriflash odat boʻlib qolgan, "er yuzining sayqali" Samarqand, "bilim va odob gumbazi" Kesh — Shahrisabz shaharlari, ayniqsa Amir Temur saʼyehtimoli, meʼmoriy vayu-yati (valiylikning koʻpligi) va karomati tufayli tubdan qayta qurildi. Oqsaroy, Koʻksaroy koʻshklari, Dor us-Siyodat madrasasi, Koʻk gumbaz, Jomeʼ masjid kabi mahobatli va hashamatli binolar qad koʻtardi. Shohizinda kabi meʼmoriy nekropol bunyod boʻldi. Koʻhna Kesh gullab yashnagan meʼmoriy bogʻistonga aylangani uchun Shahrisabz nomi bilan ulugʻlandi. Samarqand atrofida paydo boʻlgan marjon bogʻlar halqasi toʻrida Dilkusho koʻshki — Ishratxona, Chilustun koʻshki, kichik Oqsaroy koʻshki kabi xushbichim binolar, bir-biridan goʻzal Bogʻi Dilkusho, Bogʻi Naqshi Jahon, Bogʻi Shamol, Bogʻi Chi-nor kabi bogʻlar umuman meʼmoriy bogʻsozlik sanʼati ravnaqiga asos soldi. Hindistonga haqiqiy bogʻsozlik sanʼati temuriyzoda Zahiriddin Bobur bilan kirib kelganini hind sanʼatshu-noslari eʼtirof etishadi. Hatto oʻrta asrlardagi Yevropa bogʻ-parklariga te-muriy bogʻlari taʼsiri borligi sir emas. Xuddi shu davrda M. bilan bogʻliq ilm-fan risolalari yaratilgani eʼti-borni tortadi. Agar Muhammad Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Birjondiy kabi allomalar asarlarida M.dagi garmoniyaga oid jihatlar mat. orqali asoslangan boʻlsa, Ulugʻbek atrofidagi olimlar faqat astronomiyaga doir tadqiqotlar bilan cheklanmay, M.ka doir risolalar yozishgan, bogʻsozlik haqida dasturilamal yaratilgan. 16-a.da Buxorodagi xalq meʼmorlari dastxati bilan yaratilgan nodir meʼmoriy chizmalar saqlangan (OʻzFASHI fondida). Hoz. zamon M.gida keng qoʻllanilayotgan modul tizimi oʻzbek meʼmorligida miqyos nomi bilan qadimdan maʼlum.

Oʻzbekiston M.gi tarixini oʻrganish yoʻlida anchagina samarali tadqiqotlar bajarildi. Ayniqsa, M. bunyodkori xalq meʼmorlari ijodini oʻrganish natijasida qad. zamonlardayoq unut boʻlgan baʼzi meʼmoriy qonunqoidalar siru asrori ochildi. Hatto uzoq Misrdagi piramidaehromlar loyihasi haqidagi keyingi ikki asr davomida olimlar bahs etib kelayotgan muammo oʻzbek xalq meʼmorlari amalida saqlanib qolgan meʼmoriy alqonun-ulgutarh orqali oson yechimini topdi.

Oʻzbekiston M.gining asrlar davomida avloddan-avlodga oʻtib kelayotgan anʼ-analari, qonunqoidalari 19-a.—20-a, boshlaridagi mustamlaka davrida keskin zarbaga uchradi. M. ijodkorlari maʼmuriyat talabi ostida ishlashga majbur boʻldi. M.da baʼzi yangiliklar qatori qorishiq (eklektika), turli uslublar (rus, yevropa va b.) kirib kelayotgan kapitalistik talablar bilan hamohang boʻldi.

Xalq meʼmorligi ikkinchi keskin zarbaga Sovet tuzumi davrida uchradi. M. davlat monopoliyasiga uchragani uchun meʼmorlar ijodi va tashabbusi tamoman inkor etilgani natijasida joylardagi yirik qurilishlar, ayniqsa, shaxsiy binokorlik cheklab qoʻyildi, oqibatda tajribali xalq meʼmorlari oddiy quruvchi, hatto mardikor darajasiga tushib qoldi. M. ijodi Moskva normativlari asosida bajarilishi milliy M.ni soʻndirib qoʻydi. "Shaklan milliy, mazmunan sotsialistik arxitektura" shiori 20-a.

ning 2-yarmidan boshlab baʼzi ijodiy izlanishlarga yoʻl ochdi (Alisher Navoiy teatri, Muqimiy teatri binolari kabi). Oʻsha davrda yaratilgan diqqatga sazovor bi-nolarda xalq ustalari ishtiroki bilan ijobiy natijalarga erishildi.

Mustaqil Oʻzbekiston M. sohasida toʻgʻon boʻlgan gʻayri talablarga barham berdi, M. ravnaqi uchun keng ijod ufqi ochildi. Toshkent va Samarqandda maxsus Arxitektura-qurilish institutlari malakali meʼmorlar tayyorlab bermoqda. Maxsus oʻquv yurtlarida rassom, haykaltarosh, ganchkor, naqqosh kabi mutaxassislar tayyorlanadi. Oʻzbekiston M.gi keyingi oʻn yillik (1991—2001) ichida katta yutuqlarga erishdi. Ayniqsa, poytaxt Toshkent qiyofasi oʻzgarib, yanada obod boʻldi, mahobatli binolar qad koʻtardi ("Turkiston" saroyi, Oqsaroy, Toshkent hokimiyati, Oliy majlis binolari, Oʻzbek milliy teatri rekonstruksiyasi, Oʻzbekiston konser-vatoriyasining yangi binosi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Amir Temur va Alisher Navoiy haykallari va h. k.).

Adabiyot[tahrir]

  • 3axidov P., Traditsii narodnix zodchix O'zbekistana: M., 1964; Vseobshaya istoriya arxitekturi, t., 1-12, M.-L., 1944-1975; Zohidov P., Meʼmor olami, T., 1991.

Poʻlat Zohidov.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil