Darvozaxona

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Darvozaxona, dalon — mahobatli qalʼaband inshootlarda, uyjoy meʼmorligida koʻcha (tashqari)ni hovli bilan bogʻlovchi usti berk maxsus xona. Yon tomonlarida supacha yoki oxurlar boʻlishi mumkin. Qadimda shahar va qalʼa devorlariga uygʻunlashtirib qurilgan. Unda soqchi, darvozabon va b. uchun maxsus xonalar va atrofii kuzatish uchun minoralar qurilgan. Oʻrta asr shahar D.si tashqarisida karvonsaroy, bozor va hammomlar joylashgan (qarang Bogʻcha darvoza, Kush darvoza, Tosh darvoza). Jamoat binolari (madrasa, masjid va b.)da D. peshtoqli, miyonsaroyln qilib qurilgan. Qishloq qoʻrgʻonlari D.si oldida koʻpincha hovuz, quduq, chorbogʻlar boʻlgan.

Adabiyot[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil