Naqsh

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Naqsh (arab. — tasvir, gul) — qism (taqsim)lari muayyan tartibda bir maromda takrorlanishidan hosil boʻladigan handasiy shakllar, oʻsimlik, qush, hayvon va boshqalarning uslublashtirilgan tasvirlaridan tarkib topgan be-zak (gul). Turli narsalar (ashyolar, qurol, mato, mebel, kitob va t.k.), meʼmoriy inshootlar (ham ichki, ham tashqi bezaklar), nafis sanʼat (aso-san, amaliy sanʼat) asarlarida keng qoʻllanadi, ayrim xalqlarda, shuningdek, odam tanasini bezash (tatuirovka, bezash)ga moʻljallanadi. Narsaning sirtini bezayotgan N. uningtuzilishini yuzaga chiqaradi va uning badiiy sifatini oshiradi. N. yo mavhum shakllardan tuziladi, yo aniq mavzulardan uslublashtiriladi. Ishlanayotgan xom ashyosiga koʻra, N. ishlashning turli-tuman uslub va usullari mavjud: oʻyma (ganch, yogʻoch, mis, tosh, marmar va boshqalar), boʻyama (qogʻoz, mato, ganch, yogʻoch, sopol va boshqalar), chok yordamida tikma (kashtadoʻzlik, zardoʻzlik va boshqalar), zarb qilib, quyib (zargarlik, miskarlik va boshqalar), toʻqima (gilamchilik, toʻqimachilik va boshqalar), qadama (inkrustatsiya, panjarasozlik va boshqalar) va boshqa

N.ning paydo boʻlishi haqida aniq maʼlumotlar yoʻq. N. tarixi insoniyatning badiiy madaniyati kabi qadimiydir. Arxeologik materiallar N.ning jahondagi barcha xalqlarda qadimdan mavjud boʻlganligini koʻrsa-tadi. Metall, sopol buyum, idish, qurollar paleolit, neolit davrlarida oddiy handasiy shakllar qatorida oʻsimliksimon N.lar bilan ham bezatilgan. N. turli oʻlkalar, turli xalqlarda geografik muhit, oʻsimlik va hayvo-not dunyosi, madaniyati taʼsirida tur-licha rivoj topgan. Mas, Shimol oʻlkalari N.larida archa, chorvadorlarda mol shoxi, dexdonlarda uzum bargi va gʻujumi, oʻtroq aholida gul, anor, bo-dom, qalampir tasvirlari koʻp uchraydi. Yevropada turli davrlarda xukmron boʻlgan badiiy uslublar (barokko, gotika, klassitsizm va boshqalar) N.ga ham oʻz taʼsirini koʻrsatgan. Uygʻonish davrida, ayniqsa, yuksak jozibadorlikka erishgan. 19-asrning oxiridan boshlab shu davrda vujudga kelgan turli okimlar N.ni atayin kam ishlatdi, xatto undan butunlay voz kechishgacha bordi.

N. sanʼati Oʻrta Osiyo madaniyati ta-rixida juda qad. boʻlib, oʻziga xos na-munalari bilan ajralib turadi. Arxeologik topilmalar N.ning xilma-xil va rang-barang namunalaridan darak beradi. Meʼmoriy yodgorliklarda N. ning ancha mukammal, oʻziga xos va yuksak sanʼatkorlik bilan yaratilgan nusxalarini uchratish mumkin. Xalq amaliy sanʼatining har bir turida (xusu-san, kashtadoʻzlik, gilamchilik, oʻymakorlik, ganchkorlik, naqqoshlik kabi) N.ning shakliy imkoniyatlari naqadar keng va boy ekanligi yaqqol kuzatiladi. Oʻrta Osiyoda N.lar keng tarqalgan boʻlib, ular, asosan, 2 turga boʻlina-di: handasiy shakl va chiziqlardan ibo-rat eng murakkab N. turi — girih, keng tarqalgan oʻsimliksimon N. — islimiy. Har bir N. ning oʻz qonun-qoidalari bor: taqsim va boʻlaklar aniq oʻlchamda, uygʻun boʻlishi, ranglar did bilan tanlangan, oʻzaro mutanosib boʻlishi lozim. Bu naqqosh ustadan kat-ta maxrrat, malaka talab qiladi. Oʻrta Osiyoda eng qad. N. namunalar, asosan, meʼmoriy inshootlarda saqlangan; N. ning ajoyib namunalari ganch, yogʻoch va toshni oʻyib, baʼzan boʻyab ishlangan.

N. hisobiga keng taraqqiy etdi, naq-qoshlik jadal rivojlandi. Bino, buyum, idish, kiyim, qurollar aksa-riyat N. bilan bezatildi; masjid, Madrasa, maqbaralarni xashamdor qilishda N. muqim oʻrin egalladi. Shu davrda meʼmorlikda gʻishtni turlicha qalab N. hosil qilish sanʼati yuksak darajaga koʻtarildi. Binolarning yogʻin tushmaydigan joylari ganch va yogʻoch oʻymakor-ligi, boʻyama N.lar bilan bezatildi. Jumladan, meʼmoriy yodgorliklardan Oʻzgandagi maqbaralar (interyer, devor, peshtoq, ravoqlar) gʻishtin nafis naqshlangan. 14—15-asrlarda koshinkoriy N.lar yaratildi (Koʻhna Urganchdagi Toʻrabekxonim koʻshki, Sa-marqanddagi Shohizinda ansambli, Dilkusho koʻshki — Ishratxona va boshqalar). Xiva, Buxoro, Qoʻqon xonliklari davrida xalq ustalari sanʼati ayniq-sa shaharlarda oʻsdi, N., naqqoshlik qam yanada rivojlandi. Xudoyorxon oʻrdasi (Xiva), Sitorai Mohi Xosa (Buxoro), Toshhovli (Xiva) va boshqa binolar mohir ustalar tomonidan nafis N.lar bilan bezatildi. Bu esa Oʻrta Osiyoda N.ning oʻziga xos uslublari vujudga kelganligini koʻrsatadi.

Buxoro N.i eng murakkab, mukam-mal va jozibador boʻlib, koʻp asrlik ijodiy mehnat anʼanalari samarasidir; N. bezak boʻlish bilan birga binokorlikning ajralmas qismiga aylangan. Juda murakkab girihlar puxta oʻlcham bilan ishlangan, gul N.lari oʻziga xosligi bilan (gul N.da vaza, kosa, gul-donlar uslublashtirilib, ularda gul butalari aks ettirilgan, yaproq, me-valar tasvirlari bir maromda berilishiga alohida eʼtibori bilan) ajralib turadi. Xiva N.i (yulduzlar hosil qiluvchi girihlar orasida oʻsimliksimon gullarni mahorat bilan joylashtirilishi, barg shaklidagi bezaklarning koʻpligi, oʻsimliksimon tasvirlar zich, koʻp va turli-tumanligi bilan mashhur. Fargʻona N.i Margʻilon, Xoʻjand, Qoʻqon, Fargona, Namangan va boshqa shaharlarda vujudga kelgan uslublardan iborat. Meʼmoriy yodgorliklar (Qoʻqondagi Modarixon daxmasi va Daxmai shohon), 19-asrda yaratilgan N.larda sodda rang-baranglik (sa-riq, qizil, yashil, qora, oq, koʻk, pushtirang), N. qismlarining ancha joʻnligi koʻzga tashlanadi. Fargʻona N.ining oʻziga xos jihatlari: bino devorlariga mehrobi namoyonlar ishlanib, ular hoshiya N. bilan bir-biridan ajratila-di, hoshiyalar orasiga girih, qolgan qismlarga oʻsimliksimon gullar ishlanadi. Ularda Buxoro, Xiva N.larining taʼsiri seziladi. 19-asr oxiri — 20-asr boshlaridagi N.lardayevropa N.larining ham taʼsiri bor.

Oʻrta Osiyo, jumladan, Oʻzbekiston hududida yaratilgan roʻzgʻor buyumlari, asbob va qurollar, uy va inshootlarni N. (bezak)siz tasavvur qilish qiyin. Oʻrta Osiyoda ishlangan bezakli buyumlar, matolar xalqaro bozorlarda ham qadrlangan. Turli oʻlkalar bilan madaniyiqtisodiy aloqalar N. ning rivojiga ham sezilarli taʼsir koʻrsatgan.

20-asr boshqa sohalar qatorida amaliy sanʼat anʼanalarining yangi rivojlanish davri boʻldi. 30-yillardan yirik jamoat va maʼmuriy binolar qurilishi rivojlandi, badiiy buyumlar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. Alisher Navoiy teatri, Muqimiy teatri, Oʻzbekiston ta-rixi muzeyi, Xalqlar doʻstligi sa-royi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, "Xotira" maydoni, Imom Bu-xoriy yodgorlik majmuasi, Oliy Majlis, Oʻzbek milliy drama teatri, Oʻzbekiston konservatoriyasi binolarining turli texnika, usullar bilan ishlangan N.lar hisobiga kurkam qilingani qad. anʼanalarning tiklanganligi, yangi mazmun bilan boyib bo-rayotganligiga yorqin dalildir. Xalq ustalari Us t a Shirin, Yu. Musayev, T. Arslonkulov, Q. Jalilov, Sh. Gʻafurov, S. Xoʻjayev, N. Ibrohimov, M. Qosimov, U. Zufarov, Q. Haydarov, U. Ahmedov, O. Polvonov, T. Toʻxtaxoʻjayev, O. Qosimjonov, J. Hakimov, Yo. RaNaqsh bilan bezatilgan quticha (20-asr oʻrtalari, Toshkent).ufov, A. Boltayev, aka-uka J. va boshqa Jalilovlar, S. Xudoyberganov, H. Rahimov va boshqa yaratgan asarlar 20-asr oʻzbek milliy naqqoshligining yorqin namunalariga aylandi.

Kulollik, zardoʻzlik, kashtadoʻzlik, gilamchilik, zargarlik, kandakorlik va boshqa sohalarda N. bilan bezatilgan badiiy buyumlar turmushga fayz kiritadi. Us t alar yangi usullarni qoʻllab, yangi mazmun bilan boyitilayotgan N.lar yaratmoqda. Bu jarayonda naqqoshlardan M. Toʻrayev, A. Ilhomov, S Mahmudov, Q. Shoislomov, H. Nuraliyev, A. Asqarov, O. Fayzullayev, S. Shukurov va boshqa yirik ustalar shogirdlari bilan qatnashdilar. Ular yaratgan bezaklarda "kundal", "mehrobi", "bodom", "buta", "chorgul", "shobarg", "oygul", "zanji-ra" N. turlari koʻp uchraydi. Ushbulardan koʻrinadiki, Oʻzbekiston musta-qilligidan keyin barcha sanʼatlar qatorida amaliy sanʼat turlari, shulardan N., naqqoshlik, yogʻoch va ganch oʻymakorligi ham jadal rivojlanmoqda, ularda qad. unutilayotgan anʼanalar qayta tiklanayotgani, N. turlari kengayotgani va islimiy N.ning bir necha turlari uygʻunlashayotgani kuzatiladi. Naqqoshlar ham 1995 yildan Toshkent shahrida YUNESKO tashkil etgan xalq hunarmandligi yarmarkasi, Parij shahrida oʻtkazilgan Amir Temurning 660 yilligi tantanalari koʻrgaz-masi va boshqalarda qatnashib kasbiy maxr-ratlarini namoyish etdilar.

Adabiyot[tahrir]

  • Narodnoye dekorativnoye iskusstvo Oʻzbekistana, Albom, M., 1955; Rempel L. I., Arxitekturniy ornament Oʻzbekistana, T., 1967; Raufov Yo. Naqqoshlik, T., 1973; Zohidov P., Meʼmor olami, T., 1996; Oʻzbekiston sanʼati, T., 2001.

Poʻlat Zohidov.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil