Achamayli jome masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Achamayli jome masjidi
Achamayli
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Toshkent
Tuman Bekobod
Yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Soʻngi imom Abdusomad domla Nematov
Qurilish materiali gʻisht, beton, marmar
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Kutubxona

Achamayli jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Bekobod tumanida joylashgan boʻlib, tumanning masjid va madrasalar tarkibiga kiradi[1]. Naymar nomi bilan faoliyat yuritadigan masjidlar Oʻzbekiston Respublikasining bir qator boshqa hududlarida ham mavjud.

Joylashuvi va faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Achamayli jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Bekobod tumani, Achamayli qishloq fuqarolar yigʻini, Bayaut mahallasida joylashgan[2]. Mazkur masjidning bosh imom-xatibi Abdusomad domla Nematov hisoblanadi. Tuman hokimligi tomonidan jome masjid uchun 0.4 gektar joyda 500 kishiga moʻljallangan maʼmuriy bino, xonaqoh, zamonaviy tahoratxona, avtoturargoh, ayollar uchun tahoratxona va namozxona barpo etilgan boʻlib, namoz ibodatini ado etish uchun barcha Mazkur masjidga Achamayli qishloq fuqarolar yigʻini, Bayaut qishloq fuqarolar yigʻini, Achimayli koʻchasi, Parchayuz mahalla fuqarolar yigʻini, Kiyat mahalla fuqarolar yigʻini, Nayman qishloq fuqarolar yigʻini, Oʻrta boʻz mahalla fuqarolar yigʻinda yashovchi mahalliy aholi faollari, nuroniylar, musofirlar va mehmonlar tashrif buyurishadi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Achamayli jome masjidi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatdan oʻtkazlib, uning ustavi Toshkent viloyat adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan. Mazkur masjidga mahalliy aholining talab va takliflariga binoan ushbu hududning nomi qilib – „Achamayli“ deya nom berilgan. Mahalliy aholining soʻzlariga koʻra, jome masjid mustaqillik yillaridan avval tashkil etilgan degan tahminiy maʼlumotlar mavjud.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „АЧАМАЙЛИ ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. Qaraldi: 29-noyabr 2023-yil.
  2. „Achamayli jome’ masjidi“. mapcarta.com. Qaraldi: 29-noyabr 2023-yil.