Toshloq jome masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Toshloq jome masjidi
Toshloq
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Toshkent
Tuman Boʻka
Manzil Boʻka shahriga qarashli boʻlgan A. Qodiriy mahalla fuqarolar yigʻini Xamza koʻchasi
Yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Soʻngi imom Bahodir domla Inogʻomov
Qurilish materiali gʻisht, beton, marmar
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Kutubxona

Toshloq jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Boʻka tumanida joylashgan boʻlib, tumanning masjid va madrasalar tarkibiga kirad[1].

Joylashuvi va faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Toshloq jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Boʻka tumani, Boʻka shahriga qarashli boʻlgan A. Qodiriy mahalla fuqarolar yigʻini Xamza koʻchasida joylashgan[2]. Tuman hokimligi tomonidan jome masjid uchun 0.750 gektar joyda 900 kishiga yaqin boʻlgan namozxonlarga moʻljallangan bino, xonaqoh, tahoratxona, avtoturargoh, ziyoratchilar uchun maxsus alohida xonalar barpo etilgan. Mazkur masjidga Boʻka shahri, A. Qodiriy mahalla fuqarolar yigʻini, Xamza mahalla fuqarolar yigʻini, Xamza mahalla fuqarolar yigʻini, Magistral mahalla fuqarolar yigʻini, A. Jomiy mahalla fuqarolar yigʻini, A. Temur mahalla fuqarolar yigʻini, Nafosat mahalla fuqarolar yigʻini, Manzara mahalla fuqarolar yigʻini, Nurli diyor mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchilar tashrif buyurishadi. Ushbu jome masjidning bosh imom-xatibi Bahodir domla Inogʻomov hisoblanadi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Toshloq jome masjidi qachon va kim tomonidan asos solinganligi haqida deyarli maʼlumotlar yetarli emas. Mustaqillik yillarining dastlabki paytlarida mahalliy aholining faollari, nuroniylar, homiylar tashabbusi bilan jome masjid binosi qayta remont qilindi va namozxonlarga havola qilindi. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatdan 1998-yil 15-noyabr kuni oʻtkazlib, uning ustavi Toshkent viloyat adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan. Jome masjid 2017-yilda qayta taʼmirlandi, devorlariga sharqona uslubida va islom meʼmorchiligi asosida ishlov berildi, tahoratxonasi esa eng zamonaviy talablar asosida qaytadan jihozlandi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Бўка тумани масжидлари“. masjid.uz. Qaraldi: 30-noyabr 2023-yil.
  2. „Тошлок жоме масжиди“. prayertimes.date. Qaraldi: 30-noyabr 2023-yil.