Toli buva jome masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Toli buva jome masjidi
Toli buva
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Toshkent
Tuman Boʻstonliq
Manzil Sidjak qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Sarbogʻ mahalla fuqarolar yigʻini Bogʻbon koʻchasi
Yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Soʻngi imom Ahmadjon domla Ismoilov
Qurilish materiali gʻisht, beton, marmar
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Kutubxona

Toli buva jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumanida joylashgan boʻlib, tumanning masjid va madrasalar tarkibiga kiradi[1].

Joylashuvi va faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Toli buva jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Boʻstonliq tumani, Sidjak qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Sarbogʻ mahalla fuqarolar yigʻini Bogʻbon koʻchasida joylashgan[2]. Jome masjid hududi 0.40 gektar joyda 600 kishiga yaqin boʻlgan namozxonlarga moʻljallangan bino, xonaqoh, tahoratxona, avtoturargoh, ziyoratchilar uchun maxsus alohida xonalar barpo etilgan. Mazkur masjidga Sidjak qishloq fuqarolar yigʻini, Sarbog mahalla fuqarolar yigʻini, Bogʻbon mahalla fuqarolar yigʻini, Xorazmiy mahalla fuqarolar yigʻini, Uysozlar mahalla fuqarolar yigʻini, Gulzor mahalla fuqarolar yigʻini, Rahmat bobo mahalla fuqarolar yigʻini, Yoshlik mahalla fuqarolar yigʻini, Olmazor mahalla fuqarolar yigʻini, Nihol mahalla fuqarolar yigʻini, Uchkoʻprik mahalla fuqarolar yigʻini, Dehqonobod mahalla fuqarolar yigʻini, Muruvvat mahalla fuqarolar yigʻini, Odil mahalla fuqarolar yigʻini, Gulobod mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchilar tashrif buyurishadi[3]. Ushbu jome masjidning bosh imom-xatibi Ahmadjon domla Ismoilov hisoblanadi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Toli buva jome masjidi qachon va kim tomonidan asos solinganligi haqida deyarli maʼlumotlar yetarli emas. 2021-yilda mahalliy aholining faollari, nuroniylar, homiylar tashabbusi bilan jome masjid binosi sharqonna uslubda, hamda, zamonaviy talablar asosida qayta remont qilingan. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatdan 1997-yil 25-mart kuni oʻtkazlib, uning ustavi Toshkent viloyat adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „ТОЛИ БУВА ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. Qaraldi: 3-dekabr 2023-yil.
  2. „"ТОLI BUVA" jome' masjidi“. uzorg.info. Qaraldi: 3-dekabr 2023-yil.
  3. „"ТОLI BUVA" JOME' MASJIDI“. statsnet.co. Qaraldi: 5-dekabr 2023-yil.