Kontent qismiga oʻtish

Shavkat Mirziyoyev

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Shavkat Mirziyoyev

Rasmiy portret (2018)
 2-Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti
 
Mansab davri
2016-yil 14-dekabrdan – hozirgacha
Hukumat boshligʻi Abdulla Aripov
Oʻtmishdoshi Islom Karimov
Nigʻmatilla Yoʻldoshev (v.b.)
uning oʻzi v.b.
3-Oʻzbekiston Bosh vaziri
Mansab davri
2003-yil 12-dekabrdan – 2016-yil 14-dekabrgacha
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi Oʻtkir Sultonov
Vorisi Abdulla Aripov
Samarqand viloyati hokimi
Mansab davri
2001-yil 11-sentyabrdan – 2003-yil 11-dekabrgacha
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi Erkin Roʻziyev
Vorisi Rustam Xolmurodov
Jizzax viloyati hokimi
Mansab davri
1996-yil 11-sentyabrdan – 2001-yil 11-sentyabrgacha
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi Alisher Toshkenboyev
Vorisi Ubaydulla Yamanqulov
Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi raisi
Mansab davri
2024-yil 25-noyabrdan – hozirgacha
Oʻtmishdoshi Rustam Shoabdurahmonov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi
Shavkat Miromonovich Mirziyoyev

24-iyul 1957-yil (1957-07-24) (68 yosh)
Zomin tumani, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Millati Oʻzbek
Siyosiy partiyasi Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi (2016–hozirgacha)
Turmush oʻrtogʻi Ziroatxon Hoshimova
Bolalari 3
Istiqomat joy(lar)i Qibray tumani, Toshkent
Ilmiy unvoni texnika fanlari nomzodi
Maʼlumoti Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti
Mukofotlari

Mehnat shuhrati ordeni
Danaker ordeni 1-darajali Doʻstiq ordeni

Vebsayti president.uz/en

Shavkat Miromonovich Mirziyoyev (24-iyul, 1957-yil, Zomin tumani, Jizzax viloyati, OʻzSSRda tugʻilgan) – Oʻzbekiston davlat va siyosat arbobi. Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi prezidenti, 2016-yildan hozirgacha Qurolli kuchlar Oliy Bosh qoʻmondoni. Turli yillarda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri (2003—2016) va Jizzax, Samarqand viloyatlari hokimi (1996—2003) lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2024-yildan Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi raisi.

Hayoti

Shavkat Mirziyoyev 1957-yil 24-iyulda Jizzax viloyati Zomin tumanida tavallud topgan.

Faoliyati

Mehnat faoliyatini 1981-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida boshlab, kichik ilmiy xodim, katta oʻqituvchi, dotsent, oʻquv ishlari boʻyicha prorektor lavozimlarida ishladi. 1988-yilda „Paxta terish mashinalari sugʻorish agregatlarida ishlayotganda terim uskunalarining texnik barqarorligini taʼminlash“ mavzusida nomzodlik ishini himoya qilgan.

1990-yili Respublika Oliy Soveti deputatligiga saylanib, bir vaqtning oʻzida Mandat komissiyasining raisi sifatida ham faoliyat koʻrsatdi.

1992-yilda Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.

1996-2001-yillarda Jizzax viloyati hokimi.

2001-2003-yillar mobaynida Samarqand viloyati hokimi lavozimlarida ishladi.

1995-2003-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputati sifatida ham faoliyat olib bordi.

2003-yilda Oʻzbekiston Bosh vaziri etib tasdiqlandi[1][2] va 2005, 2010, 2015-yillarda Oliy Majlis palatalari tomonidan ushbu lavozimga yana uch marta qayta tasdiqlandi.

2016-yil 2-sentabrda Prezident Islom Karimovning vafot etishi munosabati bilan Oliy Majlis Mirziyoyevni Birinchi Prezident dafn marosimini oʻtkazish boʻyicha komissiyaga rais etib tayinladi.

Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin, 6-sentabr 2016-yil
Mirziyoyev Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu bilan.

2016-yil 8-sentabrda Prezident vazifasini bajaruvchi, Oliy Majlis Senati raisi Nigʻmatilla Yoʻldoshev mamlakat rahbari vazifasini vaqtincha bajarish mas’uliyatini oʻzidan soqit qilib, oʻrniga Mirziyoyevni tavsiya qildi[3].

2016-yil 19-oktabr kuni Oʻzbekiston Liberal Demokratik Partiyasining VIII sʼezdi boʻlib oʻtdi. Unda partiya siyosiy kengashi aʼzosi Sh. Mirziyoyev nomzodini Prezidentlikka nomzod sifatida tasdiqlash toʻgʻrisidagi qaror qabul qilindi[4].

2016-yil 4-dekabr kuni boʻlib oʻtgan Prezident saylovi yakunlari boʻyicha saylovchilarning 88,61 foiz ovozi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi[5].

2016-yil 14-dekabrda rasman oʻz vazifasini bajarishga kirishdi[6].

2021-yil 24-oktabrda 2-muddatga Oʻzbekiston Prezidenti etib saylandi. 6-noyabrda inauguratsiya marosimi boʻldi.

2023-yil 9-iyulda 3-muddatga Oʻzbekiston Prezidenti etib saylandi. 14-iyulda inauguratsiya marosimi boʻldi[7].

Prezidentligi

Mirziyoyevning prezident sifatidagi vakolati 2016-yil 14-dekabrda, oʻzidan oldingi prezident Islom Karimov vafotidan soʻng bosh vazir va prezident lavozimlariga tayinlanishi bilan boshlangan. Oʻzbekiston Konstitutsiyasiga muvofiq, uning vakolati 2023-yilda qayta saylangani sababli 2030-yilgacha davom etadi.

Xorijiy davlatlarga tashriflari

AQSh Davlat kotibi Mike Pompeo bilan Davlat departamentida, 2018-yil 17-mayda.

Quyida Prezident Shavkat Mirziyoyevning davlat rahbari sifatida xorijiy davlatlarga qilgan rasmiy tashriflari keltirilgan[8][9]:

Davlat Tashrif sanasi Sabab
67 Turkmaniston bayrogʻi Turkmaniston 05.08.2025 BMTning „Dengizga chiqishi boʻlmagan rivojlanayotgan davlatlar“ konferensiyasi, ikki va uch tomonlama uchrashuvlar[10]
66 Ozarbayjon bayrogʻi Ozarbayjon 02-04.07.2025 Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 17-sammiti[11]
65 Belorussiya bayrogʻi Belarus 26-27.06.2025 ikki tomonlama hamkorlik [12]
64  Mongolia 24-25.06.2025 ikki tomonlama hamkorlik [13]
63  Sloveniya 21-22.05.2025 ikki tomonlama hamkorlik [14][15]
62 Vengriya bayrogʻi Vengriya 19-20.05.2025 ikki tomonlama hamkorlik [16][17]
61 Qozogʻiston bayrogʻi Qozogʻiston 17-18.05.2025 "Markaziy Osiyo – Xitoy" ikkinchi sammiti [18][19][20]
60 Rossiya bayrogʻi Rossiya 8-10.05.2025 Ikkinchi jahon urushidagi gʻalabaning 80 yilligiga bagʻishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etish uchun [21][22]
59 Qozogʻiston bayrogʻi Qozogʻiston 29.03.2025 ikki tomonlama hamkorlik [23] [24][25]
58  Tajikistan 31.03.2025 ikki tomonlama hamkorlik [26]
57 Fransiya bayrogʻi Fransiya 11-13.03.2025 ikki tomonlama hamkorlik[27]
56  Kuvayt 17-18.02.2025 ikki tomonlama hamkorlik[28][29][30]
55  Malayziya 4-5.02.2025 ikki tomonlama hamkorlik [31][32] [33]
54  Birlashgan Arab Amirliklari 13-16.01.2025 „Abu Dhabi Sustainability Week“ xalqaro sammit [34] [35][36]
53  Germany 2-4.05.2023 ikki tomonlama hamkorlik[37][38][39]
52  Qirgʻiziston 26-27.01.2023 ikki tomonlama hamkorlik [40][41][42]
51 Rossiya bayrogʻi Rossiya 26-27.12.2022 Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo davlatlarning rahbarlarining norasmiy sammiti[43]
50 Fransiya bayrogʻi Fransiya 21-22.11.2022 ikki tomonlama hamkorlik
49 Vengriya bayrogʻi Vengriya 3-4.10.2022 ikki tomonlama hamkorlik[44]
48 Janubiy Koreya bayrogʻi Koreya Respublikasi 16-17.12.2021 ikki tomonlama hamkorlik
47 Qozogʻiston bayrogʻi Qozogʻiston 5-6.12.2021 ikki tomonlama hamkorlik[45]
46 Turkmaniston bayrogʻi Turkmaniston 27-28.11.2021 Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining oʻn beshinchi sammiti[46]
45 Rossiya bayrogʻi Rossiya 16-18.11.2021 oʻzaro hamkorlik
44 Turkiya bayrogʻi Turkiya 11-16.11.2021 Turkiy davlatlar sammiti[47]
43 Tojikiston bayrogʻi Tojikiston 16-17.09.2021 Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti[48]
42 Turkmaniston bayrogʻi Turkmaniston 5-6.08.2021 Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvi[49]
41 Tojikiston bayrogʻi Tojikiston 10.06.2021 oʻzaro hamkorlik[50]
40 Turkmaniston bayrogʻi Turkmaniston 29.04.2021 oʻzaro hamkorlik[51]
39 Rossiya bayrogʻi Rossiya 23-24.06.2020 Gʻalabaning 75 yilligi[52]
38 Turkiya bayrogʻi Turkiya 19-22.02.2020 oʻzaro hamkorlik[53]
37 Yaponiya bayrogʻi Yaponiya 16-18.12.2019 oʻzaro hamkorlik[54]
36 Ozarbayjon bayrogʻi Ozarbayjon 13-15.10.2019 turkiyzabon davlat rahbarlari majlisi
35 Turkmaniston bayrogʻi Turkmaniston 10-11.10.2019 Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi davlat rahbarlari majlisi
34 Belorussiya bayrogʻi Belarus 31.07.2019 oʻzaro hamkorlik[55]
33 Qirgʻiziston bayrogʻi Qirgʻiziston 14-16.06.2019 Bishkekdagi ShHT sammiti (2019)
32 Xitoy bayrogʻi Xitoy 24-27.04.2019 oʻzaro hamkorlik[56]
31 BAA bayrogʻi Birlashgan Arab Amirliklari 24-26.03.2019 oʻzaro hamkorlik
30  Germany 21-23.01.2019 oʻzaro hamkorlik
29 Hindiston bayrogʻi Hindiston 18.01.2019 Xalqaro investitsiya sammiti
28 Rossiya bayrogʻi Rossiya 06.12.2018 oʻzaro hamkorlik
27 Qozogʻiston bayrogʻi Qozogʻiston 26-27.11.2018 Shanxay hamkorlik tashkiloti majlisi
26 Fransiya bayrogʻi Fransiya 9-10.10.2018 oʻzaro hamkorlik
25 Hindiston bayrogʻi Hindiston 02.10.2018 oʻzaro hamkorlik
24 Tojikiston bayrogʻi Tojikiston 27-28.09.2018 MDH sammiti
23 Qirgʻiziston bayrogʻi Qirgʻiziston 03.09.2018 Turkiyzabon davlatlar hamkorlik kengashi sammiti[57]
22 Turkmaniston bayrogʻi Turkmaniston 24-25.08.2018 Orol dengizi masalasidagi xalqaro anjuman[58]
21 Qozogʻiston bayrogʻi Qozogʻiston 5-6.07.2018 oʻzaro hamkorlik[59]
20 Rossiya bayrogʻi Rossiya 14.06.2018 FIFA Jahon chempionati 2018 ochilish marosimi[60]
19 Xitoy bayrogʻi Xitoy 8-9.06.2018 Sindaodagi ShHT sammiti (2018)
18 AQSH bayrogʻi AQSh 15-17.05.2018 oʻzaro hamkorlik[61][62]
17 Qozogʻiston bayrogʻi Qozogʻiston 15-16.03.2018 oʻzaro hamkorlik[63]
16 Tojikiston bayrogʻi Tojikiston 9-10.03.2018 oʻzaro hamkorlik
15 Janubiy Koreya bayrogʻi Koreya Respublikasi 22-25.11.2017 oʻzaro hamkorlik
14 Turkiya bayrogʻi Turkiya 25.10.2017 oʻzaro hamkorlik
13 Rossiya bayrogʻi Rossiya 9.10.2017 MDH sammiti
12 AQSH bayrogʻi AQSh 19.09.2017 BMT sammiti
11 Turkmaniston bayrogʻi Turkmaniston 17.9.2017 V Osiyo oʻyinlari marosimi
10 Qozogʻiston bayrogʻi Qozogʻiston 9.9.2017[64] oʻzaro hamkorlik, Expo 2017
9 Qirgʻiziston bayrogʻi Qirgʻiziston 5.9.2017 oʻzaro hamkorlik, chegara masalalari
8 Qozogʻiston bayrogʻi Qozogʻiston 9.6.2017 oʻzaro hamkorlik, Ostonadagi ShHT sammiti (2017)
7 Saudiya Arabistoni bayrogʻi Saudiya Arabistoni 22.05.2017 Islom konferensiyasi tashkiloti sammiti
6 Turkmaniston bayrogʻi Turkmaniston 19-20.05.2017 oʻzaro hamkorlik[65]
5 Xitoy bayrogʻi Xitoy 13.05.2017 oʻzaro hamkorlik
4 Qozogʻiston bayrogʻi Qozogʻiston 28.04.2017 oʻzaro hamkorlik
3 Rossiya bayrogʻi Rossiya 05.04.2017 oʻzaro hamkorlik
2 Qozogʻiston bayrogʻi Qozogʻiston 23.03.2017 oʻzaro hamkorlik
1 Turkmaniston bayrogʻi Turkmaniston 06.03.2017 oʻzaro hamkorlik[66]

Tashriflar soni

Davlat Tashriflar
AQSH bayrogʻi AQSh 2
Qozogʻiston bayrogʻi Qozogʻiston 10
Rossiya bayrogʻi Rossiya 8
Turkmaniston bayrogʻi Turkmaniston 8
Xitoy bayrogʻi Xitoy 3
Qirgʻiziston bayrogʻi Qirgʻiziston 4
Tojikiston bayrogʻi Tojikiston 6
AQSH bayrogʻi AQSh 2
Hindiston bayrogʻi Hindiston 2
Turkiya bayrogʻi Turkiya 3
Saudiya Arabistoni bayrogʻi Saudiya Arabistoni 1
Janubiy Koreya bayrogʻi Koreya Respublikasi 2
Fransiya bayrogʻi Fransiya 3
 Germany 2
BAA bayrogʻi Birlashgan Arab Amirliklari 2
Belorussiya bayrogʻi Belarus 2
 Mongolia 1
Vengriya bayrogʻi Vengriya 1
 Sloveniya 1
 Malayziya 1
 Kuvayt 1
Yaponiya bayrogʻi Yaponiya 1
Ozarbayjon bayrogʻi Ozarbayjon 2

Mukofotlari

Oilasi

Otasi – Miromon Mirziyoyev, Zomin tumanidagi sil kasalliklari dispanseri bosh shifokori boʻlgan. 2000-yillar boshlarida vafot etgan[87].

Turmush oʻrtogʻi – Hoshimova Ziroatxon Mahmudovna, Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutini bitirgan, muhandis-iqtisodchi, ayni paytda uy bekasi[88].

Katta Qizi – Saida Shavkatovna Mirziyoyeva. Prezident yordamchisi[89]. 2019-yil aprel oyida Oʻzbekiston Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktorining xorijda Oʻzbekiston imijini targʻib qilish boʻyicha PR-markaz faoliyatini muvofiqlashtirish va davlat organlari matbuot xizmatlari bilan ishlash boʻyicha oʻrinbosari etib tayinlangan. Saida Mirziyoyevaning turmush oʻrtogʻi Tursunov Oybek, Oʻzbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari oʻrinbosari etib tayinlangan[90]

Kichkina Qizi – Mirziyoyeva Shahnoza[91] Shavkatovna, Oʻzbekiston maktabgacha taʼlim vazirligi boshqarma boshligʻi. Mirziyoyeva Shahnozaning turmush oʻrtogʻi Umarov Otabek Muhammadaliyevich, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati boshligʻining oʻrinbosari, Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi vitse-prezidenti va Osiyo Olimpiya Kengashi vitse-prezidenti[92].

Asarlari

Erkin va farovon, demokratik Oʻzbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bagʻishlangan Oliy Majlis palatalarining qoʻshma majlisidagi nutq / Sh. M. Mirziyoyev. – Toshkent : Oʻzbekiston, 2016. – 56 b.

Tanqidiy tahlil, qatʼiy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi boʻlishi kerak. Mamlakatimizni 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga moʻljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yoʻnalishlariga bagʻishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi maʼruza, 2017-yil 14-yanvar / Sh. M. Mirziyoyev. – Toshkent : Oʻzbekiston, 2017. – 104 b.

Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini taʼminlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimdagi maʼruza. 2016-yil 7-dekabr /Sh. M.Mirziyoev. – Toshkent: „Oʻzbekiston“, 2017. – 48 b.

Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. Mazkur kitobdan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2016-yil 1-noyabrdan 24-noyabrga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri saylovchilari vakillari bilan oʻtkazilgan saylovoldi uchrashuvlarida soʻzlagan nutqlari oʻrin olgan. /Sh. M.Mirziyoev. – Toshkent: : „Oʻzbekiston“, 2017. – 488 b[93].

Manbalar

  1. Biografiya
  2. Biografiya[sayt ishlamaydi]
  3. Yoʻldoshev
  4. Shavkat Mirziyoyevning tarjimai holi | OʻzLiDeP, 2016-11-19da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2016-11-18
  5. Saylov natijalari
  6. Shavkat Mirziyoyevning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari eʼlon qilindi
  7. „O‘zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti o‘z lavozimiga kirishdi“ (2023-yil 14-iyul). 2023-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 14-iyul.
  8. „Xorijga tashriflar“. 2017-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 27-avgust.
  9. https://m.kun.uz/news/2018/04/22/savkat-mirzieevning-halkaro-tasriflari-sarisob-va-kejingi-davlatlar
  10. „Ўзбекистон Президенти "Ҳамкорликни ривожлантиришга қўшган ҳиссаси учун" ордени билан мукофотланди“ (2025-yil 7-avgust).
  11. „Mirziyoyev tashvishda“ (2025-yil 4-iyul).
  12. „Mirziyoyev bugun Minskka boradi“ (2025-yil 26-iyul).
  13. „Shavkat Mirziyoyev Mo‘g‘ulistonga jo‘nab ketdi“ (2025-yil 24-iyun).
  14. https://www.president.uz/oz/lists/view/8145?utm_source=chatgpt.com
  15. https://president.uz/oz/lists/view/8152?utm_source=chatgpt.com
  16. „Shavkat Mirziyoyev 19-22-may kunlari rasmiy tashrif bilan Vengriya va Sloveniyada bo‘ladi“ (2025-yil 16-may).
  17. https://president.uz/en/lists/view/8144?utm_source=chatgpt.com
  18. „Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonga jo‘nab ketdi“ (2025-yil 17-iyun).
  19. https://president.uz/en/lists/view/8227?utm_source=chatgpt.com
  20. https://president.uz/en/lists/view/8227?utm_source=chatgpt.com
  21. „Shavkat Mirziyoyev Moskvaga yetib bordi“ (2025-yil 8-may).
  22. https://president.uz/en/lists/view/8116?utm_source=chatgpt.com
  23. „Shavkat Mirziyoyev to visit Almaty on March 29 for a working visit“ (2025-yil 28-mart).
  24. https://president.uz/en/lists/view/7991?utm_source=chatgpt.com
  25. https://president.uz/en/lists/view/7991?utm_source=chatgpt.com
  26. „Prezident 31-mart kuni amaliy tashrif bilan Tojikistonga boradi“ (2025-yil 30-mart).
  27. „Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Parijga yetib bordi“ (2025-yil 12-mart).
  28. https://president.uz/en/lists/view/7875?utm_source=chatgpt.com
  29. https://president.uz/en/lists/view/7889?utm_source=chatgpt.com
  30. „Uzbekistan leader’s visit boosts economic, diplomatic relations“ (2025-yil 18-fevral).
  31. https://president.uz/en/lists/view/7848?utm_source=chatgpt.com
  32. „Shavkat Mirziyoyev Malayziyaga yetib bordi“ (2025-yil 4-fevral).
  33. https://president.uz/en/lists/view/7861?utm_source=chatgpt.com
  34. „Shavkat Mirziyoyev 13−16-yanvar kunlari rasmiy tashrif bilan BAAda bo‘ladi“ (2025-yil 11-yanvar).
  35. https://president.uz/en/lists/view/7809?utm_source=chatgpt.com
  36. https://president.uz/en/lists/view/7805?utm_source=chatgpt.com
  37. https://president.uz/en/lists/view/6239?utm_source=chatgpt.com
  38. https://president.uz/en/lists/view/6261?utm_source=chatgpt.com
  39. „President Mirziyoyev concludes his visit to Germany“ (2025-yil 4-may).
  40. https://president.uz/en/lists/view/5832?utm_source=chatgpt.com
  41. https://president.uz/en/lists/view/5832?utm_source=chatgpt.com
  42. „State visit of President of Uzbekistan to Kyrgyzstan ended“ (2023-yil 27-yanvar).
  43. https://president.uz/uz/lists/view/5794
  44. https://president.uz/uz/lists/view/5582
  45. https://president.uz/uz/lists/view/4801
  46. https://president.uz/uz/lists/view/4789
  47. https://president.uz/uz/lists/view/4759
  48. https://president.uz/uz/lists/view/4616
  49. https://president.uz/uz/lists/view/4528
  50. https://president.uz/uz/lists/view/4411
  51. https://president.uz/uz/lists/view/4316
  52. https://m.kun.uz/news/2020/06/22/shavkat-mirziyoyev-amaliy-tashrif-bilan-moskvada-boladi
  53. https://m.kun.uz/news/2020/02/19/shavkat-mirziyoyev-turkiyaga-jonab-ketdi
  54. https://m.kun.uz/news/2019/12/16/shavkat-mirziyoyevning-yaponiyaga-tashrifi-doirasida-50ga-yaqin-hujjat-imzolanadi
  55. https://m.kun.uz/news/2019/07/31/shavkat-mirziyoyev-minskka-yetib-bordi
  56. „O‘zbekiston prezidenti Xitoyga jo‘nab ketdi“ (2019-yil 24-aprel).
  57. https://m.kun.uz/news/2018/09/02/savkat-mirzieevning-kejingi-ikki-oj-icidagi-tigiz-ucrasuvlar-grafigi-malum-buldi
  58. https://m.kun.uz/news/2018/08/24/savkat-mirzieev-turkmanistonga-zunab-ketdi
  59. https://m.kun.uz/news/2018/07/04/savkat-mirzieev-kozogistonga-boradi
  60. Shavkat Mirziyoev Rossiyaga borishi rasman tasdiqlandi
  61. https://kun.uz/news/2018/05/10/savkat-mirzieevning-aksga-ilk-rasmij-tasrifi-anik-sanasi-malum-buldi
  62. https://m.kun.uz/news/2018/05/14/prezidentning-aksga-tasrifi-doirasida-85-milliard-dollarlik-sartnomalar-imzolanisi-kutilmokda
  63. [1]
  64. „arxiv nusxasi“. 2020-yil 30-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 10-sentyabr.
  65. https://www.president.uz/oz/lists/view/512
  66. „Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga jo‘nab ketdi“ (2017-yil 6-mart).
  67. PF-2072-son 27.08.1998. Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining etti yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va iqtisodiy-ijtimoiy sohalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida
  68. Sh. Mirziyoyevni „Fidokorona xizmatlari uchun“ ordeni bilan mukofotlash toʻgʻrisida
  69. „Almazbek Atamboyev Shavkat Mirziyoyevni orden bilan mukofotladi“ (2017-yil 22-noyabr).
  70. „Rahmon Mirziyoyevni “Zarrintoj” ordeni bilan mukofotladi“ (2021-yil 10-iyun).
  71. „"Aleksandr Nevskiy" ordeni qanday mukofot va u kimlarga beriladi?“ (2022-yil 16-sentyabr).
  72. „Мирзиёев удостоен награды за проведение реформ в Узбекистане“ (ru). Sputnik Таджикистан (2017-yil 2-fevral). Qaraldi: 2019-yil 7-fevral.
  73. „Президенту Узбекистана вручили в Турции награду «За заслуги перед Евразией»“ (ru). Regnum (2018-yil 23-aprel). Qaraldi: 2019-yil 7-fevral.
  74. „В Турции президента Мирзиёева наградили премией «За заслуги перед Евразией»“ (ru). ИА EADaily (2018-yil 23-aprel). Qaraldi: 2019-yil 7-fevral.
  75. „Шавкат Мирзиёев назван «Человеком года в Азии»“ (ru). «Газета.uz» (2018-yil 21-dekabr). Qaraldi: 2019-yil 7-fevral.
  76. Jung Hae-myoung. „Koo, Park named 'Asians of the Year'“ (en). The Korea Times (2018-yil 20-dekabr). Qaraldi: 2019-yil 7-fevral.
  77. „Шавкат Мирзиёев Нагоя университетининг фахрий доктори бўлди“. Kun.uz.
  78. https://m.kun.uz/news/2020/01/05/shavkat-mirziyoyev-nufuzli-xalqaro-mukofot-bilan-taqdirlandi
  79. „President of Uzbekistan was awarded Supreme Order of Turkic World“. Qaraldi: 2023-yil 3-noyabr.
  80. „Shavkat Mirziyoyev Turkiyaning oliy davlat mukofoti bilan taqdirlandi“.
  81. „Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonning «Oltin Qiron» ordeni bilan taqdirlandi“. kun.uz. Qaraldi: 8-avgust 2024-yil.
  82. „Ўзбекистон Президенти Фахрий легион ордени билан мукофотланди“. president.uz. Qaraldi: 13-mart 2025-yil.
  83. „Определены перспективные направления регионального партнёрства в интересах братских стран и народов“ (ru) (tdh.gov.tm/ru). 2025-yil 7-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 7-avgust.
  84. „O‘zbekistonning barqarorlik va hamkorlikni ta’minlashdagi faol va konstruktiv pozitsiyasi e’tirof etilmoqda“ (uz) (kun.uz). 2025-yil 6-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 7-avgust.
  85. „Davlatimiz rahbari Turkmanistonning "Hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun" ordeni bilan taqdirlandi“ (senat.uz). 2025-yil 5-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 7-avgust.
  86. UzDaily „O‘zbekiston Prezidenti Iordaniyaning oliy nishoni - "An-Nahda" ordeni bilan mukofotlandi“ (uz). UzDaily.uz. Qaraldi: 2025-yil 7-oktyabr.
  87. „Zomin tumani“. 2020-yil 28-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 16-dekabr.
  88. „Ziroatxon Hoshimova“. 2017-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 7-dekabr.
  89. „Saida Mirziyoyeva prezident yordamchisi lavozimiga tayinlandi“. Kun.uz (25-avgust 2023-yil). Qaraldi: 7-sentyabr 2023-yil.
  90. „Мирзиёев, Шавкат Миромонович“, Википедия (ruscha), 2024-07-15, qaraldi: 2024-12-22
  91. „Shahnoza Mirziyoyeva Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisiga birinchi o‘rinbosar bo‘ldi“ (uz-Latn). Газета.uz (2024-yil 13-avgust). Qaraldi: 2024-yil 22-dekabr.
  92. https://m.kun.uz/news/2020/02/09/otabek-umarov-xalqaro-tashkilot-rahbariga-aylandi
  93. Shavkat Mirziyoev: „Bizda 27 yilda turizm boʻlmagan. Davlat yopiq boʻlgan“

Havolalar