Oqsoq ota jome masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Oqsoq ota jome masjidi
Oqsoq ota
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Toshkent
Tuman Boʻka
Manzil Gʻazalkent qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Maʼrifat mahalla fuqarolar yigʻini Gʻazalkent koʻchasi
Yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Soʻngi imom Umarali domla Movlonov
Qurilish materiali gʻisht, beton, marmar
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Kutubxona

Oqsoq ota jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Boʻka tumanida joylashgan boʻlib, tumanning masjid va madrasalar tarkibiga kirad[1].

Joylashuvi va faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oqsoq ota jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Boʻka tumani, Boʻka qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Turkiston mahalla fuqarolar yigʻini Saylgoh koʻchasida joylashgan[2]. Tuman hokimligi tomonidan jome masjid uchun 0.60 gektar joyda 700 kishiga yaqin boʻlgan namozxonlarga moʻljallangan bino, xonaqoh, tahoratxona, avtoturargoh, ziyoratchilar uchun maxsus alohida xonalar zamonaviy uslubda barpo etilgan va namozxonlarga topshirilgan. Mazkur masjidga Boʻka qishloq fuqarolar yigʻini, Turkiston mahalla fuqarolar yigʻini, Nazir ota mahalla fuqarolar yigʻini, Saylgoh mahalla fuqarolar yigʻini, Bilol mahalla fuqarolar yigʻini, Ustozlar mahalla fuqarolar yigʻini, Bodomzor mahalla fuqarolar yigʻini, Islohot mahalla fuqarolar yigʻini, Oq tepa mahalla fuqarolar yigʻini, Nurli mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchilar tashrif buyurishadi[3]. Ushbu jome masjidning bosh imom-xatibi Umarali domla Movlonov hisoblanadi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatdan 1998-yil 14-oktabr kuni oʻtkazlib, uning ustavi Toshkent viloyat adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan. Oqsoq ota jome masjidi qachon va kim tomonidan asos solinganligi haqida deyarli maʼlumotlar yetarli emas. Mustaqillik yillarining dastlabki paytlarida mahalliy aholining faollari, nuroniylar, homiylar tashabbusi bilan jome masjid binosi qayta remont qilindi va namozxonlarga havola qilindi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Бўка тумани масжидлари“. masjid.uz. Qaraldi: 30-noyabr 2023-yil.
  2. „Информация о компании“. uzorg.info. Qaraldi: 30-noyabr 2023-yil.
  3. „Oqsoq ota jome masjidi“. statsnet.co. Qaraldi: 30-noyabr2023-yil.