Abdujalilbob masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Abdujalilbob jome masjidi
Abdujalilbob
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Toshkent
Tuman Zangiota
Yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Binokorlik 20192020
Soʻngi imom Nig'matilla domla Xakimjonov
Gumbazlar soni 5
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Kutubxona

Abdujalilbob masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Zangiota tumanida joylashgan boʻlib, tuman masjid va madrasalar tarkibiga kiradi[1].

Joylashuvi va faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abdujalilbob jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Zangiota tumani, Oʻrta ovul qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli Amir Temur koʻchasida joylashgan[2][3]. Mazkur masjidning bosh imom-xatibi Nigʻmatilla domla Xakimjonov hisoblanadi. Jome masjidga namoz oʻqish va ziyorat qilish uchun Oʻrta ovul qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan barcha koʻcha va aholi yashash punktlari aholisi, shuningdek, Amir Temur koʻchasi va unga yaqin, hamda, qoʻshni boʻlgan hududlardan, Onqoʻrgʻon mahalla fuqarolar yigʻini, Keng Kechik mahalla fuqarolar yigʻini, Gʻalaba mahalla fuqarolar yigʻini, Boborahim mahalla fuqarolar yigʻini, Said ota mahalla fuqarolar yigʻini, Bogʻzor mahalla fuqarolar yigʻini, Yuksalish mahalla fuqarolar yigʻini, Gʻalaba mahalla fuqarolar yigʻini, Obod Turmush koʻchasi, Ziyo koʻchasi, Mustaqillik koʻchasi, Qora ulov koʻchasi, Alisher Navoiy koʻchasi, Shodlik koʻchasi, Boborahim koʻchasi, Musoq koʻchasi, Qirq ariq koʻchasi, Yoshlik koʻchasi, Istiroxat koʻchasi, Samarqand shox koʻchasi, Tinchlik koʻchasida istiqomat qiluvchi aholilar namoz ibodatini ado etish maqsadida tashrif buyurishadi. Masjidda namozxonlar uchun barcha qulayliklarga ega boʻlgan tahoratxona, bosh imom-xatib xona, fuqarolarni qabul qilish xonalari mavjud. Abdujalilbob jome masjidi 2019-yilda Toshkent viloyati hokimligi tashabbusi bilan qayta taʼmirlash ishlari olib borilgan[4].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „АБДУЖАЛИЛБОБ ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. masjid.uz. Qaraldi: 26-noyabr 2023-yil.
  2. „АБДУЖАЛИЛБОБ ЖОМЕЪ МАСЖИДИ“. statsnet.co. Qaraldi: 26-noyabr 2023-yil.
  3. „Abdujalilbob jome’ masjidi“. www.cartogiraffe.com. Qaraldi: 26-noyabr 2023-yil.
  4. „Toshkent viloyatining yo`l bo`ylarida 29 ta yangi masjid qad rostlaydi“. darakchi.uz. darakchi.uz. Qaraldi: 26-noyabr 2023-yil.