Paygʻambar ota jome masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Paygʻambar ota jome masjidi
Paygʻambar ota
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Toshkent
Tuman Ohangaron
Yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Soʻngi imom Abduqodir domla Jakbarov
Qurilish materiali gʻisht, beton, marmar
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Kutubxona

Paygʻambar ota jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Ohangaron tumanida joylashgan boʻlib, tumanning masjid va madrasalar tarkibiga kiradi[1].

Joylashuvi va faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Paygʻambar ota jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Ohangaron tumani, Suzam nomli qishlogʻiga qarashli Bekmurod koʻchasida joylashgan[2]. Mazkur masjidning bosh imom-xatibi Abduqodir domla Jakbarov koʻp yillar davomida ushbu masjidga bosh imom-xatiblik qilib kelgan. Ushbu masjid Ohangaron tumanining chetku hududida joylashgan. Tuman hokimligi tomonidan jome masjid uchun qoʻshimcha ajratilgan 1 gektar joyda 500 kishidan ziyod boʻlgan namozxonlar uchun moʻljallangan va maʼmuriy xonalar, xonaqoh, tahoratxona, ayollar uchun tahoratxona va namozxona hamda yosh goʻdaklik onalar va bolalar uchun maxsus alohida xonalar barpo etildi. Mazkur masjidga Suzam qishloq fuqarolar yigʻini, Kamar qishlogʻining koʻchalari, Beshqora mahalla fuqarolar yigʻini, Qoraqalpoq mahalla fuqarolar yigʻini, Uch ayrilish mahalla fuqarolar yigʻini, Kurgan mahalla fuqarolar yigʻini, Aytbokir qishloq fuqarolar yigʻini, Darxan qishloq fuqarolar yigʻini, Kursak mahalla fuqarolar yigʻini, Janjal mahalla fuqarolar yigʻini, Murtak mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchilar tashrif buyurishadi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Paygʻambar ota jome masjidi qachon va kim tomonidan barpo etilganligi haqida hozircha yetarli manbalar mavjud emas. Jome masjid Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatdan oʻtkazlib, uning ustavi Toshkent viloyat adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „ПАЙҒАМБАР ОТА ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. Qaraldi: 28-noyabr 2023-yil.
  2. „Payg‘ambar ota jome’ masjidi“. mapcarta.com. Qaraldi: 28-noyabr 2023-yil.