Yangiobod jome masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Yangiobod jome masjidi
Yangiobod
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Toshkent
Tuman Bekobod
Yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Soʻngi imom Saloxiddin domla Aslomov
Qurilish materiali gʻisht, beton, marmar
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Kutubxona

Yangiobod jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Bekobod tumanida joylashgan boʻlib, tumanning masjid va madrasalar tarkibiga kiradi[1]. Yangiobod nomi bilan faoliyat yuritadigan masjidlar Oʻzbekistoning qator hududlarida uchraydi.

Joylashuvi va faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yangiobod jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Bekobod tumani, Yangi qoʻrgʻon qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Oʻrikzor mahalla fuqarolar yigʻinida joylashgan[2]. Mazkur masjidning bosh imom-xatibi Saloxiddin domla Aslomov boʻlib, Juma namozlari vaqtida mav’ziyalari bilan qoʻshni masjidlarda ham ishtirok etadi. Mazkur masjidga Yangi qoʻrgʻon qishloq fuqarolar yigʻini, Oʻrikzor fuqarolar yigʻini, Murabbiylar mahalla fuqarolar yigʻini, Konchilar qishloq fuqarolar yigʻini, Tinchlik koʻchalari, Metallurg mahalla fuqarolar yigʻini, Tarnov mahalla fuqarolar yigʻini, Obod mahalla fuqarolar yigʻini, Sohibkorlar mahalla fuqarolar yigʻini, Oq tosh mahalla fuqarolar yigʻini, Mirzo Ulugʻbek mahalla fuqarolar yigʻini, Gulobod mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchilar tashrif buyurishadi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yangiobod jome masjidi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 2004-yil 8-fevral roʻyxatdan oʻtkazlib, uning ustavi Toshkent viloyat adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan[3]. Mazkur masjidda namozxonlar uchun qulay sharoitlar yaratilgan boʻlib, namozxona, tahoratxona, hamda, maxsus Ona va bola uchun alohida xonalari barpo etildi. Mazkur masjidga mahalliy aholining takliflariga koʻra ushbu masjidga nomi qilib jome masjid joylashgan hududning nomi – "Yangiobod " deya nomlangan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „ЯНГИОБОД ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. Qaraldi: 29-noyabr 2023-yil.
  2. „Информация о компании“. uzorg.info. Qaraldi: 29-noyabr 2023-yil.
  3. „"YANGIOBOD" jome' masjidi“. allcompanies.by. Qaraldi: 29-noyabr 2023-yil.