Darcha

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Darcha — xalq meʼmorligida kichik eshik yoki deraza turi. Hovlilarda qoʻshimcha eshik vazifasini ham oʻtagan. Mehmonxona, turar joylarda xona ichiga yorugʻlik tushishiga, havo kirib turishiga xizmat qilgan. Koʻp hollarda deraza vazifasini oʻtagan D.larning yuzasi koʻpincha panjara bilan toʻsilgan. Hozir ham baʼzi binolarda meʼmoriy bezak sifatida qoʻllaniladi.

Etimologiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Darcha – bu ot forscha-ruscha lug‘atda [dariche] shaklida, tojikcha-ruscha lug‘atda esa [daricha] shaklida keltiriladi. Ko‘rinadili, bu ot ,,eshik’, ,,deraza’ ma’nolarini anglatadigan dar[i] otiga kichraytirish ma’nosini ifodalaydigan o‘zbekcha -cha qo‘shimchasini qo‘shib hosil qilingan; ,,kichik deraza’ ma’nosini anglatish uchun ishlatiladi[1].

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Sh. Rahmatullayev. O'zbek tili etimologik lug'ati. Universitet, 2003 — 80 bet.