Mulla Abdugʻoffor xoji jome masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Mulla Abdugʻoffor xoji jome masjidi
Mulla Abdugʻoffor xoji
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Toshkent
Tuman Bekobod
Yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Soʻngi imom Odil domla Anvarov
Qurilish materiali gʻisht, beton, marmar
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Kutubxona

Mulla Abdugʻoffor xoji jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Bekobod tumanida joylashgan boʻlib, tumanning masjid va madrasalar tarkibiga kiradi[1].

Joylashuvi va faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mulla Abdugʻoffor xoji jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Bekobod tumani, Guliston qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Ulugʻbek shaharchasi, Isfora mahalla fuqarolar yigʻinida joylashgan[2]. Mazkur masjidning bosh imom-xatibi Odil domla Anvarov boʻlib, Juma namozlari vaqtida mav’ziyalar qilib turadi. Tuman hokimligi tomonidan jome masjid uchun 0.70 gektar joyda 800 kishiga moʻljallangan bino, xonaqoh, tahoratxona, avtoturargoh, onalar va bolalar uchun maxsus alohida xonalar barpo etilgan. Mazkur masjidga Guliston qishloq fuqarolar yigʻini, Ulugʻbek shaharchasi, Isfora mahalla fuqarolar yigʻini, Oltin vodiy mahalla fuqarolar yigʻini, Mustaqillik qishloq fuqarolar yigʻini, Qardoshlik koʻchalari, Toʻla mahalla fuqarolar yigʻini, Bobur mahalla fuqarolar yigʻini, Qoʻrgʻon mahalla fuqarolar yigʻini, Kal mahalla fuqarolar yigʻini, Oʻrta boʻz mahalla fuqarolar yigʻini, Terakzor mahalla fuqarolar yigʻini, Mulla ota mahalla fuqarolar yigʻini Olmazor mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchilar tashrif buyurishadi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mulla Abdugʻoffor xoji jome masjidi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 2003-yil 11-mart kuni roʻyxatdan oʻtkazlib, uning ustavi Toshkent viloyat adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan[3]. Mazkur masjidga mahalliy aholining takliflariga koʻra ushbu masjidga nomi qilib – „Mulla Abdugʻoffor xoji“ deya nomlangan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „МУЛЛА АБДУҒОФФОР ХОЖИ ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. Qaraldi: 29-noyabr 2023-yil.
  2. „"МУЛЛА АБДУГАФФОР ХОЖИ" МАСЖИДИ“. statsnet.co. Qaraldi: 29-noyabr 2023-yil.
  3. „Информация о компании“. uzorg.info. Qaraldi: 29-noyabr 2023-yil.