Xoʻjaxontoʻra jome masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Xoʻjaxontoʻra jome masjidi
Xoʻjaxontoʻra
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Toshkent
Tuman Boʻstonliq
Manzil Tantin qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Tantin mahalla fuqarolar yigʻini Chiroqchi koʻchasi
Yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Soʻngi imom Xoshim domla Xasanov
Qurilish materiali gʻisht, beton, marmar
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Kutubxona

Xoʻjaxontoʻra jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumanida joylashgan boʻlib, tumanning masjid va madrasalar tarkibiga kiradi[1].

Joylashuvi va faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xoʻjaxontoʻra jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Boʻstonliq tumani, Tantin qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Tantin mahalla fuqarolar yigʻini Chiroqchi koʻchasida joylashgan. Ushbu jome masjidning bosh imom-xatibi Xoshim domla Xasanov hisoblanadi. Tuman hokimligi tomonidan jome masjid uchun 0.40 gektar joyda 500 kishiga yaqin boʻlgan namozxonlarga moʻljallangan bino, xonaqoh, tahoratxona, ziyoratchilar uchun maxsus alohida xonalar barpo etilgan. Mazkur masjidga Tantin qishloq fuqarolar yigʻini, Qudrat mahalla fuqarolar yigʻini, Xidir ota mahalla fuqarolar yigʻini, Abdulla Avloniy mahalla fuqarolar yigʻini, Yuksalish mahalla fuqarolar yigʻini, Bogʻbon mahalla fuqarolar yigʻini, Chiroqchi mahalla fuqarolar yigʻini, Usmon Nosir mahalla fuqarolar yigʻini, Saylgoh mahalla fuqarolar yigʻini, Sadoqat mahalla fuqarolar yigʻini, Gʻolib mahalla fuqarolar yigʻini, Ariqsoy mahalla fuqarolar yigʻini, Minor mahalla fuqarolar yigʻini, Omon Matchod mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchilar tashrif buyurishadi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Doniyor bin Ozod Xoʻjaxontoʻra jome masjidi qachon va kim tomonidan asos solinganligi haqida deyarli maʼlumotlar yetarli emas. Mustaqillik yillarining dastlabki paytlarida mahalliy aholining faollari, nuroniylar, homiylar tashabbusi bilan jome masjid binosi qayta remont qilindi va namozxonlarga havola qilindi. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatdan 1997-yil 25-mart kuni oʻtkazlib, uning ustavi Toshkent viloyat adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Хўжахонтўра жоме масжиди“. masjid.uz. Qaraldi: 30-noyabr 2023-yil.
  2. „Masjidlar ro'yxati“. old.muslim.uz. Qaraldi: 30-noyabr2023-yil.