Hazrati Mulla jome masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Hazrati Mulla jome masjidi
Hazrati Mulla
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Toshkent
Tuman Bekobod
Yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Soʻngi imom Sobirjon domla Niyozov
Qurilish materiali gʻisht, beton, marmar
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Kutubxona

Hazrati Mulla jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Bekobod tumanida joylashgan boʻlib, tumanning masjid va madrasalar tarkibiga kiradi[1].

Joylashuvi va faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hazrati Mulla jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Bekobod tumani, Jumabozor qoʻrgʻoni, Dehqonobod qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Oqtepa mahalla fuqarolar yigʻinida joylashgan. Mazkur masjidning bosh imom-xatibi Sobirjon domla Niyozov boʻlib, Juma namozlari vaqtida mav’ziyalari bilan qoʻshni masjidlarda ham ishtirok etadi. Tuman hokimligi tomonidan jome masjid uchun 1 gektar joyda 1100 kishiga moʻljallangan bino, xonaqoh, tahoratxona, avtoturargoh, onalar va bolalar uchun maxsus alohida xonalar barpo etilgan. Mazkur masjidga Jumabozor qoʻrgʻonimahalliy aholi vakillari, Obod mahalla fuqarolar yigʻini, Gʻalaba fuqarolar yigʻini, Dehqonobod mahalla fuqarolar yigʻini, Oqtepa qishloq fuqarolar yigʻini, Obod diyor koʻchalari, Ziyokorlar mahalla fuqarolar yigʻini, Chashma mahalla fuqarolar yigʻini, Tinchlikparvar mahalla fuqarolar yigʻini, Saylgoh mahalla fuqarolar yigʻini, Muruvat mahalla fuqarolar yigʻini, Mirzo Ulugʻbek mahalla fuqarolar yigʻini, Qadriyat mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi aholilar tashrif buyurishadi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hazrati Mulla jome masjidi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 2000-yil 7-noyabr kuni roʻyxatdan oʻtkazlib, uning ustavi Toshkent viloyat adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan. Mazkur masjidga mahalliy aholining takliflariga koʻra ushbu masjidga nomi qilib – „Hazrati Mulla“ deya nomlangan[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „ХАЗРАТИ МУЛЛА ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. Qaraldi: 29-noyabr 2023-yil.
  2. „Информация о компании“. uzorg.info. Qaraldi: 29-noyabr 2023-yil.