Xonaqo masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xonaqo masjidi — Andijon viloyati Andijon shahar Hursandlik MFY, Ostonaguzar ko‘chasida joylashgan masjidlardan biri[1].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xonaqo masjidi Andijon shahridagi Hursandlik mahallasi Ostonaguzar ko‘chasida joylashgan „Xonaqo“ jome masjidlardan biri shuningdek, bu tarixiy obida 1561-yili janob xazrat Sherali Eshon tomonidan qurib bitkazilgan. Xonaqo masjidida 1561-yildan buyon hozirgi vaqtgacha masjid xizmatida bo‘lgan eshon va mahdumlar sulolasidan boʻlgan[2]. Xonaqo masjidi islom meʼmorchilik yodgorliklaridan hisoblanadi masjid 1560-yilning 15—16-asrlariga borib taqalgan. Xonaqo masjidi Jalabek tumani markazidan 5m uzoqlikda joylashgan yodgorliklardan biri. Xonaqo masjidi ichki binolar tarixiy bezatilgan shuningdek, gumbaz honaqoh, yopiq va ochiq ayvonli minoralardan biri. Xonaqo masjidining kirish qismidagi yuz sharqqa eski guzarning oʻziga qarab qurilgan tarixiy masjid. Xonaqo masjidining chap tarafida eski qabriston joylashgan bo‘lib uning ichida 15—16 metrlik naqshli minora joylashgan. Xonaqo masjidining ichki va tashqi hovlisi 16—17-asrlarga oid bezakli naqshlar bilan bezatilgan. Xonaqo masjidi ikki qavatli hujralardan iborat boʻlib, yoz oylarida esa masjidga tashrif buyuruvchilar kichik hovuzdan salqinlikdan bahramand bo‘lishlari mumkin. Xonaqo masjidining ichki ayvonlar, to‘rtburchakli xona va uchta yon qator ustunlardan iborat. Xonaqo masjidining ustunlarining poydevori sakkiz qirrali, chiroyli o‘ymakorlik va bezak naqshlari va mozaikalar bilan bezatilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „ISLOMIY QADAMJOLAR“. uzbekistan.travel. Qaraldi: 29-iyun 2023-yil.
  2. „MODDIY MADANIY MEROSNING KO‘CHMAS MULK OBYEKTLARI MILLIY RO‘YXATINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA“. lex.uz. Qaraldi: 29-iyun 2023-yil.