Imom Husayn masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Imom Husayn masjidi
ozarbayjoncha: İmam Hüseyn məscidi
Mamlakat  Ozarbayjon
Hudud Boku
Koordinatalar 40°22′9″N 49°49′33″E / 40.36917°N 49.82583°E / 40.36917; 49.82583 G O
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Meʼmor Adolf Eichler
Binokorlik 18951896

Imom Husayn masjidi (ozarbayjoncha: İmam Hüseyn məscidi) – Ozarbayjonning Boku shahrida joylashgan masjid, 1896-yilda Adolf Eichler loyihasi asosida bunyod etilgan. Masjid Abdullah Shaig va Suleiman Tagizade koʻchalari kesishgan nuqtada joylashgan[1].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Imom Husayn masjidi qurilishining tashabbuskori Hoji Bobo Ashumov boʻlgan. Masjid Chemberkend massivida, amfiteatr tepaliklarida barpo etilgan[2].

1895-yilda Ashumov nemis arxitektori Adolf Eichlerni masjid qurilishini loyihalash uchun yollaydi. 1896-yilda esa bino toʻliq qurib bitkaziladi[3].

Mahalliy aholi ushbu yangi binoni dastlab „Ashumov masjidi“ deb atashgan. Ozarbayjon Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan Imom Husayn masjidi „Mahalliy ahamiyatga ega boʻlgan tarixiy va madaniy yodgorlik“ hisoblanadi[4][5].

Arxitekturasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Imom Husayn masjidi mahalliy meʼmorchilik uslubida qurilgan. Masjidning ichki qismi namozxona, qabulxona, ikkita yoʻlak va gumbazdan iborat. Bezatilgan mehrob zal oxirida, masjid derazalari esa gumbaz barabanida joylashgan[6].

Masjidning kirish qismi stalaktitlar bilan bezatilgan boʻlib, shimoliy jabhaning yon qanot devorlari ana shundan stalaktitlar bilan toʻldirilgan. Mutaxassislar Imom Husayn masjidining ushbu qismini Kordova ibodataxonasining gʻarbiy jabhasiga qiyoslaydi[7].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Fatulaev, Shamil. Urban planning of Baku XIX — early XX centuries. Стройиздат. 
  2. Figarov, Shamil. The artistic appearance of Baku at the turn of the XIX — XX. Elm, 2001. 
  3. Fatulaev, Shamil. Urban planning of Baku XIX — early XX centuries. Стройиздат. 
  4. Figarov, Shamil. The artistic appearance of Baku at the turn of the XIX — XX. Elm, 2001. 
  5. „132 - Azərbaycan Respublikası ərazisində dövlət mühafizəsinə götürülmüş daşınmaz tarix və mədəniyyət abidələrinin əhəmiyyət dərəcələrinə görə bölgüsünün təsdiq edilməsi haqqında“. www.e-qanun.az. 2017-yil 12-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 25-sentyabr.
  6. Figarov, Shamil. The artistic appearance of Baku at the turn of the XIX — XX. Elm, 2001. Figarov, Shamil (2001). The artistic appearance of Baku at the turn of the XIX – XX. Elm.
  7. Figarov, Shamil. The artistic appearance of Baku at the turn of the XIX — XX. Elm, 2001. Figarov, Shamil (2001). The artistic appearance of Baku at the turn of the XIX – XX. Elm.